BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr koʻrgan aholiga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha shu yil qabul qilingan maxsus dastur toʻliq amalga oshirilishi boʻyicha chora- tadbirlar ishlab chiqish lozim
SUV RESURSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH HUDUDLARNING IQTISODIY TARAQQIYOTI Barcha aholi punktlaridan, shahar va qishloqlarimizdan poytaxtimizga, eng yirik shaharlar va turistik markazlarga tezda kelib-ketish imkoniyatini beradigan, oʻzaro bogʻlangan transport tarmogʻi yaratiladi.
Shu bilan birga, mazkur sohada quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududlarini kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar shtabi faoliyatini yanada takomillashtirish;
Sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish maqsadida “tuman (shahar) — viloyat — respublika” tamoyiliasosida ularga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish hamda faoliyatini nazorat qilish boʻyicha hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va soliq idoralarida joriy etilgan vertikal boshqaruv tizimini takomillashtirish;
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini oʻrganish natijalari boʻyicha respublika darajasida yechiladigan muammolarni hal etishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish; har bir hududda aniqlangan muammolarni hal etish boʻyicha hududiy va respublika “yoʻl xaritalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish, ularda nazarda tutilgan tadbirlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha choralar belgilash;
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha manzilli topshiriqlar belgilash hamda ularning ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish.
Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda quyidagilar turizmni rivojlantirish boʻyicha strategik vazifalar sifatida belgilandi:
Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirish, turizm sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish;
Turizm sohasida viza, litsenziya berish va ruxsat olish tartib-taomillarini soddalashtirish;
Xorijiy investitsiyalar, jahon brendlarini faol jalb qilish, turizm sohasida biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Yangi turizm yoʻnalishlarini yaratish, turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini oshirish.
Turizmni iqtisodiyotning strategik tarmogʻiga aylantirish biz uchun ustuvor vazifa boʻlib qoladi. Hukumat oldidagi eng muhim vazifalardan biri — yaqin yillarda yurtimizga keladigan turistlar sonini 10 millionga yetkazishdan iborat.