Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining ustavi


IV. MARKAZNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix24.05.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#59232
1   2   3   4   5   6   7   8
Устав марказ сайтга (1)

 
IV. MARKAZNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 
 
4.1. Markazning huquqlari quyidagilardan iborat: 
milliy g‘oya va mafkura nazariyasi va amaliyoti texnologiyalari bo‘yicha 
tadqiqotlarni olib borish, targ‘ibot ishlarini metodik ta’minlash, ilmiy ekspertiza 
o‘tkazish, multimedia mahsulotlarini yaratish; 
olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilar va xalq ichida notiqlik mahoratiga 
ega fuqarolardan tashkil topadigan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati faoliyatini 
doimiy yo‘lga qo‘yish, joylarda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini tashkil etish 
va muvofiqlashtirish, jamoat, madaniyat va san’at tashkilotlari, ta’lim-tarbiya 
muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish, axborot-tahlil ishlarini amalga oshirish; 
respublikadagi mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar barcha korxona 
tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar ahvolini o‘rganish, ma’naviy muhitni 
tahlil etish, muhokama qilish va shu asosda ularga tegishli tavsiyalar berish; 
davlat organlari va tashkilotlar, muassasalarga ma’naviy-ma’rifiy ishlar 
samarali tashkil qilinmaganligi, shuningdek, davlat siyosati, davlat ramzlari, 
milliy qadriyatlarga hurmatsizlik, ma’naviy-ahloqiy mezonlarga zid holatlar, 
ezgu insoniy fazilatlarga tahdid soluvchi, axloqsizlik, behayolikni targ‘ib etuvchi 
holatlar bartaraf etish yuzasidan taqdimnomalar kiritish; 



markaz balansidagi ehtiyoj mavjud bo‘lmagan mulkni beg‘araz foydalanish 
huquqi bilan markazning xududiy bo‘lim va bo‘linmalariga belgilangan tartibda 
o‘tkazish; 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va xalqaro huquq normalariga 
muvofiq mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalari bilan ma’naviy 
ma’rifiy masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish; 
festivallar, tanlovlar va boshqa tadbirlar g‘oliblari, qatnashchilari va faxriy 
mehmonlarini esdalik sovg‘alari bilan mukofotlash; 
markaz tizimidagi iqtidorli, alohida fidokorlik va mehnatsevarlik 
fazilatlarini namoyon qilgan ma’naviy ma’rifiy soha xodimlari nomzodlarini 
mukofotlashga belgilangan tartibda taqdim etish; 
Markaz balansidagi binolarni shartnomaga asosan bevosita vaqtinchalik 
ijaraga berish; 
“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan ma’naviyat va ma’rifat 
bo‘yicha mas’ul xodimlar va targ‘ibotchilar malakasini oshirish samaradorligini 
nazorat qilish; 
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishlarini tashkil etish va 
kengash qarorlarini ijro etish bilan bog‘liq amaliy-tashkiliy ishlarni amalga 
oshirish; 
ommaviy axborot vositalarida, jahon axborot tarmog‘ida o‘z faoliyatiga doir 
ma’lumotlarni yoritib borish; 
vazirliklar va idoralar, tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar, ma’naviyat va ma’rifat kengashlaridan 
islohatlar natijalari, ma’naviy-ma’rifiy masalalarga doir ma’lumotlarni so‘rab 
olish; 
xalqimizning boy ma’naviy, madaniy merosi, milliy qadriyatlarini 
respublikamiz va xorijda keng targ‘ib qilish maqsadida xorijiy mamlakatlarga 
safarlar uyushtirish, media mahsulotlar ishlab chiqarish; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, Toshkent shahar, 
viloyatlar, tuman (shahar) hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish 


10 
va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, davlat va xo‘jalik 
boshqaruvi organlari rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini 
oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash 
masalalari bo‘yicha maslahatchilari, oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar 
masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari, o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar 
bo‘yicha o‘rinbosarlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy 
ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlar lavozimlariga nomzodlarni tayinlash 
bo‘yicha tavsiyalar berish; 
ustav doirasidagi maqsad va vazifalarni bajarish yuzasidan shartnomalar 
imzolash, ijtimoiy-ma’naviy buyurtmalar berish, shartnoma asosida olimlar, 
ziyolilar, mutaxassislar, ko‘pni ko‘rgan, hayotiy tajribaga ega faol fuqarolarni 
kitob va risolalar targ‘ibot materiallari, ilmiy-publitsistik maqollalar, ssenariylar 
tayyorlash ishlariga jalb qilish, ish hajmini kelishish va ularga bajarilgan ishlar 
uchun kelishilgan narxlarda haq to‘lash, ularni targ‘ibot materiallari bilan 
ta’minlash; 
Ma’naviy va ma’rifiy adabiyotlar, uslubiy qo‘llanmalar, kitoblar, plakatlar 
va boshqa yozma nashrlar multimediya mahsulotlar, ko‘rsatuv va eshittirishlar, 
badiiy va xujjatli filmlar, roliklar tayyorlash; 
turli korxonalarga o‘z ulushi bilan ta’sischi bo‘lib kirish, turli xizmatlar 
ko‘rsatish bo‘yicha sho‘‘ba korxonalarini ochish; 
ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini 
tashkil etish, 
jumladan: 
buyurtmalar bo‘yicha shartnomaga asosan yozma va audio kitob 
mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini tashkil qilish;
ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi video mahsulotlar savdosini tashkil etish; 
kinostudiyalar, elektron nashrlar, portal va saytlar tashkil qilish; 
shartnomaga asosan adabiy-badiiy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-nazariy, ilmiy-
ommabop va ko‘rgazmali adabiyotlarni chop etish va tarqatish; 


11 
ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda shartnomaga asosan o‘quv kurslari tashkil 
qilish; 
Markaz o‘z vazifalarini amalga oshirish maqsadida qonun hujjatlariga zid 
bo‘lmagan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin; 
Markazning pullik xizmatlardan tushgan pul mablag‘lari markazning 
moddiy texnik ba’zasini rivojlantirishga hamda xodimlarni ijtimoiy qo‘llab 
quvvatlashga sarflash; 
belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash maqsadida davlat, nodavlat va 
jamoat 
tashkilotlarining 
mablag‘lari, jumladan, xalqaro va xorijiy 
tashkilotlarning grantlarini jalb etish; 
sohani rivojlantirish maqsadida qonunlarda belgilangan tartibda o‘z 
gazetasiga, ilmiy-metodik jurnalariga, jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-
sayt va veb-sahifalariga, elektron nashrlarga ega bo‘lish, ommaviy axborot 
vositalariga ta’sischilik qilish; 
aholining mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga munosabatini 
o‘rganish, hududlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish 
maqsadida soha mutaxassislarini jalb etgan holda sotsiologik tadqiqotlar 
o‘tkazish, turli masalalar, muammolarga bag‘ishlangan mahalliy va halqaro 
ilmiy-amaliy konferensiya va anjumanlar tashkil etish, mustaqil ilmiy 
izlanuvchilarning sohaga oid ilmiy tadqiqotlar olib borishlari uchun sharoit 
yaratish, ijtimoiy gumanitar fanlar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlar 
tuzish, dissertatsiyalarni ilmiy ekspertizadan o‘tkazish, ilmiy xulosa va tavsiyalar 
berish; 
Markaz tasarrufidagi bo‘lim va bo‘linmalar hamda tashkilot, muassasalar 
faoliyatini muvofiqlashtirish. 
Markaz o‘z vazifalarini amalga oshirish maqsadida amaldagi qonunchilikka 
zid bo‘lmagan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Markazda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masalarni amalga oshirish uchun 
Markaz rahbarining buyrug‘i bilan 7 nafardan iborat tarkibda Maslahat kengashi 


12 
tashkil qilinishi mumkin, Maslahat kengashi faoliyati tegishli nizomga asosan 
amalga oshiriladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin