Renessans ta’lim universiteti


VI.  ILMIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISH



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix22.03.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#89061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Курс иши ва БМИ йўриқнома+ +++

VI. 
ILMIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISH  
Kurs ishini sifatli bajarishning muhim shartlaridan biri tanlab olingan mavzu 
bo‘yicha mavjud maxsus adabiyotlarni chuqur o‘rganish hisoblanadi. Bunda ko‘rib 
chiqilayotgan savollarga tegishli rasmiy ma’lumotlarni, ilmiy asarlarni, darsliklarni, ilmiy 
maqolalar to‘plamlarini, gazeta maqolalarini, ilmiy anjumanlar materiallarini, statistik 
ma’lumotlarni o‘rganib chiqish zarur. Adabiyotlarni o‘rganish jarayonida asosiy e’tiborni 
birinchi navbatda maqola yoki kitobning kurs ishi bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘liq 
bo‘lgan qismlariga, ya’ni bob va paragraflarga qaratish kerak.
Adabiyotlarni o‘qish va o‘rganish jarayonida kurs ishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
savollardan parcha ko‘chirib olish zarur. Har bir parchada uning manbasi va manbadagi 
sahifasi ko‘rsatilishi kerak.


8
VII. 
KURS ISHIGA RAHBARLIK QILISH  
Kurs ishiga umumiy, metodik rahbarlik ilmiy rahbar tomonidan amalga oshiriladi. 
Ilmiy rahbarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

kurs ishi yozish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmani har bir talabaga tarqatish;

kurs ishi yozish bo‘yicha vazifa berish;

talabaga kurs ishi tuzilishi va rejasini ishlab chiqishda yordam berish

talabaga mavzu bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni
ma’lumotlarni tanlashda yordam berish;

talaba bilan birgalikda tadqiqot ob’ekti va doirasini, ob’ekt faoliyatini 
o‘rganish, ma’lumotlar yig‘ish va ularni tahlil qilish metodlarini aniqlash.
Rahbar talaba tashabbusini turli yo‘llar bilan rivojlantirishga va mustaqil ilmiy 
tadqiqot ishini amalga oshirishiga maslahatlar berishi, talaba tomonidan unga taqdim 
qilingan kurs ishini tekshirib, o‘z fikr mulohazalarini bildirishi va ishni qaysi yo‘nalishda 
o‘zgartirish yoki to‘ldirish kerakligi to‘g‘risida maslahat berishi talab qilinadi.
Yozib tugatilgan kurs ishi belgilangan muddatdatalaba tomonidan rahbarga 
topshiriladi. Rahbar kurs ishini tekshirib chiqadi va uni himoyaga ruxsat berish to‘g‘risida 
o‘z fikrini bildiradi va kurs ishining 3 ilovada keltirilgan varraqda o‘z xulosalarini yozib, 
kurs ishining yozma mazmuni uchun ball qo‘yiladi. Kurs ishi talab darajasida 
bajarilmagan bo‘lsa, raxbar uni qabul qilmasligi mumkin.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin