Respublika hududiga olib kirish tartibini soddalashtirish


-bob. Arizani ko‘rib chiqish, ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berish yoki uni



Yüklə 381,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/19
tarix08.06.2023
ölçüsü381,08 Kb.
#127134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
765 02.12.2020 (1)

3-bob. Arizani ko‘rib chiqish, ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berish yoki uni 
berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
12. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-
epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Ekologiya va atrof-muhitni 
muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ariza beruvchilar tomonidan taqdim etilgan 
hujjatlarni o‘rganib chiqib, kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish 
sinovlarini o‘tkazish rejasini tasdiqlaydi. 
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 dekabrdagi 752-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021 y., 09/21/752/1166-son)
13. Ro‘yxatga olish sinovlari: 
kimyolashtirish va o‘biologik samaradorligini aniqlash bo‘yicha — O‘zbekiston 
Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Fanlar akademiyasi tomonidan tasdiqlangan ilmiy-
tadqiqot tashkilotlari tomonidan; 
toksikologik-gigienik xossalarini aniqlash bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni 
saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati 
ruxsat etgan ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan; 


ekologik xossalarini aniqlash bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan ilmiy-tadqiqot tashkilotlari 
tomonidan o‘tkaziladi. 
14. Ro‘yxatga olish sinovlarini o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘lar ariza 
beruvchilar bilan sinovni o‘tkazuvchi tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq ariza 
beruvchilar tomonidan to‘lab beriladi. 
15. Ro‘yxatga olish sinovlari rejasiga mazkur Nizom talablariga muvofiq ro‘yxatga olish 
uchun taqdim etilgan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari kiritiladi. 
16. Sinovni o‘tkazuvchilar sinov o‘tkazish sxemasi va ish dasturlarini ishlab chiqadi va ariza 
beruvchilar bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. 
17. Ro‘yxatga olish sinovini o‘tkazish uchun ariza beruvchilar sinov boshlanishidan bir oy 
oldin sinovni o‘tkazuvchilarga zarur miqdordagi kimyolashtirish va namunasini, taqqoslash uchun 
etalonlarni va ta’sir etuvchi moddalarning analitik standartlarini taqdim etishi shart. 
18. Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari, ularning analitik standartlari 
hamda etalonlar miqdori ish dasturiga muvofiq sinovlarni o‘tkazadigan tashkilotlar tomonidan 
aniqlandi. 
19. Taqdim etiladigan namunalarning ishonchli saqlanishi, maqsadga ko‘ra xavfsiz 
foydalanilishi uchun javobgarlik sinovdan o‘tkazuvchilar zimmasida bo‘ladi. 
20. Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish sinovlari 
ishlab chiqarish sharoitida o‘simliklarning to‘liq vegetatsiyadavrida (ko‘pi bilan ikki yilda) 
o‘tkaziladi. Bunda: 
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklariga va 
begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, 
defoliantlar hamda o‘simliklarning o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yxatiga (keyingi o‘rinlarda — 
Ro‘yxat) kiritilmagan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari shoshilinch choralar 
ko‘rish talab etiladigan vaziyatlarda bir yilgacha muddatga tajriba tarzida qo‘llash uchun respublika 
hududiga olib kirishga ruxsat etiladi. Bunda parallel ravishda kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya 
qilish vositalarini ro‘yxatga olish sinovlari o‘tkaziladi; 
xalqaro standartlar talablariga javob beradigan, oldin o‘rganilgan va ta’sir etuvchi modda 
to‘g‘risida to‘liq asosli ma’lumotlar hamda qo‘llash bo‘yicha reglamentlar mavjud bo‘lgan 
kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida 
ro‘yxatga olingan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarining analoglari 
o‘simlikning bitta vegetatsiya davrida biologik samaradorlik bo‘yicha o‘tkazilgan sinov natijalariga 
ko‘ra ro‘yxatga olinadi; 
kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini ro‘yxatga olish uchun 
toksikologik-gigienik, sanitariya-gigienik va ekologik xususiyatlarni o‘rganish bo‘yicha ariza 
beruvchi tomonidan asoslangan ma’lumotlar, shu jumladan, xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan sinovlar 
xulosasi taqdim etilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi 
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan toksikologik-gigienik, sanitariya-gigienik va 
ekologik sinovlar o‘tkazilmasdan ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ekspertizasining 
xulosasi asosida ro‘yxatga olish uchun tavsiya etiladi; 
zaharlilik darajasi uchinchi va to‘rtinchi sinfda bo‘lgan mineral o‘g‘itlar, mikroo‘g‘itlar, 
biostimulyatorlar hamda bioo‘g‘itlar laboratoriya tahlillarining natijasi asosida ro‘yxatga olinadi; 
muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan hamda ro‘yxatga kiritilgan kimyolashtirish va 
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini respublika hududiga olib kirishga ruxsat etiladi; 
respublika hududiga kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini olib kirish 
uchun talab etiladigan muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati barcha zarur 
hujjatlar taqdim etilgan paytdan boshlab besh ish kunidan oshmasligi lozim. 
21. Tarkibida oldin O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan ta’sir etuvchi 
moddasi bo‘lgan o‘simliklarni himoya qilish vositalari analoglari 2-3 ta asosiy ekin turining bitta 
vegetatsiya davrida o‘tkazilgan sinovning ijobiy natijalariga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. 


22. Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari sinovdan o‘tkazilgan dalalarda 
yetishtirilgan hosildan davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organning ruxsati bilan 
foydalanish mumkin. 

Yüklə 381,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin