Reja: Yunon faylasufi – Suqrot ”Suqrot metodi” 3



Yüklə 430,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix18.05.2023
ölçüsü430,45 Kb.
#116496
  1   2   3   4
suqrot



 
Reja: 
 
1. Yunon faylasufi – Suqrot 
2. ”Suqrot metodi” 
3. Aristotel va uning ta’limoti 


Yunon faylasufi – Suqrot
 
Suqrot - yunon faylasuflaridan biri.
Eramizdan avvalgi 469-399-yillarda
Afinada yashagan. Haykaltarosh Sofriniks va doya Fenaretta
oilasida tugʻilib o’sgan. O’z taʼlimotini ogʻzaki bayon qilgan, hech
qanday yozma manba qoldirmagan. Sofistlarga qarshi kurashish va
yoshlarni tarbiyalashni o’z oldiga maqsad qilib qoʻygan. Atrofiga ko’plab
iqtidorli talabalarni jamlagan. Bu talabalarning bir qismi (Alkiviad, Kritiy
va boshqalar) Afina demokratiyasiga qarshi kayfiyatda bo’lgan. Suqrotni
demokratiyaga nisbatan dushmanlikda asossiz ayblashgan. Aslida u
boshqaruvning hamma shakli — monarxiya, mustabidlik, aristokratiya,
plutokratiya va demokratiyani, agar ular adolatni buzayotgan boʻlsa,
tanqid qilgan. Suqrot ta’limotidagi tanqidiy ruh Afina hukmron doiralarini
xavotirga solgan. Buning natijasida Suqrot yoshlarni yo’ldan adashtirganlik,


fuqarolik meʼyorlarini buzganlik hamda "yangi xudolarga sajda qilish"da
ayblanib, sudga berilgan va o’lim jazosiga hukm qilingan. Bu hukm
turmada Suqrotga zahar ichirish yoʻli bilan ijro etilgan. Suqrotning
falsafiy taʼlimoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni unga zamondosh va shogird
boʻlgan Ksenofont, Platon, keyinroq Aristotel yozib qoldirgan. Suqrot
faqirona kun kechirib, doimo eski liboslarda, oyoq yalang yurardi. Uning
turmush tarzi ham, soʻzlari va suhbatlari ham odamlarda katta qiziqish
uygʻotardi. Faylasuf ko’p vaqtini odam gavjum maydonlarda,
xiyobonlarda o’tkazgan. O’zining suhbatidan bahramand bo’lish niyatida
yurgan istalgan kishi bilan savol javob qilgan. Ushbu muloqotlarning
uslubi va harakteri Platonning suhbat tarzida yozilgan asarlarida o’z
ifodasini topgan. Suqrot o’z falsafiy tadqiqotlariga axloqiy masalalarni
asos qilib olgan. U olamning kelib chiqishi va tuzilishini o’rganish
zaruratini rad etib, bu masalalarni yechishga inson tafakkuri qodir emas
deb hisoblagan. Suqrot ta’limotiga ko’ra, falsafaning maqsadi o’z-o’zini
bilish bo’lib, bu esa chin ezgulikka erishish yo’lidir, ezgulik — bilim
yoki donolikdir. Suqrot insonda: 

Yüklə 430,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin