2
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Ustav Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (bundan
keyin matnda – Markaz deb yuritiladi) ning tashkiliy huquqiy shakli, maqsad va
vazifalari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari,
huquqlari va majburiyatlari,
faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini belgilaydi.
1.2. Markaz
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani
rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-son
qaroriga
asosan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining Respublika Ma’naviyat
targ‘ibot markazi xamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazini
birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida tashkil etilgan.
1.3. Markaz Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi hamda Milliy g‘oya
va mafkura ilmiy-amaliy markazining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha
huquqiy vorisi hisoblanadi.
1.4. Markaz
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2019-yil
3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son
qaroriga asosan
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining ishchi organi bo‘lgan nodavlat
notijorat tashkilot hisoblanadi.
1.5. Markazning tashkiliy-huquqiy shakli – muassasadir.
1.6. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda
O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi
qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qaror va
farmoyishlariga hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari,
farmoyishlari va ushbu Ustavga muvofiq amalga oshiradi.
1.7. Markaz o‘z faoliyatini qonuniylik, oshkoralik va o‘zini-o‘zi boshqarish
tamoyillari asosida o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga
oshiradi.
3
1.8. Markaz o‘z nomidan mulkiy va nomulkiy
huquqlariga egalik qilish,
sudda da’vogar va javobgar bo‘lish huquqiga,
mustaqil balansiga, bank
muassasalarida milliy hamda xorijiy valyutada hisob raqamlariga, o‘z nomi
ko‘rsatilgan dumaloq muhr, shtamp va blankaga ega bo‘ladi.
Markaz belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bayroq, vimpel,
emblema va boshqa ramzlarga ega bo‘lishi mumkin.
1.9.
Markaz Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani,
Yusuf Xos Hojib
ko‘chasi, 76-uyda joylashgan.
1.9.1. Markazning to‘liq nomi:
davlat tilida – “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi”
rus tilida – “Республиканский Центр духовности и просвещения”
ingliz tilida – “Republican Center of Spiritualiti and Enlightenmen”
Markazning qisqartirilgan nomlanishi:
davlat tilida – RMMM
rus tilida – РЦДП
ingliz tilida – RCSE