Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi


Biz taqdim etayotgan iqtisodiy strategiyada tadbirkorlik uchun zarur shart-sharoitlar yaratish birlamchi vazifa deb belgilanadi



Yüklə 55,89 Kb.
səhifə8/21
tarix07.01.2024
ölçüsü55,89 Kb.
#211273
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
1208535.pptx

Biz taqdim etayotgan iqtisodiy strategiyada tadbirkorlik uchun zarur shart-sharoitlar yaratish birlamchi vazifa deb belgilanadi.
Iqtisodiy strategiyamizning muhim bandi 2030-yilga qadar munosib haq toʻlanadigan 10 millionta yangi ish oʻrinlarini yaratish, kambagʻallikni bartaraf etish, ishsizlik darajasini 2030-yilda 5,2 foizga, inflyatsiyani esa 15,2 foizdan 4,3 foizga pasaytirishga erishamiz.
Hozirgi kunda Oʻzbekistonning davlat tashqi qarzi Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi mezonlariga koʻra xavfsiz hisoblanadi. Ayni vaqtda tashqi qarz hisobidan hududlarda amalga oshiriladigan loyihalar bundan buyon mahalliy kengashlar va jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi. Ularning natijalari toʻgʻrisida jamoatchilikka hisobot berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Kambagʻallikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini koʻpaytirishda eng tez natija beradigan omil bu – qishloq xoʻjaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish.
Avvalo, fermer va dehqonlarning yerdan manfaatdorligini oshirish kerak. Manfaatdorlik va adolat boʻlgan joyda, albatta, oʻzgarish va oʻsish boʻladi. Bu borada yerdan foydalanish huquqlarini kafolatlash va yerlarni bozor aktivlariga aylantirish masalasini koʻrib chiqish vaqti keldi.
QISHLOQ XOʻJALIGINI JADAL RIVOJLANTIRISH
Bugungi kunda Oʻzbekiston oldida turgan, hal qiluvchi ahamiyatga ega masalalardan yana biri – suv resurslari taqchilligi, atrof-muhit va atmosferaning ifloslanishi, tuproq qatlamining yemirilishi va choʻllanish muammolari bilan bogʻliq.
Suv muammosini hal qilishning mintaqa mamlakatlari va xalqlari manfaatlarini teng hisobga olishdan boshqa oqilona yoʻli yoʻq. Oʻzbekiston BMTning preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish toʻgʻrisidagi konvensiyalar loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi.
Bugungi kunning eng oʻtkir ekologik muammolaridan biri – Orol halokati, Orol fojiasi boʻyicha masalada ortiqcha izohga hojat yoʻq. Dengizning qurishi bilan bogʻliq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi saʼy-harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda.

Yüklə 55,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin