Renessans ta’lim universiteti


VI. BITIRUV MALAKAVIY ISHINING HIMOYASI



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix22.03.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#89061
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Курс иши ва БМИ йўриқнома+ +++

VI. BITIRUV MALAKAVIY ISHINING HIMOYASI 
Bitiruv malakaviy ishining himoyasi quyidagi tartibda o‘tadi:
Bitiruvchi qisqa axborot beradi (10 minut). Axborot quyidagi taxminiy reja asosida 
tuzilishi mumkin:
1. Bitiruv ishining umumiy tavsifi:

mavzu;

mavzu tanlanishining sabablari;

yoritilgan asosiy masalalar doirasi;

bitiruv ishining rejasi;

mavzuni yoritishda foydalanilgan asosiy adabiy manbalar;

bitiruv ishida keltirilgan va baholangan tajriba-sinov ishining qisqacha 
mazmuni.
2. Asosiy qismning tavsifi:
- mavzuda aks etgan pedagogik muammoning mohiyati;


20
- asosiy masalalar bo‘yicha olimlarning qarashlari va muallifning ularga bergan 
bahosi, tahlili;
- masala nazariyasi jihatidan muammo yechimini topish tajribasining tahlili va 
bahosi;
- bolalar va o‘quvchilar bilan ishlash usullarini yoki boshqaruvni takomillashtirish 
yo‘llari, o‘rganilganlarni amalda samarali qo‘llash bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni 
belgilash;
3. Talabaning o‘zi bajargan bitiruv ishiga, erishgan natijalari va ish sifatiga bergan 
bahosi:

mavzu bo‘yicha ishlash davomida qo‘yilgan vazifalar va ularning 
bajarilishi;

bajarilgan ish natijalari bilan qoniqish darajasi;

mavzuning qaysi qirralari bo‘yicha tadqiqot davom ettirilishi.
Axborot berilganidan so‘ng, talaba berilgan savollarga javob beradi. Bitiruv ishi 
mazmuni bo‘yicha nafaqat komissiya a’zolari, balki himoyada ishtirok etuvchi istalgan 
shaxs savol bilan murojaat qilishi mumkin.
So‘ngra ilmiy rahbar xulosasi va taqrizchining xulosasi o‘qib eshittiriladi.
Ish muallifi taqriz va xulosalarda keltirilgan e’tirozlar yuzasidan o‘z fikr-
mulohazalarini bildiradi hamda himoya davomida berilgan savollarga javob beradi.
Shundan keyin, ishning muhokamasi boshlanadi, unda xohlovchilarning barchasi 
ishtirok etishi mumkin.
Himoya yakunida muallifga e’tirozlarga sabab bo‘lgan o‘rinlarni izohlash, tegishli 
ma’lumotlar keltirish, qo‘shimcha materiallar bilan qisqacha tanishtirish imkoni beriladi.
Attestatsiya komissiyasining qarorlari yopiq majlisda qatnashchilarning oddiy 
ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar tengligi holatida raisning fikri hal qiluvchi 
hisoblanadi.


21
Yakuniy davlat attestatsiyasiga kiritilgan istalgan sinovning natijasi “a’lo”, “yaxshi”, 
“qoniqarli”, “qoniqarsiz” baholari bilan belgilanadi va shu kunning o‘zida imtihon 
komissiyasi majlisining bayonnomasi tegishli tartibda rasmiylashtirilgach, e’lon qilinadi.
Himoyadan keyin bitiruv ishi oliy ta’lim muassasasining kutubxona fondida yoki 
tegishli kafedralarda saqlanadi. Ishlardan talabalar, boshqa ta’lim muassasalari 
o‘qituvchilari foydalanishlari mumkin.
Ikki yil o‘tgach bitiruv malakaviy ishlari oliy o‘quv yurti arxiviga topshiriladi.
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 
 
 
 
 
  
  
  


22
  
1-ilova 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin