Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining ustavi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix24.05.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#59232
  1   2   3   4   5   6   7   8
Устав марказ сайтга (1)




 
 
 
 
 
RESPUBLIKA MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT MARKAZINING 
USTAVI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2021-yil 
O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan 
2021 yil 1 dekabrda 
416p-son bilan 
“QAYTA RO‘YXATDAN 
O‘TKAZILGAN” 
 
 
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat 
Kengashining 2021-yil 5-noyabrdagi 
199-son bayoni bilan
 
“TASDIQLANGAN”
 
 
 
 
 
 
 
 



 
I. UMUMIY QOIDALAR 
1.1. Mazkur Ustav Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (bundan 
keyin matnda – Markaz deb yuritiladi) ning tashkiliy huquqiy shakli, maqsad va 
vazifalari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, huquqlari va majburiyatlari
faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini belgilaydi. 
1.2. Markaz 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2017-yil
28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani 
rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-son qaroriga 
asosan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining Respublika Ma’naviyat 
targ‘ibot markazi xamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazini 
birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida tashkil etilgan. 
1.3. Markaz Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi hamda Milliy g‘oya 
va mafkura ilmiy-amaliy markazining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha 
huquqiy vorisi hisoblanadi. 
1.4. Markaz 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2019-yil
3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son qaroriga asosan 
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining ishchi organi bo‘lgan nodavlat 
notijorat tashkilot hisoblanadi. 
1.5. Markazning tashkiliy-huquqiy shakli – muassasadir. 
1.6. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda 
O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi 
qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qaror va 
farmoyishlariga hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
farmoyishlari va ushbu Ustavga muvofiq amalga oshiradi. 
1.7. Markaz o‘z faoliyatini qonuniylik, oshkoralik va o‘zini-o‘zi boshqarish 
tamoyillari asosida o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga 
oshiradi. 



1.8. Markaz o‘z nomidan mulkiy va nomulkiy huquqlariga egalik qilish
sudda da’vogar va javobgar bo‘lish huquqiga, mustaqil balansiga, bank 
muassasalarida milliy hamda xorijiy valyutada hisob raqamlariga, o‘z nomi 
ko‘rsatilgan dumaloq muhr, shtamp va blankaga ega bo‘ladi. 
Markaz belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bayroq, vimpel, 
emblema va boshqa ramzlarga ega bo‘lishi mumkin. 
1.9. Markaz Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib 
ko‘chasi, 76-uyda joylashgan. 
1.9.1. Markazning to‘liq nomi: 
davlat tilida – “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi” 
rus tilida – “Республиканский Центр духовности и просвещения” 
ingliz tilida – “Republican Center of Spiritualiti and Enlightenmen” 
Markazning qisqartirilgan nomlanishi: 
davlat tilida – RMMM 
rus tilida – РЦДП 
ingliz tilida – RCSE 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin