RESEARCH FOCUS
| VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2023
ISSN: 2181-3833
ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708)
|
UIF (8.3)
Research Focus, Uzbekistan
94
refocus.uz
boshqalar)
hal qilinsa, ta’lim muassasasi darajasida ko‘proq umumiy o‘rta ta’lim maqsadlarini
amalga oshirish bilan bog‘liq taktik masalalar hal etiladi.
Boshqaruv bosqichlari sonini maqbullashtirish qonuniyatlari boshqaruvning ortiqcha
bo‘g‘inlarini bartaraf etishni taqozo qiladi, bu hol uning moslashuvchanligi
va tezkorligini
kuchaytiradi [8].
Ta’limni boshqarish funksiyalarini jamlash shundan iboratki, har bir boshqaruv bosqichi
funksiyalarni ko‘proq jamlashga, ya’ni boshqaruv xodimlari sonini ko‘paytirishga intiladi. Barcha
mamlakatlarda byurokratik apparat soni oshib borayotgani haqida ma’lumotlar bu qonuniyatni
yaqqol namoyish etadi.
Nazoratning yoyilganlik qonuniyati qo‘l ostidagi xodimlar soni bilan boshqaruv xodimi
tomonidan ularning faoliyatiga samarali rahbarlik qilish va ishlarini nazorat qilish imkoniyatlari
o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi.
Ta’limni boshqarishning (ham umumiy, ham xususiy) qonuniyatlari ob’ektiv xususiyatga
ega bo‘lib, kishilar faoliyatini boshqarish jarayonida amalga oshiriladi. Ta’limni boshqarish
tamoyillarini shakllantirishda boshqaruv qonuniyatlari to‘liq hisobga olinishi kerak[9].
Ta’limni boshqarish tamoyillari — bu boshqaruv tizimi,
tuzilmasi, boshqaruvni tashkil
etishning asosiy talablarini belgilab beruvchi qoidalar demakdir. Boshqaruv tamoyillari ham,
qonuniyatlar kabi, umumiy va xususiyga bo‘linadi.
Ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari universal tabiatga ega bo‘lib, boshqaruvning
barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Quyidagilarni ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari sirasiga kiritish mumkin: aniq
maqsadga yo‘naltirilganlik, rejalilik,
bilimdonlik, intizomlilik, rag‘batlantirish, ierarxiklik
(pog‘onalilik).
Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili dasturiy-maqsadli boshqaruvning mohiyati bilan
belgilangan bo‘lib, har bir ta’limni boshqarish organi va uning har bir bo‘linmasi oldiga maqsadlar
aniq qo‘yilishini ko‘zda tutadi. Bunda maqsad haqiqatan ham erishish mumkin bo‘lgan va iloji
boricha aniq-ravshan belgilangan bo‘lishi kerakki, bu ish aqlga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi,
xodimlar sa’y-harakatini uning ijrosiga safarbar etadi.
Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili qo‘yilgan maqsadlargina emas,
balki ana shu
maqsadlarning zarur resurslar bilan nisbati darajasini aniqlashni ham nazarda tutadi. Bunda
maqsadlarni ularga erishish uchun zarur bo‘lgan asosiy resurslar bilan bog‘lashni ta’minlashgina
emas, balki diqqat-e’tiborni maqsadlarga erishishga xalaqit berayotgan eng zaif bo‘g‘inga qaratish
ham kerak bo‘ladi[10].
Ta’limni rejali boshqarish tamoyili ham dasturiy-maqsadli boshqarish bilan bog‘liq bo‘lib,
harakat dasturini tuzish va uni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Rejalilik ish sharoitini
normallashtirish va uni ijrochilar o‘rtasida taqsimlashda ijrochilar xatti-harakatlarini
muvofiqlashtirish va ularga yo‘l-yo‘riq
berishda, shuningdek har bir ishning va umuman
dasturning bajarilishini hisobga olish va nazorat qilishni tashkil etishda namoyon bo‘ladi. Ushbu
tamoyilning amalda bajarilishi butun boshqaruv tizimi reja asosida tashkil etilishiga olib
keladi[11].
XULOSA
Bilimdonlik tamoyili menejerning boshqaruv ob’ektini bilishini, hech bo‘lmaganda,
qarorlar qabul qilishda mutaxassislarning foydali maslahatlarini
qabul qilishga qodirligini
anglatadi. Bilimdonlik tamoyili mehnatning funksiyalar bo‘yicha gorizontal taqsimlanishi bilan
bog‘liq.