Reja: Zamin va poydevor tushunchalari. Poydevorsozlik sohasi rivojlanishining qisqacha tarixi Gruntlarning tabiati va turlari Gruntlarning qattiq zarrachalari



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə6/7
tarix19.05.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#117844
1   2   3   4   5   6   7
Qoya gruntlarining asosiy xossalari

4. Gruntdagi suv va gazning turlari
hamda ularning xossalari
Hozirgi zamon gruntshunoslik fani grunt tarkibidagi suvlarni besh turga bo`lib o`rganadi: Bug`; 2. Elektromolekulyar bog`langan suv; 3. Erkin suv; 4. Kristallizatsion va kimyoviy bog`langan suv; 5. Qattiq holatdagi suv (muz).
Gruntlarda, ular massasining 0,001 foizigacha bug` bo`lishi mumkin. Bug`dagi suv molekulalari gruntdagi gaz molekulalari bilan erkin harakat qiladi. Harorat kamayishi yoki qattiq zarrachalarning elektr zaryadi ta`sirida bug` zichlashib, suvga aylanishi mumkin.
Fizikadan ma`lumki, suv ta`sirida bo`lgan grunt zarrachalarinning sirti ko`pincha manfiy elektr zaryadiga ega bo`ladi. Buning natijasida suv molekulari va suvda erigan har xil moddalarning musbat zaryadli ionlari qattiq zarracha sirti bo`ylab tortilib, elektromolekulyar bog`langan suv qatlamini hosil qiladi (2-rasm). Zarracha va suv molekulalari orasidagi elektromolekulyar tortishish kuchi uning sirtida 1000 MPa ga yaqin bo`lib, bu sirtdan uzoqlashgan sayin, bog`lanish kuchlari keskin kamayib boradi va ma`lum masofada nolga teng bo`ladi. Bog`langan suv miqdori zarrachalarning mineralogik tarkibi va solishtirma yuzasiga bevosita bog`liqdir.
Elektromolekulyar bog`langan suv shartli ravishda mustahkam va g`ovak (kuchsiz) bog`langan turlarga bo`linadi. Zarracha sirtidagi bir yoki bir necha suv molekulalari qatlamidan tashkil topgan mustahkam bog`langan suvning xossalari qattiq jismlarnikiga o`xshash bo`lib, uning zichligi 2,4 g/sm3 ga yaqin, bu suv elastiklikga va siljishga mustahkamlikka ega.
Mustahkam bog`langan suvni ko`pincha gigroskopik suv deb ham ataydilar. Bu suvni zarrachadan ajratish uchun uni 100...1050 S atrofidagi issiqlik haroratida quritish kerak.



2 – rasm. Qattiq zarrachalar sirti bo`ylab suvning
joylashuvi (a) va ular orasidagi bog`lanish kuchlarining
o`zgarishi (b): 1 – mustahkam bog`langan suv; 2 - g`ovak bog`-
langan suv; 3 – erkin suv
Xossalari odatdagi suvnikidan birmuncha farq qiladigan g`ovak bog`langan suv, uning mustahkam bog`langan holatidan erkin suv holatiga o`tuvchi qatlamlarida faoliyat ko`rsatadi. Bu suv ikkilamchi bog`langan suv bo`lib, asosan osmotik kuchlar ta`sirida ushlanib turadi.
Grunt tarkibidagi erkin suv kapillyar (mayda g`ovaklar bo`yicha siljiydigan) va gravitatsion (og`irlik kuchi ta`sirida harakatlanadigan) suvlarga bo`linadi.
Gravitatsion suvning xossalari oddiy suvnikiga o`xshash, kapillyar suvniki esa biroz farq qiladi, chunki bu suv grunt zarrachalari bilan molekulyar tortishish kuchlari orqali bog`langan. Kapillyar suv 00 S dan pastroq haroratda muzlaydi, bu suv grunt zarrachalarini ma`lum darajada bog`lovchi kuchlarni ham hosil qilishi mumkin.
Kristallizatsion va kimyoviy suv tog` jinsi minerallarining kristall panjaralari tuzilishida qatnashadi, uning yo`qotilishi mineral xossalarining kuchli o`zgarishiga yoki yangi minerallarning hosil bo`lishiga olib keladi.
Grunt tarkibidagi muz alohida kristallar, linzalar yoki qatlamchalar shaklidagi holatlarda bo`ladi. Abadiy muzliklar sharoitida u gruntni mustahkamlovchi (tsementlovchi) modda sifatida xizmat qilishi mumkin. Lekin, Markaziy Osiyo mintaqalarining iqlim sharoitlarida gruntlarning muzlashi ko`pincha ularning tuzilishi va xossalarining yomonlashuviga (emirilishiga, qo`shimcha deformatsiyalanishiga) olib keladi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin