Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining ustavi


IX. USTAVGA QO‘SHIMChALAR VA O‘ZGARTISHLAR



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix24.05.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#59232
1   2   3   4   5   6   7   8
Устав марказ сайтга (1)

IX. USTAVGA QO‘SHIMChALAR VA O‘ZGARTISHLAR 
KIRITISH TARTIBI 


20 
9.1. Markaz Ustaviga qonun hujjatlariga asosan o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritilishi mumkin. 
9.2. O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgandan so‘ng Markaz O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligidan belgilangan tartibda qayta ro‘yxatdan 
o‘tkazilishi shart. 
X. MARKAZDA HISOB VA HISOBOT ISHI 
10.1. Markazning hududiy bo‘limlari belgilangan tartibda Markazga har 
chorakda keyingi chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar amalga oshirgan 
ishlar yuzasidan hisobot berib boradi. 
10.2. Markazning tuman (shahar) bo‘linmalari belgilangan shaklda har oyda 
keyingi oyning 5-sanasiga qadar hududiy bo‘limlarga amalga oshirgan ishlar 
yuzasidan hisobot berib boradi. 
10.3. Markaz o‘z faoliyati natijalarini hisobga olib boradi va ularni 
belgilangan tartibda ro‘yxatga oluvchi, soliq va statistika organlariga taqdim 
etadi. 
10.4. Zarur bo‘lgan hollarda Markaz tomonidan Markaz va uning hududiy 
bo‘limlari hamda bo‘linmalarining moliyaviy-ho‘jalik faoliyatini auditor 
tekshiruvidan o‘tkazish uchun tashqi auditor jalb qilinishi mumkin. 
Shuningdek, Markaz tasarrufidagi bo‘lim va bo‘linmalar hamda tashkilot, 
muassasalarning ma’naviy va moliyaviy faoliyatini o‘rganish mumkin. 
XI. MARKAZNI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH 
TARTIBI 
11.1. Markazni qayta tashkil etish Respublika Ma’naviyat va ma’rifat 
kengashi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 
11.2. Markazning tugatilishi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi 
qaroriga yoki sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 


21 
11.3. Markaz tugatilgandan keyin uning mol-mulki Respublika Ma’naviyat 
va ma’rifat kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki 
sudning qarorida ko‘rsatilgan tartibda tasarruf etiladi.
11.4. Markazning kreditorlar talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-
mulk tashkilot qatnashchilari (a’zolari), shuningdek rahbar organlarning a’zolari 
yoki nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari o‘rtasida taqsimlanishi 
mumkin emas. 


22 


23 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin