Zamondoshlari va shogirdlarining
guvohlik berishicha, Suqrot o’zining
chuqur dialektik fikrlashi, yaʼni predmetga oid nomukammal
tushunchalardagi ziddiyatlarni ochish orqali o’sha predmetni bilish sari
yetaklay olish sanʼati, induktiv taʼlimotdan
foydalanish mahorati bilan
katta taa’surot uygʻotgan. Suqrot taʼlim-tarbiya amaliyotidagi har qanday
aqidaparastlikni qattiq qoraladi. Taʼlimning maʼruza oʻqish shaklidan voz
kechib, suhbat va munozaralar orqali haqiqatni izlab topishni asosiy
uslubga aylantirdi. U barcha mavjud nuqtai
nazarlarning hech biriga
qo’shilmay turib, ularni tanqidiy asosda muhokama qilishga intilgan.
Pedagogikada majburlashdan, zoʻravonlikdan voz kechish tarafdori
boʻlgan. Suqrotning fikricha, bilim berishning yagona vositasi —
ishontirishdir. Suqrot nomi keyingi davrlar uchun “donishmand”
timsoli
boʻlib qolgan.
Suqrot falsafada to’ntarilish yasagan
“Suqrot metodi” muallifidir.
Xususan, Suqrot pedagogikaga ham falsafiy yondashuv olib kirgan, bunda
muallim o’quvchining o’zi eng yaxshi
javobga kelishi uchun uni
yoʻnaltiruvchi savol-javobga tutadi. Suqrot G’arb falsafasi va uning
asoschilari - Aflotun va Arastuga katta ta’sir o’tkazgan, deb hisoblanadi.
“Suqrot metodi”
Suqrot dunyoning tuzilishini, buyumlarning fizik holatini bilib
bo’lmaydi, odamlar faqat o’zlarinigina bilishi,
ahloqni kamol toptirishi
lozim deb hisoblar edi. Suqrot faylasuf bo’lishi bilan birga ajoyib notiq
ham edi. U keng maydonlarda so’zga chiqib, ahloqqa doir masalalar
yuzasidan suhbatlar o’tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo’li bilan
haqiqatni o’zlari topishlariga va bilishlariga undar, shu yo’l
bilan
odamlarni haqiqatni izlashga o’rgatar edi. Suhbatni bu metodi “Suqrot
metodi” deb yuritilgan. U pedagogika olamiga ana shunday savol-javob
metodini, ya’ni
“evristik” suhbat metodini yangi (savol berish va savolni
to‘ldirish) metodini olib kirdi.
Suqrot - falsafiy dialektikaning asoschilaridan biri. U bahs orqali, ya’ni
muayyan masalalarni o‘rtaga qo’yish va ularga javob topish yo’li bilan
haqiqatni aniqlash mumkin deb tushungan.
Aristotel fikricha Suqrot mavjud haqiqatdan umumiy tushunchalarga
o’tish haqidagi induktiv ta’limotni hamda har
bir narsaning mohiyatini
bilishning birinchi imkoniyatini beradigan tushunchalarni aniqlash haqidagi
ta’limotni yaratgan. Uning etika sohasidagi asosiy tezisi shundan iborat:
- ezgulik bilimdir;
- donishmandlik, ya’ni yaxshilikni biluvchi yaxshilik qiladi;
- yomonlik qiluvchi
esa yaxshilikni yo bilmaydi, yoki pirovardida
yaxshilikning tantanasi uchun yomonlik qiladi.
Suqrotning tushunishicha, aql bilan ahloq o’rtasida ziddiyat bo’lishi
mumkin emas. U tarbiyada ahloqiy, estetik, jismoniy tarbiya me’zonini
ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning ahloqiy qarashlarida
tengsizlikni yaqqol
sezish mumkin. Uning fikricha ahloq faqat imtiyozli “mumtoz”largagina
xos, “mumtoz” kishilar haqiqiy ahloqning yagona egalari bo’lganliklari
uchun hokimiyat ham ularning qo’llarida bo’lmog’i kerak deydi.
Dostları ilə paylaş: