Reja: Zamin va poydevor tushunchalari. Poydevorsozlik sohasi rivojlanishining qisqacha tarixi Gruntlarning tabiati va turlari Gruntlarning qattiq zarrachalari



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə2/7
tarix19.05.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#117844
1   2   3   4   5   6   7
Qoya gruntlarining asosiy xossalari

2. Gruntlarning tabiati va turlari

Inshoot uchun zamin, muhit yoki qurilish materiali sifatida ishlatiladigan har qanday tog` jinsi grunt deyiladi. Ma`lumki, tog` jinslari fizikaviy (harorat, shamol, suv va boshqalar), kimyoviy va qisman biologik ta`sirlar natijasida o`z tuzilishini o`zgartirib (emirilib) boradi, bu esa xilma-xil gruntlarning hosil bo`lishiga olib kelgan.


Odatda gruntlar qattiq mineral zarrachalardan, suyuqlikdan (suvdan) va gazdan (asosan havodan) tashkil topgan uch fazali tizim sifatida qaraladi. Ba`zi hollarda grunt tarkibida o`simlik va hayvonot dunyosi qoldiqlari ham bo`ladi va ularning nisbatan kam miqdorlari ham grunt xossalarini keskin o`zgartirishi mumkin.
Amaldagi qurilish me`yorlari bo`yicha gruntlar ikkita sinfga bo`linadi: 1) qattiq zarrachalari o`zaro bikr bog`langan qoya gruntlari; 2) qattiq zarrachalari kuchsiz bog`langan gruntlar.
Qoya gruntlari. Yuqori harorat ostida suyuq holda yer qa`ridan otilib chiqib, so`ng qotgan (magmatik) yoki yerda sodir bo`lgan o`zgarishlar natijasida chuqur qatlamlarga tushib qolib, yuqori harorat, bosim va kimyoviy jarayonlar natijasida qattiq zarrachalari o`zaro jipslashib qolgan (metamorfik) tog` jinslari qoya gruntlarining asosiy turlari hisoblanadi. Granit, sienit, bazalt, diabaz, porfir va shunga o`xshashlar magmatik jinslarga, marmar, slanets, gneys va h.k. metamorfik tog` jinslariga misol bo`la oladi. Shuningdek, ba`zi bir cho`kindi tog` jinslari ham, agar ularning qattiq zarrachalari o`zaro bikr bog`lanib (tsementlanib) qolgan bo`lsa, qoya gruntlari sinfiga kiradi.



Qoya gruntlarining mustahkamligi ularni tashkil etuvchi zarrachalarning mustahkamligiga yaqin, teng yoki undan katta ham bo`lishi mumkin. Ularning suvga to`yingan holdagi siqilishga qarshiligi ko`pincha 5 MPa dan kam bo`lmaydi.
Qoya gruntlari xilma-xil tuzilishga va xossalarga ega bo`lishlari mumkin. Ularni bir-biridan farqlash va baholashda quyidagi ko`rsatkichlardan foydalaniladi: Rc - suvga to`yingan holdagi siqilishga vaqtinchalik qarshiligi; Ksof - yumshalish koeffitsienti (gruntning suvga to`yingan va quruq holatlaridagi siqilishga vaqtinchalik qarshiliklarining nisbati); Kb – yemirilish (maydalanish) darajasi (emirilgan va yaxlit grunt qismlari zichliklarining nisbati). Gidrotexnika inshootlari qurilishida bundan tashqari qoya gruntdagi yoriqlarning solishtirma hajmini (g`ovakligini), gruntning suv o`tkazuvchanligini baholovchi filtratsiya koeffitsientini, grunt yaxlit qismining elastiklik modulini va gruntning suvda erish darajasini ham bilish lozim.
Siqilishga vaqtinchalik qarshiligi (Rc, MPa) bo`yicha o`ta mustahkam (Rc >120 ), mustahkam (120 > Rc > 50), o`rtacha mustahkam (50 > Rc > 15), kam mustahkam (15 > Rc > 5) va yarim qoya (Rc < 5) gruntlari bir-biridan farqlanadi. Yumshalish koeffitsienti bo`yicha qoya gruntlari suvda yumshalmaydigan (Ksaf > 0,75) va yumshaladigan (Ksaf < 0,75) turlarga bo`linadi. Yemirilish darajasiga ko`ra gruntlar yemirilmagan yaxlit (Kb =1); kuchsiz yemirilgan (1 > Kb > 0,9); yemirilgan (0.9 > Kb > 0.8) va kuchli yemirilgan (Kb < 0.8) holatlarda bo`lishi mumkin.
Magmatik kelib chiqishga ega bo`lgan qoya gruntlari eng ishonchli zamin bo`la oladi, chunki ular deyarli zichlanmaydi, yuqori mustahkamlikka ega, suv ta`sirida ularning minerallari erimaydi va o`z tanasidan suvni deyarli o`tkazmaydi. Shu sababli, dunyodagi baland tug`onlarning 30 % ga yaqini ana shunday gruntlar ustida qurilgan.
Metamorfik qoya gruntlarining fizikaviy va mexanik xossalari magmatik tog` jinslarinikiga ko`p jihatdan yaqin bo`lib, ular o`z tanasidan suvni deyarli o`tkazmasligi yoki juda sekin (yoriqlar mavjud bo`lganda) o`tkazishi mumkin. Yashil slanetsga o`xshash ba`zi bir jinslar sovuqqa chidamsiz, gilli slanetslar esa sovuqqa chidamsizligi bilan bir qatorda suv ta`sirida o`zlarining mustahkamligini ham yo`qotishi mumkin. Bundan tashqari ko`pchilik metamorfik qoya gruntlari tuzilishi bo`yicha bir jinsli emas.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin