Rejasi 4-Mavzu


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (QK) harbiy xizmatchisining irodaviy xususiyatlari



Yüklə 176,5 Kb.
səhifə6/6
tarix14.06.2023
ölçüsü176,5 Kb.
#129799
1   2   3   4   5   6
4-1 мавзу ХПП

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (QK) harbiy xizmatchisining irodaviy xususiyatlari.
Irodani tarbiyalash yo‘lidagi ishlarni samarali olib borish irodaning o‘ziga xos jihatlarini bilishni taqozo qiladi. Ular quyidagilar:
- Maqsadga intilish;
- Qat’iylik;
- Harakatchanlik va sabotlilik;
- Bardoshlilik va o‘zini idora qila olish;
- Ijrochilik;
- Tashabbuskorlik;
- Jasoratlilik;
- Mustaqillik;
- Intizomlilik;
- Mardlik.
Shuni aytib o‘tish kerakki, psixologik tayyorgarlik axloqiy-siyosiy va harbiy-professional tayyorgarlik doirasida amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatchilardagi emosional-irodaviy barqarorlik quyidagi omillar bilan ta’minlanadi:
- Axloqiy-psixologik sifatlar;
- Harbiy mahorat;
- Jismoniy chiniqqanlik;
- Psixologik tayyorgarlik.
Psixologik tayyorgarlikning turlari:
- Maxsus tayyorgarlik, harbiy xizmatchida jangovar vaziyatlarga nisbatan tayyorgarlikni tarbiyalash, unga nisbatan barqarorlikni hosil qilish;
- Umumiy tayyorgarlik, Vatan himoyasiga hamisha ongli ravishda tayyor turishni shakllantirish;
- Maqsadli tayyorgarlik, qo‘rqishni irodaviy engish ko‘nikmalarini hosil qilish uchun mashg‘ulotlarda qiyin, xavfli vaziyatlarni yaratish.
Psixologik tayyorgarlik yo‘llari:
- O‘zbekiston Respublikasining MD (Mudofaa doktrinasi) o‘rganish;
- Raketa-yadro urushi haqida to‘g‘ri tasavvurni shakllantirish;
- Mashg‘ulotlarni qiyin sharoitlarda amalga oshirish;
- O‘z quroliga, komandirlariga va g‘alabaga ishonchini shakllantirish;
- O‘qishda oldingi urush tajribalarini o‘rganish;
- Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini shakllantirish;
- G‘oyaviy immunitetni tarbiyalash;
- Yuksak harbiy intizomni tarbiyalash;
- Mashg‘ulotlarda imitasiya vositalarini qo‘llash va hokazo.
Guruh shaxsiy tarkibini psixologik chiniqtirish bo‘yicha komandirning vazifalari quyidagilardan iborat:
Ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish mashg‘ulotlarida:
Ommaviy qirg‘in qurollarini ishlatilishi natijasida kelib chiqadigan oqibatlar to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish;
Dushman tarafidan ommaviy qirg‘in qurollarining (OQQ) ishlatilishi ehtimoli doim mavjudligiga va ulardan saqlash vositalarini ishlata bilish muhim ekanligiga ishontirish;
Ommaviy qirg‘in qurollari ishlatilganda birinchi tibbiy yordam bera olishga o‘rgatish;
Taktik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida:
- Qiyin vaziyatlarda harakat qila olish qobiliyatlarini shakllantirish;
- O‘zini tuta bilish, qat’iylik, jasoratlilik kabi sifatlarni tarbiyalash;
- Vahima va qo‘rquvni enga olish qobiliyatini shakllantirish;
- Kundalik faoliyatida ijodiy yondashuvni tarbiyalash.
O‘q otish va harbiy texnikani boshqarish mashg‘ulotlarida;
- harbiy xizmatchilarga o‘z qurollari va harbiy texnikalariga nisbatan ishonch ruhini singdirish;
- jangovar mashinalardagi qurollardan qiyin sharoitlarda otish malakalarini shakllantirish.
Ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida:
- Harbiy xizmatchilarda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish;
- Vatanparvarvarlik tuyg‘usini shakllantirish va hamisha Vatan himoyasiga shay turishni ongiga singdirish;
- Zamonaviy urushlar haqida to‘g‘ri tasavvurni, shuningdek g‘alabaga bo‘lgan ishonchni tarbiyalash.
Yüklə 176,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin