Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi


YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI



Yüklə 97,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix07.01.2024
ölçüsü97,75 Kb.
#202985
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ona-tili-ta-limida-unli-tovushlarni-o-qitishning-mavjud-holati-tahlili

 
YANGILANAYOTGAN OʻZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI 
OʻQITISHNING DOLZARB MASALALARI 
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 
 16-iyun, 2023- yil 
544
o‘zgarishlariga to‘xtalib, tovush tushishi hamda tovush almashishi haqida ma’lumot beradi va 
“Bu holat tilimizning yengillik istaganidan kelib chiqib qolg‘on bir hol” 
deb izoh beradi.[9] 
Uning fikriga ko‘ra, o‘zbek tili yalpi turk tilining keng bir tarmog‘i sifatida barcha turkiy 
tillarga xos xususiyat o‘zbek tilida ham bo‘lishi tabiiy ekanligi, turkiy tillarning barcha 
tarmoqlarida bo‘lgani kabi o‘zbek tilida ham ohangdoshlik, so‘zlar ohangi e’tiboriga ko‘ra 
yo‘g‘on 
va 
ingichka
ga bo‘linishi aytiladi. Masalan, 
sin 
so‘zi yo‘g‘on bo‘lsa, 
min 
so‘zi ingichka 
deb e’tirof etilgan. Shuningdek, ohang masalasi eski yozma asarlarimizda, qishloq shevalarida 
uchrashi, fors adabiyoti ta’siri bilan buzilgan shahar shevasida bo‘lmasa-da, o‘zbek tilida bu 
hodisani yo‘q deb bo‘lmasligini ta’kidlaydi. 
Professor A.Fitratning unli tovushlarni o‘qitish, xususan, nutq tovushlari, talaffuz va 
ohangdoshlik 
masalalariga milliylik nuqtayi nazaridan yondashishni kuzatamiz. Darhaqiqat, til 
millat belgisi sifatida doimo o‘ziga xos xususiylikka ega bo‘ladi. Olimning milliylikka 
yo‘g‘rilgan ilmiy asoslari pishiq qarashlari o‘z vaqtida maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan 
“O‘zbek tili uchun darslik”larida ham o‘z aksini topgan edi. Xususan, buni bevosita 
Q.Ramazon va X.Qayyumiylarning darsligi
misolida ham ko‘rishimiz mumkin.[1] 
Darslik mualliflari ham A.Fitrat yo‘lidan borib tilning milliy xususiyatlarga jiddiy e’tibor 
qaratishgan. Ta’kidlash kerakki, darslikdagi atamalarning ham aksariyati o‘zbekcha (
so‘zlov 
a’zolari,
so‘z tuzumi.
..). Ushbu darslikda unli tovushlarni o‘qitishga alohida e’tibor berilib, nutq 
tovushlari 
unli
va 
unsiz 
(joriy darsliklarda buning o‘rniga 
undosh
atamasi qo‘llangan. 1940-yillar 
darsliklarining ayrimlarida 
shovqinlilar
)ga ajratilgan. Har bir nutq tovushiga (bugungi fonetik 
talqinlarga unchalik o‘xshamagan) alohida tavsif berilgan. Unlilarning talaffuzi va imlosi batafsil 
yoritib berilgan. Shuningdek, bo‘g‘in mavzusiga doir nazariy ma’lumotlar ham bugungi 
talqinlarga o‘xshamaydi. Masalan, “
So‘zning ayrim havo zarbiga to‘g‘ri keladigan bo‘lagi 
bo‘g‘in deyiladi[1]
.
Jadidlar davri darsliklari bilan hozirda amaldagi darslik ma’lumotlar orasida uyg‘un 
o‘rinlar ham uchraydi. Masalan, urg‘u haqidagi nazariy ma’lumot joriy darsliklardagiga aynan 
o‘xshashdir. Unda nazariy ma’lumotlarni mustahkamlovchi mashqlarning mavjud emasligini 
ham ta’kidlash joizdir.
 
Quyida 1930-1940-yillarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun chop etilgan “Ona tili” 
darsliklari mundarijasining diqqatga sazovor o‘rinlariga e’tibor qaratamiz. O‘tgan asrning 30-
yillarida amalda bo‘lgan (lotin alifbosidagi) “O‘zbek tili” darsliklarining unli tovushlarni o‘qitish 
bo‘limiga doir “
Unsiz tovushlar”, “Lab ohangi”, “Ohangdoshlik”, “Yo‘g‘on va ingichkalik”, 
“Bosim” 
kabi bir qator atamalar XX asr boshlarida A.Fitrat, Q.Ramazon va X.Qayyumiylar 
tomonidan yaratilgan darslik hamda qo‘llanmalarda ham uchraydi.
Professor A.Fitrat dastlab o‘zbek tilini turk tilining keng bir tarmog‘i hisoblab, boshqa 
turkiy tillardagi kabi o‘zbek tilida ham mavjud bo‘lgan so‘zlar ohangi masalasiga to‘xtaladi va 
bu borada 
“yo‘g‘on”
hamda 
“ingichka”
atamalarini qo‘llaydi. A.Fitrat 
yo‘g‘on
va 
ingichka
likni 
so‘zlarga nisbatan qo‘llagan bo‘lsa, Q.Ramazon hamda X.Qayyumiylar
[1] mazkur atamani nutq 
tovushlariga nisbatan ham ishlatadi. 
Unli tovushlarni o‘qitish bo‘limida “Lab ohangi” atamasini ham qo‘llaydilar va 
quyidagicha ta’rif beradilar: “ Baş bog`unda kelgan lab unlilarining ikkinchi bog`unda ham lab 
unlilarini istaşi lab ahani deb ataladi”.[1] 
Fitrat o‘zbek tili tovushlar tizimi haqida to‘xtalganda ularning tasnifiga doir quyidagi ikki 
atamani ishlatadi: 
Unsiz
: b, p, t, ch, j,...(23ta). Unli: o, a, u; o‘-o‘, e, i-y (9 ta. Kirill alifbosiga 



Yüklə 97,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin