3. Gruntlarning qattiq zarrachalari
va donadorlik tarkibi
Gruntning qattiq qismi mineral zarrachalar majmuidan iborat bo`lib, yemirilgan tog` jinslarida ularning o`lchamlari bir necha santimetrdan millimetrning mingdan bir ulushigacha o`zgarishi mumkin.
Yirik bo`lakli zarrachalar odatda ko`p mineralli bo`ladi. Magmatik tog` jinslarining asosini kvarts, dala shpati, avgit, slyuda, talk, xlorit singari birlamchi minerallar tashkil etadi. Metamorfik tog` jinslarning tarkibi birlamchi minerallardan tashqari ikkilamchi minerallardan ham iborat bo`ladi. Cho`kindi tog` jinslarining tarkibida barcha keng tarqalgan birlamchi (kvarts, dala shpati, slyuda va boshqalar) va ikkilamchi (kaltsit, gips, angidrit, dolomit, gilli minerallar va h.k.) minerallar mavjud bo`lishi mumkin.
Qum, chang va gil zarrachalari monomineral tuzilishga ega, ya`ni ularning tarkibi qandaydir bir mineraldan iborat bo`ladi. Gil zarrrachalari qum va chang tarkibidagi birlamchi mineralning kimyoviy yemirilishidan hosil bo`lgan ikkilamchi mineraldan tashkil topadi. Shuning uchun ham ular namlanganda ko`pchib, quritilganda qotish xususiyatiga ega. Illit (gidroslyuda ), kaolinit va montmorillonit gil zarrachalari minerallarining asosiy vakillari hisoblanadi.
Gruntlarning xossalari qattiq zarrachalarining mineralogik tarkibidan tashqari har xil yiriklikdagi zarrachalarning nisbiy miqdoriga, ya`ni donadorlik tarkibiga ham ko`p jihatdan bog`liqdir. Gruntning turi va nomlanishi ko`pincha donadorlik tarkibi natijalariga asoslanib o`rnatiladi.
Donadorlik tarkibini baholashning ko`plab usullari mavjud bo`lib, amaliyotda asosan gidravlik va elash usullari qo`llaniladi. Gidravlik usullar turli yiriklikdagi (massadagi ) zarrachalarning suyuqlikda (masalan, suvda) har xil tezliklar bilan cho`kish qonuniyatiga (Stoks qonuniga ) asoslangan bo`lib, ular yordamida o`lchamlari 0,1 mm dan kichik zarrachalarni saralash mumkin. Yirik zarrachalarning tarkibi elash usulida o`rganiladi. Bunda ko`zlarining o`lchamlari ( di ) 0,1; 0,25; 0,5; 1,0; 2,0; 5,0 va 10,0 mm bo`lgan standart elaklar to`plamidan foydalaniladi.
Ma`lumki, gilli gruntlarning donadorlik tarkibini gidravlik usullar bilan aniqlash ko`p vaqt va mehnat talab qiladi. Shu sababli, gil zarrachalarining salmog`i va grunt turini bilvosita gruntning plastiklik soni (Ip) bo`yicha ham o`rnatish mumkin (2-bo`limga qarang).
Sochiluvchan gruntlarning donadorlik tarkibini elash usuli bo`yicha o`rganishda har bir elakdagi xususiy ( nisbiy ) qoldiq quyidagi ifoda bo`yicha aniqlanadi:
Хi = mi 100% / mi , (1)
bu yerda mi - berilgan elakda ushlanib qolgan grunt massasi ; mi -namunaning umumiy massasi.
Gruntlarning donadorlik tarkibi jadval yoki grafik shakllarda ifodalaniladi. 1 - rasmda donadorlik tarkibi haqida ma`lumot beruvchi umumiy qoldiq ( ( Xi) va lg(1000 di ) orasidagi bog`lanish grafigi ko`rsatilgan. Sinov natijalari bo`yicha qurilgan shunday grafik asosida gruntning bir jinslilik darajasi quyidagi nisbat bo`yicha baholanadi:
Kd = d60 / d10 , (2)
bu yerda d60 , d10 - umumiy qoldiqning 60 va 10 foizlariga mos keluvchi donalar (zarrachalar) yirikligi.
Donadorlik tarkibi ma`lumotlari bo`yicha gruntning muhim ko`rsatkichlaridan biri - zarrachalarning o`rtacha vazniy yirikligini ham aniqlash mumkin:
100
d 0 = ------------- ( 3)
(Xi / di )
1 – rasm. Gruntlarning donadorlik tarkibi
Dostları ilə paylaş: |