1.Monarxiya (yakka podsho hukmronligi),
2.Aristokratiya (aslzodalar hukmronligi),
3.Politiya (o’rta tabaqa, moʼtadil demokratiya hukmronligi)dir.
Aksincha,
1.Tiraniya (zolimona hukmronlik),
2.Sof oligarxiya (qudratli kishilar toʻdasining hukmronligi),
3.Oxlokratiya (haddan oshgan olomon hukmronligi) – monarxiya, aristokratiya
va “politiya” shakllarining vaqt o’tishi bilan batamom aynigan, yuz tuban
ketgan ko’rinishidir.
Arastuning tarbiya nazariyasi zamirida ahloqiy va ruhiy qarashlari
yotadi: tarbiyadan maqsad – ruhning oliy jihatlari bo’lmish aql-zakovat va
irodani kamol toptirishdir. Tarbiyaning o’zaro chambarchas bog’liq uch
jihati – jismoniy, ahloqiy va aqliy tarbiya – ruhning uch turiga muvofiq
keladi, yaʼni kamolotga erishishning harakatlantiruvchi kuchlari – tabiiy
qobiliyat, ko’nikma va aql-idrokdan iborat hamda tarbiya ishi ayni shu
kuchlarga asoslanishi zarur.
Arastu o’z iqtisodiy taʼlimotida qullik – tabiiy bir hodisa va u
doimo ishlab chiqarish negizi bo’lishi lozim, degan nuqtai nazarga
suyanadi. U tovar-pul munosabatlarini tadqiq etib, natural xo’jalik bilan
tovar ishlab chiqarish o’rtasidagi tafovutlarni anglab etish darajasiga yaqin
keldi. Arastuing fikricha, boylik ikki turdan iborat: isteʼmol qiymatlari
yig’indisi sifatidagi boylik va tovar ayirboshlash qiymatlari sifatidagi
boylik. 1-tur boylik (uni Arastu “tabiiy boylik” deb ataydi) manbai –
dehqonchilik va hunarmandchilik boʻlib, kishilarning tub ehtiyojlarini
qondirish uchun xizmat qiladi. 2-tur boylik esa (uni Arastu “g’ayritabiiy
boylik” deb nomlagan) aksincha, bevosita ehtiyoj buyumlaridan iborat
bo’lmay, oʻzaro ayirboshlash, muomala negizida vujudga keladi. Boylik 1-
turining miqdori inson ehtiyojlari bilan chegaralansa, 2-turining miqdorini
esa aslo cheklab-chegaralab bo’lmaydi. Shuningdek Arastu isteʼmol
qiymati bilan tovar qiymati o’rtasidagi chegarani birinchi boʻlib belgilab
berdi, turli xil tovarlari faqat pul vositasida o’zaro qiyoslash mumkin, deb
hisobladi.
Arastudan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng
mashhurlari:
„Politiya“,
„Gʻoyalar haqida“,
„Farovonlik haqida“,
„Birinchi analitika“,
„Ikkinchi analitika“,
„Kategoriyalar“,
„Fizika“,
„Metafizika“,
„Jon haqida“,
„Nikomax axloqi“,
„Yevdem axloqi“,
„Axloqi kabir“,
„Siyosat“,
„Ekonomika“,
„Etika“,
„Poetika“,
„Ritorika“
Arastu pedagogika tarixida birinchi bo‘lib, yoshni davrlarga bo‘lishga
urinib ko‘radi. U insonning yoshlik yillarini uchga bo‘lib o‘rganadi: 7
yoshgacha bo‘lgan davr; 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan davr (jismoniy
balog‘at davrining boshlanishi) va jinsiy balog‘at davrining boshlanishidan
21 yoshgacha bo‘lgan davr. Uning fikricha, bunday davrlarga bo‘lish
tabiatga mos bo‘lib tushadi.
Arastu o‘g‘il bolalar 7 yoshdan boshlab davlat maktabida o‘qishi
lozim, deb uqtiradi. Bolalarga aqliy tarbiya berilishi kerakligini aytib, u
o‘g‘il bolalar avvalo badantarbiya muallimlarining qo‘liga topshirilsin, deb
talab qiladi; bunda u bolalarni haddan tashqari charchatib qo‘ymaslik
kerakligini aytadi va ularni jismi mustahkamlanib olguncha engil mashqlar
bilan shug‘ullantirishni tavsiya etadi. U xotin-qizlarning tarbiyasi hususida
gapirib, bu erkaklarning tarbiyasiga o‘xshab ketmasligini, chunki ularning
tabiati mutloq erkaklarnikidan farq qilishini aytadi.
Arastu jismoniy, ahloqiy va aqliy tarbiyani bir-biri bilan bog‘langan,
deb qaraydi. Boshlang‘ich ta’lim vaqtida, badantarbiyadan tashqari, yana
o‘qish, yozish, grammatika, rasm va musiqa o‘rgatilishi kerakligini alohida
uqtirib o‘tadi. O‘smirlar maktabda jiddiy ma’lumot olishlari kerak, ular
adabiyot, tarix, falsafa, hisob, falakiyot, musiqa o‘rganishlari shart.
Go‘zallikni his qilishni o‘stirish uchun musiqa o‘rganmoq kerak, ammo
rasm chizish singari musiqa o‘rganish ham oddiy hunarga aylanib
ketmasligini kuzatib turish muhim deydi. Arastu o‘z pedagogik
qarashlarida iroda, faoliyatni asos qilib olgani holda, aqliy tarbiya
sohasida ahloqiy ko‘nikmalarga katta ahamiyat beradi. Tabiiy iste’dod,
shu bilan birga ko‘nikma orttirish va aql — bular ahloqiy tarbiyaning uch
manbaidir, deydi.
Fazilatlar hosil bo‘lishi uchun ezgu xulq-odatlarini va ko‘nikmalarini
tarkib toptiradigan, yaxshi o‘ylab o‘tkaziladigan mashqlar bo‘lishi ham
zarur, bunga odatlanish, buning uchun doimiy harakat qilish lozim,
odatdan, ko‘nikishdan esa axloqiy xatti-harakat hosil bo‘ladi, deb ta’lim
beradi. Arastuning qayd etishicha, har qanday istak va faoliyatda
kamchilik, ortiqchalik va o‘rtachilik bo‘ladi. Shuning uchun ham hamma
narsadan faqat o‘rtachilik, faqat muvozanat yaxshi va foydalidir. Demak,
hamma narsada ortiqchalikka ham, kamchilikka ham yo‘l qo‘ymaydigan
xatti-harakat yaxshilikning nishonasidir. Mana shunday xatti-harakatni hosil
qilmoq uchun ko‘proq mashq qilish kerak, degan fikrlarni olg‘a surdi.
Aristotel miloddan avvalgi 322-yil ohirida vafot etdi. Uning o'limining
sababi aniqlanmagan, chunki u biron bir kasallikka chalinganligi haqida
hech qanday ma'lumot yo'q, ammo o'sha paytda u taxminan 62 yoshda edi.
Arastu barcha zamonlar olimlari ustoz deb bilgan buyuk alloma. Uning
qomusiy asarlari, Sharq mutafakkirlari ijodida ham chuqur iz qoldirgan. 7 -
8-asrlardan boshlab ayniqsa Horun ar-Rashid va Maʼmun davrida Arab
xalifaligi hududida Arastu asarlari tarjima etilib oʻrganildi, ularga o’nlab
izoh va sharhlar bitildi. Bu ishda Oʻrta Osiyoning ulugʻ olimlari katta rol
o’ynadi. Abu Nasr Forobiy Arastuning „Metafizika“, „Jon haqida“, „Etika“,
„Kategoriyalar“, „Topika“, „Analitika“ asarlariga ilmiy sharhlar yozib,
„Sharq Arastusi“ degan unvonga sazovor boʻldi. Abu Ali ibn Sino oʻz
ustozlarining ilgʻor gʻoyalarini yanada rivojlantirib, Arastu va Forobiydan
keyin „Uchinchi muallim“ deb ataldi.
Ibn Sino bilan Beruniy oʻrtasida Arastuning „Osmon haqida“ va
„Fizika“ asarlari toʻgʻrisidagi munozarasi vatanimizda Arastu merosiga
qiziqish benazir boʻlganidan dalolat beradi. Arab faylasufi Ibn Rushd oʻz
salaflari Hunayn ibn Ishoq, Ishoq ibn Hunayn, Matto ibn Yunus va Yahyo
ibn Adiy, al-Kindiy kabi Arastu ijodini targʻib etib, asarlariga sharhlar
yozib, „Buyuk Shorih“ degan nom oldi. Oʻrta asr Sharqida Arastu
taʼlimotini davom ettirib, uni Yevropaga tanitib, yetuk ilmiy asarlar
yaratgan faylasuflar butun dunyoda „Sharq aristotelchilari“ unvoni bilan
mashhurdir.
Dostları ilə paylaş: |