Research focus



Yüklə 63,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix13.12.2023
ölçüsü63,68 Kb.
#174941
1   2   3   4   5   6
ta-limni-boshqarish-usullari-va-boshqaruv-qarorlari

TADQIQOT NATIJALARI
Hozirgi davrda menejment - boshqaruviga qo’yiladigan turli talablarni, ya’ni ish usuliga, 
ishni olib bora olish qobiliyatiga, odamlar harakatini birgalikdagi faoliyatda to’g’ri yo’naltirish 
san’ati va fanga qo’yiladigan talablarni qattiq ma’muriy talabsiz belgilangan maqsadning 
bajarilishini o’zida aks ettiradi [3].
Yuqoridagi sifatlarga qo’shimcha qilib, hozirgi zamon menejmenti taraqqiy topgan 
davlatlardagi 2 ta tavsifini ham keltirish o’rinlidir:
1-Menejerlik korpusining faoliyatini iste’molchi talabiga mos keladigan yuqori sifatli 


RESEARCH FOCUS
 
 
 
 
 
| VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2023
ISSN: 2181-3833
 
ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) 
|
 UIF (8.3)
 
 
 
Research Focus, Uzbekistan
93
refocus.uz
mahsulot olishga yo’naltirilganligi (menejmentda marketing yondashuvi).
2-Menejer ishini tashkilot jamoa a’zolarining faravonligini oshirishga yo’naltirilganligi 
(boshqaruv faoliyatini insonparvarligi).
Pirovard natijada “Menejment” termini yana bitta, aniqrog’i ikkita keng tarqalgan ma’noga 
ega. U ko’proq to’plash ma’nosida, barcha tashkilot menejerlar jamoasini yoki oliy menejerlar 
korpusini belgilashda ishlatiladi. Bu kabi ma’nolarda “Menejer” so’zi odatda 2 xil faoliyatni: 
boshqaruvchilar (menejerlar) va ishlab chiqaruvchilar (ishchilar) orasida ma’lum qarama-qarshilik 
ko’zda tutilganda qo’llaniladi [4]. 
Ta’limni boshqarish qonuniyatlari boshqaruv jarayonida turli elementlar va hodisalarning 
ob’ektiv ravishda mavjud bo‘lgan, takrorlanuvchi o‘zaro aloqalarini aks ettiradi. Ular umumiy va 
xususiyga bo‘linadi. Umumiy qonuniyatlar boshqaruvning barcha tizimlariga xos bo‘lsa, 
xususiylari ayrim ta’lim tashkilotlari va muassasalarining amal qilishi bilan bog‘liq. 
Quyidagilarni boshqaruvning umumiy qonuniyatlari sirasiga kiritish mumkin: ustuvor 
samaradorlik va ongli rejali boshqarish; boshqaradigan va boshqariladigan tizimlarning, 
boshqarish sub’ekti va ob’ektining o‘zaro munosabati, boshqaruvda mehnat taqsimoti va 
kooperatsiyasi jarayonlarini kuchaytirish. Ushbu qonuniyatlarni ko‘rib chiqamiz. 
Ta’limni ongli boshqarishning ustuvor samaradorligi qonuniydir, chunki unda 
kechayotgan jarayonlarni rejali boshqarish tizimi amalda ushbu jarayonlarni beixtiyor tartibga 
soladigan boshqarish tizimlaridan samaraliroqdir. Hozirgi ta’limda boshqarishning barcha 
darajalarida dasturiy-maqsadli yondashuv, tizimli yondashuv va tahlil keng qo‘llanilayotganligi 
buning dalilidir. 
Boshqaradigan va boshqariladigan tizimlar, boshqarish sub’ekti va ob’ektining o‘zaro 
munosabati qonuniyat ekanligi boshqaruv sohasining boshqaruv ob’ekti talablariga muvofiqligini 
bildiradi. Chunonchi, iqtisodiyotni rivojlantirishda 90-yillarning o‘rtalaridan ko‘zga tashlangan 
siljishlar mamlakatimizda butun boshqaruv apparatini muayyan o‘zgartirishni talab qildi, bu hol 
1997 yildan boshlangan ta’lim va kadrlar tayyorlashdagi islohotlar majmuida o‘z ifodasini topdi. 
Natijada ta’lim va uni boshqarish tizimi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar, fan-texnika 
taraqqiyoti talablariga mos tushgan holda barqaror rivojlanish tamoyilini kasb etdi [5]. 
Boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyalash jarayonlarining kuchayishini ham 
ta’limni boshqarishning umumiy qonuniyatlariga kiritish mumkin[6]. Qonuniyat, birinchidan, 
boshqaruvda mehnatning bundan keyin ham gorizontal va vertikal taqsimotini aks ettiradi, bu hol 
boshqaruvning rivojlanganligi, boshqariladigan tizimlar ko‘lami kengayganligi, yangi funksiyalar 
va faoliyat turlari paydo bo‘lganligi bilan bog’liqdir. Ikkinchidan, mehnat taqsimoti uning 
muvofiqlashtirilishini, ya’ni boshqaruv mehnatini kooperatsiyalashda o‘z ifodasini topadigan 
boshqaruv sub’ektlari ishi muvofiqlashtirilishini taqozo qiladi. 

Yüklə 63,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin