Research focus



Yüklə 63,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix13.12.2023
ölçüsü63,68 Kb.
#174941
1   2   3   4   5   6
ta-limni-boshqarish-usullari-va-boshqaruv-qarorlari

RESEARCH FOCUS
 
 
 
 
 
| VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2023
ISSN: 2181-3833
 
ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) 
|
 UIF (8.3)
 
 
 
Research Focus, Uzbekistan
92
refocus.uz
ta’limni boshqarishning maqsadi, vazifalari, maktabgacha ta’lim va tarbiyani boshqarishning 
vazifasi, boshqarish usullari, shakllari, tamoyillari, qonuniyatlari shuningdek, turli tipdagi 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishning prinsiplari va unga ilmiy-nazariy 
yondashuviga еtibor qaratiladi. 
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Shu nuqtai nazardan оliy tа’lim muаssаsаlаri rаhbаrlаridа mеdiаkоmpеtеntlikni 
rivоjlаntirish masalasini nazariy asoslarini o’rganib amaliy takliflar ishlab chiqish dolzarblik kasb 
etadi.
Ta’lim menejmentining paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichiga bir nazar tashlasak qadim 
tarixga egadir, ammo boshqaruv nazariyasi faqat 20-asr boshlarida rivojlana boshladi. 
“Management“ inglizcha so’zdan olinga bo’lib o’zbek tilida boshqaruvni tashkil qilish, rahbarlik 
qilish ma’nosida tarjima qilinadi. Umumiy rejada menejment boshqaruvni bildiradi, ya’ni u yoki 
bu faoliyat turini (tashkil etishni va rahbarlik qilishni) iqtisodiy, moliyani va boshqa inson 
hayotidagi ishbilarmonlik sohasini tashkil qilish va boshqarishni bildiradi. Amerika Qo’shma 
Shtatlarda 20-asrning boshlarida ilmiy boshqaruv maktablari evolyutsiyasi boshlangan qulay 
sharoitlar yuzaga keldi. Demokratik mamlakatda ulkan mehnat bozori paydo bo’ldi. Ta’limning 
mavjudligi ko’plab aqlli odamlarga fazilatlarini namoyon etishga yordam berdi. Rahbarlikning 
yangi usullari talab qilindi. 1911 yilda Frederik Teylorning "Printsiplar" kitobi, Bu yangi fan - 
etakchilik sohasida tadqiqotlar uchun asos yaratdi. Guruh ta’sirining odamlarning mehnatga 
bo’lgan munosabatini o’zgartirishi mumkinligini isbotladi [1].
Menejer turli sohalar bo’yicha bilimlarga ega bo’lishi va amalda tasdiqlangan usullarni 
qo’llashi kerak. Maktab yirik sanoat ishlab chiqarishida hamma joyda paydo bo’ladigan bir qator 
muhim boshqaruv muammolarini hal qildi. Menejmentda eng asosiy vazifa - bu odamlar bilan 
ishlashdir. Menejment haqidagi keltirilgan tavsiflar shundan dalolat beradiki, u boshqaruv 
ma’nosini bildira turib, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodi boshqaruvdan tubdan farq qiladi. Bu 
farqlar quyidagicha: Birinchi farq - bu bozor iqtisodiyotiga taalluqli bo’lib, ma’muriy 
buyruqbozlik xo’jalikni reja asosida olib borish tizimi emasdir.
Ikkinchi farq - birinchi farqdan kelib chiqadiki, ya’ni taraqqiy topgan davlatlarda 
menejment iqtisodiy boshqaruv usuli hisoblanadi.
Uchinchi farq - menejmentni sotsialistik tizim boshqaruvidan farqini oxirgi to’rtta tavsifni 
birlashtirish asosida aniqlash mumkin. Uni “menejment - bu samarali boshqaruv fani va san’ati”dir 
deyish mumkin [2]. Bunday boshqaruv bu kabi mehnat bilan shug’ullanuvchilarning yuqori 
malakasi, ya’ni menejerlar hisobiga, ularning bilimdonligi, faol ijodiy ishi, tashabbuskorligi, fikr 
yuritishining egiluvchanligi, taktik va strategik masalalarni echishdagi qobiliyati, odamlar bilan 
bevosita ishlay olishi hisobiga amalga oshadi. Oksford izohli lug’atida menejment tavsifi quyidagi 
oddiy so’z bilan ifodalangan. Unda “Menejment - bu ma’muriy ishni bajarishdagi alohida qobiliyat 
va bilimdonlikdir”, - deyilgan.

Yüklə 63,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin