7
oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy-axloqiy
tarbiyaning
uzviyligini ta’minlashga ko‘maklashish;
targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil
etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish,
ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy
monitoring tizimini joriy qilish;
el-yurt
taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya,
oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi
illatlarga barham berishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
aholining internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini
oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi
mafkuraviy immunitetini
kuchaytirish;
madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari,
noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy
mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;
oila, ta’lim muassasalarida
yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va
mahallalarda uyushmagan yoshlar o‘rtasida maqsadli g‘oyaviy-tarbiyaviy
ishlarni tashkil etish;
“Jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyilidan kelib chiqqan holda terrorizm,
diniy ekstremizm,
aqidaparastlik, radikalizm, separatizm, korrupsiya, odam
savdosi, “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’sirlari,
narkobiznes kabi
yurtimizning tinchligi va osoyishtaligiga rahna soladigan, xalqimizning iymon-
e’tiqodiga zarar yetkazadigan har qanday yot g‘oyalarga nisbatan ayovsiz
kurashchan muhitni yaratish;
globallashuv
jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi
tahdid va xatarlar tobora ko‘paygan tahlikali, murakkab vaziyatda ma’naviy-
ma’rifiy texnologiyalarni takomillashtirish;
mamlakat ahli, ayniqsa, yosh avlodning dunyo va yurtimiz miqyosidagi
siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli
munosabatini shakllantirish, ularda faol
fuqarolik pozitsiyasini, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirish;
8
xalqaro maydonda yuz berayotgan muhim voqea-hodisalar, yon-atrofimizda
kechayotgan jarayonlar mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, odamlarni
ma’nan yetuk, siyosiy jihatdan faol fuqarolarga aylantirishga qaratilgan ma’rifat
tizimini yaratish;
fuqarolik jamiyati, huquqiy davlatni rivojlantirish jarayonida barcha ijtimoiy
guruh va tabaqalar vakillarining huquqiy ongini yuksaltirish
orqali ular qalbida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga hurmat hissini
kuchaytirish, ayni paytda, o‘zining fuqarolik huquqi,
erkinliklari va burchini
chuqur anglagan holda yashashi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga
ko‘maklashish.
Dostları ilə paylaş: