ko’zlangan maqsadlariga ko’ra (muayyan tovarni quvvatlash, reklama beruvchining ezgu qiyofasini shakllantirish va boshqalar);
hududiy qamroviga ko’ra (mahalliy, hududiy, milliy, xalqaro);
ta’sir sur’atiga ko’ra (bir maromli, o’suvchi, pasayuvchi).
Reklama kampaniyasi belgilagan tartibda tadbirlar vaqt bo’yicha bir maromda taqsimlanadi, masalan, telereklama (haftaning muayyan kunida bir marta), gazetadagi reklama nashrlari (muayyan vaqt oralig’ida) va boshqalar. Reklama kampaniyasining bu turi reklama beruvchi etarli darajada mashhur bo’lgan hollarda eslatuvchi reklama uchun qo’l keladi.

Reklama turlari va darajalari
Jadal reklama kampaniyasi auditoriyaga ta’sir etishni kuchaytirish tamoyili asosiga quriladi. Bunday yondashuvga reklama qilinuvchi tovarni ishlab chiqarish hajmi yoki uni ishlab chiqaruvchi tomonidan etkazib berilishi muntazam ravishda oshib borayotgan vaziyatda murojaat qilish o’rinli bo’ladi.
Sust reklama kampaniyasini reklama qilinayotgan tovar partiyasining hajmi cheklangan taqdirda o’tkazish foydali bo’ladi. Uning sotilishi, omborlarda miqdorining kamayishi darajasiga ko’ra reklamaviy quvvatlash sur’ati pasaytirib boriladi.

XULOSA
Reklamaning muhim kommunikativ xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: shaxsan amalga oshirilmaydi; reklama murojaati bir tomonlama yo’nalishga ega; ta’sir samaradorligi nuqtai nazaridan mavhum; ijtimoiy xususiyatga ega; homiysi aniq ma’lum; sub’ektivlik yaqqol ifodalangan; ko’zga tashlanuvchan va uqtirishga moyil.
Quyidagilarni reklamani tasniflashning asosiy mezonlari deb atash lozim: homiylar turi; mo’ljaldagi auditoriya tipi; muayyan reklama kampaniyasi tomonidan qamrab olinadigan hudud hajmi va tavsifi; reklama kommunikatsiyasining predmeti va maqsadlari; qabul qiluvchiga ta’sir usullari; ta’sir xususiyati va foydalaniladigan vositalar.