Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi


MAʼNAVIY YANGILANISH: IMKONIYAT VA ISTIQBOLLAR



Yüklə 55,89 Kb.
səhifə14/21
tarix07.01.2024
ölçüsü55,89 Kb.
#211273
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
1208535.pptx

MAʼNAVIY YANGILANISH: IMKONIYAT VA ISTIQBOLLAR
Biz uchun maʼnaviyat – insonlar oʻrtasidagi oʻzaro ishonch, hurmat va eʼtibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish yoʻlidagi ezgu intilishlar, ibratli fazilatlar majmuasidir.
Boshqacha aytganda, maʼnaviyat — jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir.
Bu poydevor qancha mustahkam boʻlsa, xalq ham, davlat ham shuncha kuchli boʻladi.
Uzluksiz taʼlim tizimida maʼnaviy tarbiya asoslarini kuchaytirish lozim va bunda oʻsib kelayotgan avlodning yosh xususiyatlari va intilishlarini hisobga olish zarur. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda ana shu qoidaga amal qilinmayapti.
Targʻibotning ilmiy asoslangan zamonaviy texnologiyalari va yangi shakllarini, tahdidlarga qarshi samarali kurash usullarini ishlab chiqadigan vaqt keldi, deb hisoblayman. Takror aytaman: ilmga asoslanmagan sohaning kelajagi boʻlmaydi.
YANGI MAʼNAVIY MAKONNI YARATISH BORASIDAGI VAZIFALAR
Yangi maʼnaviy makon nima? Mening nazarimda, u — biz orzu qilayotgan Yangi Oʻzbekistonning maʼnaviy qiyofasi yaqqol aks etadigan, xalqimiz intilayotgan va el-yurtimiz baxtiyor yashaydigan maʼrifatli jamiyatdir.
Shu sababli biz mamlakatimizda maʼnaviy tarbiya tizimining yangi strategiyasini yaratib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga koʻtarishimiz kerak.
Bugungi kunda dunyoning juda koʻp mintaqalarida insoniy qadriyatlar yemirilmoqda. Ayniqsa, pandemiya sharoitida ayrim oʻlkalarda betoqatlik, tajovuzkorlik kayfiyatlari kuchayib bormoqda. Mana shunday keskin vaziyatda, ulugʻ mutafakkirlar aytganidek, dunyoni ezgulik, mehr-shafqat, insoniylik qutqaradi.
Mamlakatimiz aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, shu yoʻnalishdagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligini yanada oshirishimiz zarurligi davr talabiga aylanib bormoqda.

Yüklə 55,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin