Renessans ta’lim universiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix22.03.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#89061
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Курс иши ва БМИ йўриқнома+ +++

Birinchi bobda  mavzuning asosiy masalalari bo‘yicha nazariy ma’lumotlar bayon 
etiladi, ilmiy maktablar mualliflarining qarashlari tahlil qilinadi va umumlashtiriladi, 
ko‘rib chiqilayotgan sohada olib borilgan tadqiqotlar guruhlashtiriladi, turli metodik 
yondashuvlar baholanadi. Tadqiqot olib borilayotgan mavzu yuzasidan muammo 
aniqlanadi, uning tahlillari va yechimlari yuzasidan bitiruvchining o‘z qarashlari, 
konsepsiyasi belgilanadi, bular asosida ta’kidlovchi va shakllantiruvchi tajribaga 
tayyorgarlik ko‘rish uchun metodik yondashuv tanlanadi.
Ikkinchi bobda mavzuning asosiy masalalari bo‘yicha metodik ma’lumotlar bayon 
etiladi hamda metodik tahlil keltiriladi. Bunda, tanlangan ob’ekt (ta’lim muassasalari) 
o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berishning, ularni rivojlantirish, ta’limni tashkil etishni 
boshqarishning ahvoli, bunda qo‘llanayotgan metodlar va boshqalar tahlil qilinadi. 
Tadqiqotning metodologiyasi asosida ta’limda vujudga kelgan vaziyat tahlil qilinadi va 
uni takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar, metodik 
ishlanmalar bayon qilinadi. Mazkur qism mazmunini bayon etish jarayonida muallif 
nazariy bilimlardan yetodik tahlilga, umumiy hodisalar tahlilidan xususiy tahlilga o‘tishi 
zarur.
Uchinchi bob pedagogik-tajriba sinovni tashkil qilish va uni o‘tkazish hamda 
statistik tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Tajriba qismi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: bolalar 
yoki o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish metodlari, mazmuni bo‘yicha 
ishlanmalarni tajribada qo‘llanilishi, tajribasinov ishlarni olib borish metodikasi; 
qo‘yilgan masala va vazifalarni hal etish yo‘llari; olingan natijalarni matematik usullar 
yordamida tahlil qilish natijalarni yoritiladi. Shu maqsadda ilmiy qarashlar negizida, 
shaxsiy tajriba va pedagoglar tajribasining tahlili asosida mazkur ta’lim muassasasida 
o‘rganilayotgan hodisaning dinamikasi va hozirgi ahvoli yoritilishi kerak (avval ahvol 
qanday edi, muayyan vaqt ichida nima o‘zgardi, nimaning natijasida yutuqqa erishildi, 
miqdor va sifat o‘zgarishlari nimalarda namoyon bo‘ldi, qanday qiyinchiliklarga duch 
kelindi va ular qanday bartaraf etildi va h.z.).
Xulosa qismida talabalarning tadqiqot ishini olib borishdagi pozitsiyasini 
ko‘rsatuvchi bajarilgan ish natijalari bo‘yicha xulosalar beriladi. Shuningdek, tahlil 


16
natijalari bo‘yicha o‘rganilgan tadqiqot ob’ektining samaradorligini oshirish bo‘yicha 
tavsiyalar, ushbu tavsiyalarni joriy etish yo‘llari ko‘rsatiladi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin