12
10. Ko‘tarilgan muammoni hal etishning turli usullarini ishlab chiqish.
11. Muammo yechimini izlab topishning maqbul usullarini aniqlash.
12. Tajriba-sinovning
dastlabki
bosqichini
o‘tkazishga
tayyorlanish
(metodikani
rejalashtirish,
ishlab
chiqish,
asbob-uskunalarni,
o‘quv
mashg‘ulotlarining va tarbiyaviy tadbirlarning reja-konspektini, didaktik test va b.
tayyorlash).
13. O‘rganilayotgan masalaning mavjud avoli haqida tasavvurga ega bo‘lish
uchun tajribaning dastlabki bosqichini amalga oshirish.
14. Tajriba-sinov ishlarining tahlili, jadval, chizma,
rasmlarni tayyorlash,
natijalarni qayd etish.
15. Tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichini tayyorlash (tajriba olib
borish va uni kuzatishning metod hamda vositalarini rejalashtirish, ishlab chiqish,
natijalarni qayd etish usullarini ishlab chiqish va h.z.)
16. Tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichini o‘tkazish va tahlil qilish
(kuzatuv bayonnomalari, yozma ishlar, rasmlar, suhbat natijalari va h.k).
17.
Tahlil natijalarini jadval, chizma, diagramma, rasmlarda ko‘rsatish, tajriba-
sinovning shakllantiruvchi bosqichi bo‘yicha natija va xulosalarni yozish (material
bunga imkon bersa).
18. Zarurat bo‘lganda tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichini qayta
o‘tkazish.
19. Tayyorlangan matnlarni boblar shaklida jamlash.
20. Boblar bo‘yicha xulosalarni tayyorlash va yozish.
21.
Umumiy xulosalarni yozish
22. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzish.
23. Ilovalarni (jadval, chizma, so‘rovnoma, rasm, dars yoki tarbiyaviy
ishlarning reja-konspektlarini va h.z.) rasmiylashtirish.
24. Bitiruv malakaviy ishining mundarijasini aniqlashtirish.
13
25. Titul varag‘ini yozish.
Umuman, bitiruv malakaviy ishi kurs ishining mantiqiy davomi bo‘lib, asosiy g‘oya
va xulosalar qayta idrok etiladi, yangi ma’lumotlar, kuzatuv hamda tajriba natijalari bilan
boyitiladi.
Shu tariqa, bitiruv malakaviy ishi nazariy va amaliy jihatdan yuqoriroq
darajadagi mukammal tadqiqot ishi bo‘ladi. Shu bilan birga, bitiruv malakaviy ishi yangi
pedagogik tajribani (agar u ko‘zda tutilgan bo‘lsa) o‘tkazish davomida
olingan boshqa
daliliy materialning mustaqil tadqiqi yoki adabiy manbalarni chuqurroq o‘rganish va
idrok etishning natijasidir.
Dostları ilə paylaş: