4.2. Markazning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya
qilish;
o‘z mol-mulki va pul mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar
ochiqligini ta’minlash;
o‘z faoliyati yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda Respublika
Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
hisobotlar taqdim etish;
mintaqaviy hududiy va mahalliy bo‘limlar faoliyatini har tomonlama
rivojlantirish yuzasidan istiqbolli reja va dasturlar, ularning muammolarini
yechish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqishga ko‘maklashish;
turli jamoat tashkilotlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashabbuslari,
ish tajribalarini o‘rganish, ommalashtirish yuzasidan tavsiyalar berish;
Markaz tizimlari va sohada xizmat ko‘rsatayotgan mas’ul xodimlarning
malakasini oshirishni tashkil etish;
Markaz qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega.
V. MARKAZ TARKIBI, RAHBAR ORGANLARI VA ULARNING
VAKOLATLARI
5.1. Markazning rahbar organi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi
hisoblanadi, Kengash quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
Markaz va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va
tumanlar
(shaharlar)
Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari faoliyatini
muvofiqlashtirish;
13
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi hamda uning
o‘rinbosarlarini, Kengash mas’ul kotibini saylash;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Markaz va uning bo‘lim va
bo‘linmalarini qayta tashkil etish va tugatish;
Markaz Ustavini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar,
Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) Ma’naviyat va ma’rifat kengashlar
nizomlarini tasdiqlash, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Markaz va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va
tumanlar (shaharlar) Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari faoliyatini nazorat
qilish;
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi mas’ul kotibi hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar Ma’naviyat va
ma’rifat kengashlari raislarining hisoblarini tinglash;
Ma’naviy-ma’rifiy masalalarga oid chora-tadbirlar dasturlari, yo‘l xaritalari
va faoliyatiga oid boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi faoliyatiga oid hujjatlar
Kengash raisi hamda uning o‘rinbosarlari tomonidan, shuningdek, Kengash
mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi.
5.2. Markazning tasarrufiga quyidagilar kiradi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy
bo‘limlari (keyingi o‘rinda hududiy bo‘limlar deb ataladi);
Tuman va (shahar) bo‘linmalari (keyingi o‘rinda hududiy bo‘linmalar deb
ataladi);
Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti;
“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati;
“Ma’naviyat” nashriyoti
“Tafakkur” jurnali;
“Ma’naviy hayot” jurnali”
Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi.
14
Markaz tasarrufidagi bo‘lim, bo‘linmalar hamda tashkilot, muassasalar
tegishli Ustavlar asosida faoliyat yuritadi, ularning faoliyati Markaz tomonidan
muvofiqlashtirib boriladi.
5.5. Markaz rahbarining vakolatlari:
Markazga umumiy rahbarlik qilish;
Qonun hujjatlariga asosan Markaz tasarrufidagi bo‘lim, bo‘linmalar hamda
tashkilot, muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Markaz nomidan ishonchnomasiz ish ko‘rish, barcha yuridik va jismoniy
shaxslar, shuningdek, xorijiy tashkilotlar oldida Markaz manfaatlarini ifoda
etish;
Markaz xodimlarini, Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahar hududiy bo‘limlari rahbarlarini, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar
jamiyati, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, “Tafakkur”, “Ma’naviy hayot”
jurnallari, “Ma’naviyat” nashriyoti
rahbarlarini
o‘rnatilgan tartibda lavozimiga
tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, shuningdek ularga rag‘batlantirish hamda
intizomiy javobgarlikka tortish vakolatiga ega hisoblanadi;
Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
hududiy bo‘limlari hamda tasarrufidagi tashkilot, muassasalar ustavlarini
tasdiqlaydi;
o‘zining o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish,
shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi
masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Kengash raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vaziriga takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini
oshirish;
Rahbar o‘rinbosarlari, Markaz xodimlari, xududiy bo‘lim boshliqlarining
vazifalari va lavozim majburiyatlari hamda ularning shaxsiy javobgarligini
belgilash;
Markaz xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish;
Markaz xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishi ustidan
nazoratni tashkil etish;
15
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil
etish, aholi muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini
muntazam ravishda qabul qilish;
Markaz
xodimlarini
O‘zbekiston Respublikasi xududidagi tarixiy
shaharlarga ziyorat qilishni amalga oshirish;
Maslahat kengashi tomonidan tasdiqlangan nizomga asosan umummilliy va
kasb bayramlari hamda boshqa tadbirlar munosabi bilan xodimlarni mukofotlash
hamda rag‘batlantirish, shuningdek, ularga qo‘shimcha ustama haqlari belgilash;
Markaz shtat jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
mulkiy operativ huquqlarni amalga oshirish, shartnomalar tuzish, jumladan,
mehnat shartnomalarini tuzish, ishonchnomalar berish, banklarda hisob
raqamlari ochish, bank, moliya va boshqa hujjatlarga birinchi imzo huquqidan
foydalanish;
Markaz xodimlari, xududiy bo‘lim, bo‘linmalar hamda tasarrufdagi
tashkilot, muassasalar uchun majburiy bo‘lgan bo‘lgan buyruq va boshqa
me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Markaz bo‘limlari hamda tasarrufidagi korxona, tashkilot, muassasalar
moliyaviy ishlarni nazorat qilish;
qonun hujjatlariga asosida Markaz maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan
holda yuridik shaxslar sifatida tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil qilish;
Markazning
moliyaviy-xo‘jalik
masalalari
bilan
shug‘ullanish,
homiylarning moddiy yordami hamda xo‘jalik hisobidan qo‘shimcha mablag‘lar
topishni yo‘lga qo‘yish;
Markazning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy
jihozlar bilan ta’minlash;
“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatini Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
kengashi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayoniga jalb
etish, nashriyot va tashkilotlar tayyorlagan risola va qo‘llanmalar, shuningdek,
16
yangi zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash,
rag‘batlantirish masalalarini hal etish;
xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish,
delegatsiyalarni jo‘natish va qabul qilish yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Markaz ishida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlar va jamoatchi
targ‘ibotchilarni O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya
etish hamda ularni o‘z faxriy yorliqlari va pul mukofotlari bilan taqdirlash;
xo‘jalik hisobidan ishlab topilgan va homiylar ko‘magida shakllantirilgan
moliyaviy
mablag‘lardan
Markazning
moddiy-texnikaviy
bazasini
mustahkamlashda hamda xodimlarni rag‘batlantirishda foydalanish;
respublikada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish hamda yuksak
ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va
samarali natijalarga erishgan fuqarolar “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni
bilan mukofotlashi;
xo‘jalik hisobidagi mablag‘lar hisobiga chiqarilgan nashriy mahsulotlar
savdosini tashkil qilish;
Markaz o‘z balansidagi binoni, transport vositasini qonunlarda ko‘zda
tutilgan tartibda ijaraga berish, sotish;
Markazni rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish;
o‘z vazifalarini amalga oshirish maqsadida amaldagi qonunlarga zid
bo‘lmagan boshqa faoliyat turlarini olib borishi mumkin;
Markaz rahbari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega
bo‘lishi mumkin;
Markaz rahbari Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi bilan
kelishilgan holda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi o‘rinbosari,
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va
lavozimidan ozod qilinadi;
Markaz rahbari bo‘lmaganda uning vazifasini Markaz rahbarining birinchi
o‘rinbosari bajaradi.
|