Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi



Yüklə 55,89 Kb.
səhifə2/21
tarix07.01.2024
ölçüsü55,89 Kb.
#211273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
1208535.pptx

YANGI OʻZBEKISTON ORZUSI

Yangi Oʻzbekiston – bu “Xalq manfaati hamma narsadan ulugʻ” degan ezgu gʻoya amaliy ishlar bilan oʻz tasdigʻini topayotgan zamondir. Yangi-yangi uy-joylar, zamonaviy korxonalar, taʼlim, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari, obod qishloq va shaharlar yurtimiz chiroyiga chiroy qoʻshayotgan tarixiy bir davrdir.

Yangi Oʻzbekiston – “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan hal qiluvchi tamoyil amalda oʻz tasdigʻini topayotgan mamlakat.

Donishmand xalqimizning oʻzi bu kabi urinishlarga qatʼiy javob bermoqda. Yangi Oʻzbekiston bunday kimsalar oʻylagan yoʻldan bormaydi, islohotlar jarayoni ortga qaytmaydi.

“Uchinchi Renessans poydevorini yaratish” gʻoyasi ham tasodifan va quruq yerda paydo boʻlmagan, albatta. Yurtimizning nihoyatda boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iqtisodiy va insoniy salohiyatga egaligi bu boradagi hayotbaxsh rejalarga asos berayotgani shubhasiz.


YANGI OʻZBEKISTON FENOMENI
Dono xalqimiz “Til bilgan - el biladi”, deydi. O‘z tilini hurmat qilgan maʼrifatli xalq boshqalarning tiliga ham chuqur hurmat bilan qaraydi. Bu borada buyuk bobolarimiz ibrat va namuna koʻrsatganlar.
Avvalambor, Yangi Oʻzbekiston strategiyasining mustahkam tayanchi va suyanchi boʻladigan tarixiy-maʼnaviy omil, yaʼni bizning eng katta boyligimiz – xalqimizning ulkan madaniy merosi, intellektual salohiyati mavjudligidir.
Jahon hamjamiyati tomonidan keng eʼtirof etilayotgan ushbu ilmiy-maʼnaviy meros dunyo madaniyati va maʼnaviyati taraqqiyotiga bebaho hissa qoʻshilgani maʼlum.
Aynan ana shu omil Yangi Oʻzbekiston poydevorini yaratishda, ilm-fan, maʼnaviy va madaniy faoliyat, taʼlim-tarbiya sohalarini keng rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish uchun asos boʻlmoqda.
YANGI OʻZBEKISTON: YANGILANISH VA TARAQQIYOT OMILLARI

Biz oʻn yillar, asrlar davomida amal qilib kelingan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “Inson – jamiyat –davlat” tamoyiliga oʻzgartirdik. Yurtimizda “Davlat – inson uchun” gʻoyasi amal qila boshladi. Qonun va adolat ustuvorligini taʼminlash – Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning eng muhim shartidir. Jamiyatimizda demokratiya tamoyillari, qonun ustuvorligini taʼminlash sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Sud-huquq tizimini demokratlashtirish va liberallashtirish ishlari hayotga izchil tatbiq etilmoqda, sud hokimiyatining fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi rolini oshirmoqdamiz. Konstitutsiya va qonun normalari soʻzsiz ishlashi uchun ishonchli huquqiy kafolat yaratilmoqda. Inson huquqlari sohasida ham holat tubdan oʻzgardi. Majburiy mehnat va bolalar mehnati toʻliq bartaraf etildi. Inson huquqlari boʻyicha milliy strategiyani qabul qildik. Oʻzbekiston BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashiga aʼzo etib saylangani olib borayotgan siyosatimizning yuksak xalqaro eʼtirofidir.


Yüklə 55,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin