II. MARKAZNING MAQSAD VA VAZIFALARI
2.1. Markazning asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan –
milliy yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom
dunyoqarash va bunyodkorlik ruhini umummilliy harakatga aylantirish;
milliy ma’naviyatimizning ma’no-mohiyati, ildizlari, noyob va betakror
namunalari, uning bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari haqida aniq maqsadga
qaratilgan izchil, ta’sirli va zamonaviy usul va vositalardan foydalangan holda
ilmiy tadqiqot va targ‘ibot ishlarini olib borish;
vazirlik va idoralar, xududlarda keng aholi vakillari, ayniqsa, yoshlar
o‘rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, fidoiylik, ularda islohatlarga daxldorlik
fazilatlarini
tarbiyalash,
milliy
qadriyatlar,
urf
odatlar,
muqaddas
an’analarimizning hozirgi hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini har tomonlama
4
ochib berishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishini
muvofiqlashtirish;
aholi ayniqsa, yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan har qanday
ichki va tashqi tahdidlarga qarshi qaratilgan tizimli va zamonaviy tashviqot
ishlarini olib borish va boshqalar.
2.2. Markaz quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan milliy g‘oya targ‘iboti,
ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
sohalar va hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda,
aniq maqsadga yo‘naltirilgan targ‘ibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish
hamda amalga oshirish;
aholi, ayniqsa, yoshlarni uzluksiz ma’naviy tarbiyalash dinlararo
bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini yanada
mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar,
qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini
aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga
oshirish;
keng jamoatchilik, olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilardan iborat
“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati faoliyatini muvofiqlashtirish;
dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy
jarayonlarning mazmun-mohiyatini chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy
ekstremizm, aqidaparastlik, korrupsiya, separatizm, odam savdosi, axborot
xurujlari, “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’sirlari, narkobiznes va boshqa
tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish;
jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar
– el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, oilaviy
5
qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga
qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish;
milliy g‘oyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy
toifa vakillari o‘rtasida keng targ‘ib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy
harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini kuchaytirish;
targ‘ibot-tashviqot ishlarida aholining ma’naviy ehtiyojlari, hududiy, kasbiy
hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va
mazmunli yondashuvni joriy etish;
vazirlik, idoralar ham xududlarda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari
samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini ta’minlashga qaratilgan
sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish;
yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish,
internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish
madaniyatini oshirish, ularda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy
immunitetni kuchaytirish;
mahallalarda yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda davlat va jamoat
tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini
asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibat muhitini
mustahkamlash, shuningdek, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror
toptirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish;
ota-ona, oila va mahalla, tarixiy xotira, milliy g‘urur, komil inson tarbiyasi
bilan bog‘liq tuyg‘u va tushunchalarni yosh avlod qalbi va ongiga ta’sirchan
vositalar orqali singdirish, ajdodlarimizning bu boradagi merosini bugungi
taraqqiyot talablari bilan uzviy holda rivojlantirish;
televideniye, radio, matbuot, internet imkoniyatlaridan to‘la foydalanib, turli
mavzu va ko‘rinishdagi ijtimoiy reklamalar tayyorlash, zamonamiz qahramonlari
– yetakchi, ilg‘or fikrli, barchaga o‘rnak bo‘lgan shaxslarning hayoti va faoliyati
bilan ommani tanishtirish, ularning turli ijobiy tashabbuslarini amalga oshirishga
to‘siq bo‘layotgan illatlarni, ularning turli muammolarini dadil ko‘tarib chiqish;
6
ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarni ilmiy asosda o‘rganishni, uning
diagnostik asoslarini ishlab chiqishni va istiqbollarini belgilashni, targ‘ibot
ishlariga samarali tashkil qilish, soha xodimlarining malakasini oshirishni
amalga oshirish;
mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha
davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va ishchi (ekspert) guruhlarining bu
boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va
ma’naviy tahdidlarning mohiyatini aholining turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganib
borish;
yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir etuvchi, ularni g‘oyaviy jihatdan qaram
etishga yo‘naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda
irodali, fidoyi, vatanparvar va o‘z mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash
bo‘yicha ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturlarni ishlab chiqish;
ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir xorijiy tajribani
o‘rganish, shuningdek, bugungi mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan
atroflicha tahlil qilish va baholash;
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimi,
mahalla va boshqa tuzilmalar kesimida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy
ishlarning monitoringini olib borish, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha
ilmiy asoslangan tarbiya bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
ma’naviy tarbiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha fundamental, amaliy
va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish, ularning natijalari amaliyotga tatbiq
qilinishini muvofiqlashtirish va boshqalar.
2.3. Markaz faoliyati yuzasidan yuklangan vazifalarni “yo‘l xaritalari”,
chora-tadbirlar Dasturlari orqali amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |