Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 97,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix07.01.2024
ölçüsü97,75 Kb.
#202985
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ona-tili-ta-limida-unli-tovushlarni-o-qitishning-mavjud-holati-tahlili

 [h] 
va [
x] 
undoshlarini imloda ham talaffuzda farqlash uchun berilgan o‘quv 
materiali boshqalariga nisbatan o‘quvchiga ancha foydali. [4] 
O‘zbek tilida 
[o‘] 
unlisi so‘zning turli o‘rinlarida bir-biridan farqli talaffuz etilishi 
ma’lum, biroq uni o‘quvchilarga farqlab berish masalasi muammoligicha qolmoqda. 
[o‘] 
unlisi 
talaffuzi bilan bog‘liq nozik jihatlarga aksariyat ona tili darsliklarida e’tibor qaratilmasligi 
o‘quvchilarimizning adabiy nutq me’yorlarini to‘la o‘zlashtirishlariga soya tashlab turadi. Oliy 
ta’limning sohaga tegishli amaldagi darsliklarida mazkur masalaga qisman e’tibor qaratilgan 
nazariy ma’lumotlar uchraydi, ammo u amaliy jihatdan ishlanmagan.[5] Ta’kidlash kerakki, 
bugun keng amaliyotda bo‘lgan 5-sinf “Ona tili” darsligidagina
[o‘]
unlisi talaffuzda farq qilishi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar misollari bilan keltirilgan. [6] Bu, albatta, ijobiy hodisa, biroq “bir 
holatda torroq, boshqasida kengroq aytiladi”, degan izoh o‘quvchiga amaliy jihatdan yordam 
berishi qiyin. Keltirilgan misollarni o‘qituvchi ko‘magisiz to‘g‘ri talaffuz qilib bo‘lmaydi.
Masalan, torroq aytilishiga 
ko‘l, 
kengroq aytilishiga 
bo‘ri 
so‘zlari misol tariqasida 
keltirilgan bo‘lsa-da, bu hamisha ham kutilgan natijani beravermaydi. Shuni inobatga olib, 
[o‘]
unlisi talaffuzi bilan bog‘liq mashqlarga keng o‘rin berish zarur.
Bobning ikkinchi fasli 
“Unli tovushlar tizimini o‘qitishga doir o‘quv materiallari 
mazmuni va ularning takomillashish jarayoni”
,
 
deb nomlangan. Unda muammoning yechimini 
topish uchun “Ona tili” darsliklari tarixi hamda ularning mazmun-mundarijasini o‘rganib 
chiqishni zarur, deb hisobladik. “Ona tili” darsliklarida mavjud nazariy ma’lumotlar, ularni 
mustahkamlovchi mashq va topshiriqlar qachondan boshlab va nima uchun maktab darsliklariga 
kiritilganligining sabablarini o‘rganish bu boradagi tasavvurni tiniqlashtiradi. 
“XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida vatanimizda ona tili ta’limining 
jadidchilik harakati bilan bog‘liq yangi turdagi o‘zbek maktablari uchun darslik va qo‘llanmalar 
yaratish davri boshlandi”.[8] 
Ko‘rinib turibdiki, bugungi “Ona tili” darsliklariga tamal toshni jadidlar qo‘ygan. 
O‘tgan asrning 30-yillarida yaratilgan “Ona tili” darsliklari, xususan, ilk “O‘zbek tili 
darslik”larining yaratilishiga xizmat qilgan olim Abdurauf Fitratning “O‘zbek tili qoidalari 
to‘g‘risida bir tajriba” “Sarf” kitobida unli tovushlarni o‘qitishga oid ma’lumotlar ham berilgan. 
Mazkur qismda Fitrat nutq tovushlarini tavsiflab, ularni 
unli 
va 
unsiz 
tovushlar deb ikki guruhga 
ajratadi. Olim unlilarni 9 ta, unsizlar sonini esa 23 ta deb keltiradi. Shundan so‘ng tovush 



Yüklə 97,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin