Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi


YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI



Yüklə 97,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix07.01.2024
ölçüsü97,75 Kb.
#202985
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ona-tili-ta-limida-unli-tovushlarni-o-qitishning-mavjud-holati-tahlili

 
YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI 
OʻQITISHNING DOLZARB MASALALARI 
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 
 16-iyun, 2023- yil 
542
ta’limi tarixiga nazar tashlasak, bunday mashqlar o‘zbek tili fan sifatida shakllangan dastlabki 
yillarda (1930–1940) chop etilgan darsliklarda ham uchramasligiga guvoh bo‘lamiz. [1] 
Tilshunoslikning “Unli tovushlarni o‘qitish” bo‘limi “Orfografiya” va “Orfoepiya” bilan 
bevosita aloqador bo‘lganligi bois ularni o‘qitish vositalari ham bir-biriga chambarchas bog‘liq.
Maktabda, odatda, muayyan o‘quv predmetiga tegishli darslik dars jarayonida ham, hatto 
darsdan so‘ng ham o‘quvchi va o‘qituvchining shu o‘quv predmeti bo‘yicha bilim berish hamda 
ma’lumot olishning asosiy vositasi, tayanchidir. Shunday ekan, asosiy diqqatni darslikdagi o‘quv 
materiallarining tarkibi, tuzilishi va, albatta, mazmuniga qaratish kerak. Maktab darsliklarida 
millat tafakkuri va mafkurasining eng ilg‘or namunalari aks etishi kerak [2], degan ta’kid, 
fikrimizcha, “Ona tili” darsliklariga ko‘proq tegishlidir.
Adabiy talaffuz va uning me’yorlari masalasi dunyoning rivojlangan mamlakatlari 
tillarida atroflicha o‘rganilganligini kuzatamiz [ingliz, fransuz va b.]. Bu borada jahon 
tajribasida, jumladan, ingliz tilida fonetik mashqlardan unumli foydalaniladi. Shuning uchun 
ham amaldagi asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalarida har bir nutq tovushining hosil bo‘lish 
jarayoni haqida batafsil ma’lumot beriladi.[3] Oliy maktab va umumiy o‘rta ta’lim maktablari 
uchun nashr ettirilgan darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarda tovushlarning talaffuz holati aks 
etgan maxsus chizma (rasm)lar yo‘q. 
O‘zbek tiliga xos bo‘lgan ayrim tovushlarning to‘g‘ri 
talaffuzini oddiy, an’anaviy mashqlar bilan yetarli darajada o‘rgatib bo‘lmasligini bugungi 
o‘quvchi, talaba, hatto ayrim katta yoshdagi ziyoli kishilar, xususan, o‘qituvchilarning nutqi 
ham isbotlab turibdi.
Muammoning bir uchi yana o‘rta umumta’lim maktablarida ona tili o‘qitish masalasiga 
borib taqaladi. Adabiy talaffuz – madaniyatlilik belgisi. O‘rta umumta’lim tizimida 5-sinfdan 
boshlab talaffuzning asosiy birligi hisoblangan nutq tovushlari “Unli tovushlarni o‘qitish” 
bo‘limi tarkibida tizimli o‘qitila boshlaydi. “Unli tovushlarni o‘qitish” bo‘limi ta’limi taqozosiga 
ko‘ra shu yerda o‘quvchilarga nutq tovushlari bilan birga to‘g‘ri talaffuz hamda imlo qoidalarini 
singdirish talabi ham qo‘yiladi.
O‘zbek adabiy tili turli lahjalardan o‘sib chiqqanligi sababli uning talaffuzi borasida 
hududlar bilan bog‘liq jiddiy muammolar bor. Maktab ona tili darsliklarini tuzishda, ayniqsa, 
unli tovushlarni o‘qitishga doir o‘quv materiallarini berishda mualliflar aholi hududiy 
talaffuzining tilga ta’sirini inobatga olishlari kerak. (Masalan, AQShda har bir shtat uchun 
alohida darslik yaratilgan.) Shu ma’noda dastur va darsliklar tuzishda orfoepik nuqtai nazardan 
har bir hududning talaffuzidagi muammolari e’tiborga olinishi lozim.

Yüklə 97,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin