Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining ustavi


 Markazning majburiyatlari quyidagilardan iborat



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix24.05.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#59232
1   2   3   4   5   6   7   8
Устав марказ сайтга (1)

4.2. Markazning majburiyatlari quyidagilardan iborat: 
 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya 
qilish; 
o‘z mol-mulki va pul mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
ochiqligini ta’minlash; 
o‘z faoliyati yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda Respublika 
Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Administratsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 
hisobotlar taqdim etish; 
mintaqaviy hududiy va mahalliy bo‘limlar faoliyatini har tomonlama 
rivojlantirish yuzasidan istiqbolli reja va dasturlar, ularning muammolarini 
yechish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqishga ko‘maklashish; 
turli jamoat tashkilotlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashabbuslari, 
ish tajribalarini o‘rganish, ommalashtirish yuzasidan tavsiyalar berish; 
Markaz tizimlari va sohada xizmat ko‘rsatayotgan mas’ul xodimlarning 
malakasini oshirishni tashkil etish; 
Markaz qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega. 
 
V. MARKAZ TARKIBI, RAHBAR ORGANLARI VA ULARNING 
VAKOLATLARI 
 
5.1. Markazning rahbar organi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi 
hisoblanadi, Kengash quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi: 
Markaz va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va 
tumanlar 
(shaharlar) 
Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari faoliyatini 
muvofiqlashtirish; 


13 
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi hamda uning 
o‘rinbosarlarini, Kengash mas’ul kotibini saylash; 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Markaz va uning bo‘lim va 
bo‘linmalarini qayta tashkil etish va tugatish; 
Markaz Ustavini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, 
Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) Ma’naviyat va ma’rifat kengashlar 
nizomlarini tasdiqlash, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; 
Markaz va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va 
tumanlar (shaharlar) Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari faoliyatini nazorat 
qilish; 
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi mas’ul kotibi hamda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar Ma’naviyat va 
ma’rifat kengashlari raislarining hisoblarini tinglash; 
Ma’naviy-ma’rifiy masalalarga oid chora-tadbirlar dasturlari, yo‘l xaritalari 
va faoliyatiga oid boshqa hujjatlarni tasdiqlash; 
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi faoliyatiga oid hujjatlar 
Kengash raisi hamda uning o‘rinbosarlari tomonidan, shuningdek, Kengash 
mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi. 
5.2. Markazning tasarrufiga quyidagilar kiradi: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy 
bo‘limlari (keyingi o‘rinda hududiy bo‘limlar deb ataladi); 
Tuman va (shahar) bo‘linmalari (keyingi o‘rinda hududiy bo‘linmalar deb 
ataladi); 
Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti; 
“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati; 
“Ma’naviyat” nashriyoti 
“Tafakkur” jurnali; 
“Ma’naviy hayot” jurnali” 
Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi. 


14 
Markaz tasarrufidagi bo‘lim, bo‘linmalar hamda tashkilot, muassasalar 
tegishli Ustavlar asosida faoliyat yuritadi, ularning faoliyati Markaz tomonidan 
muvofiqlashtirib boriladi. 
5.5. Markaz rahbarining vakolatlari: 
Markazga umumiy rahbarlik qilish; 
Qonun hujjatlariga asosan Markaz tasarrufidagi bo‘lim, bo‘linmalar hamda 
tashkilot, muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirib borish; 
Markaz nomidan ishonchnomasiz ish ko‘rish, barcha yuridik va jismoniy 
shaxslar, shuningdek, xorijiy tashkilotlar oldida Markaz manfaatlarini ifoda 
etish; 
Markaz xodimlarini, Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar 
va Toshkent shahar hududiy bo‘limlari rahbarlarini, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar 
jamiyati, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, “Tafakkur”, “Ma’naviy hayot” 
jurnallari, “Ma’naviyat” nashriyoti
rahbarlarini
o‘rnatilgan tartibda lavozimiga 
tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, shuningdek ularga rag‘batlantirish hamda 
intizomiy javobgarlikka tortish vakolatiga ega hisoblanadi; 
Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hududiy bo‘limlari hamda tasarrufidagi tashkilot, muassasalar ustavlarini 
tasdiqlaydi; 
o‘zining o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, 
shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi 
masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Kengash raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziriga takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini 
oshirish; 
Rahbar o‘rinbosarlari, Markaz xodimlari, xududiy bo‘lim boshliqlarining 
vazifalari va lavozim majburiyatlari hamda ularning shaxsiy javobgarligini 
belgilash; 
Markaz xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish; 
Markaz xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishi ustidan 
nazoratni tashkil etish; 


15 
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik 
shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil 
etish, aholi muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini 
muntazam ravishda qabul qilish; 
Markaz 
xodimlarini 
O‘zbekiston Respublikasi xududidagi tarixiy 
shaharlarga ziyorat qilishni amalga oshirish; 
Maslahat kengashi tomonidan tasdiqlangan nizomga asosan umummilliy va 
kasb bayramlari hamda boshqa tadbirlar munosabi bilan xodimlarni mukofotlash 
hamda rag‘batlantirish, shuningdek, ularga qo‘shimcha ustama haqlari belgilash; 
Markaz shtat jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash; 
mulkiy operativ huquqlarni amalga oshirish, shartnomalar tuzish, jumladan, 
mehnat shartnomalarini tuzish, ishonchnomalar berish, banklarda hisob 
raqamlari ochish, bank, moliya va boshqa hujjatlarga birinchi imzo huquqidan 
foydalanish; 
Markaz xodimlari, xududiy bo‘lim, bo‘linmalar hamda tasarrufdagi 
tashkilot, muassasalar uchun majburiy bo‘lgan bo‘lgan buyruq va boshqa 
me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish; 
Markaz bo‘limlari hamda tasarrufidagi korxona, tashkilot, muassasalar 
moliyaviy ishlarni nazorat qilish; 
qonun hujjatlariga asosida Markaz maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan 
holda yuridik shaxslar sifatida tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil qilish; 
Markazning 
moliyaviy-xo‘jalik 
masalalari 
bilan 
shug‘ullanish, 
homiylarning moddiy yordami hamda xo‘jalik hisobidan qo‘shimcha mablag‘lar 
topishni yo‘lga qo‘yish; 
Markazning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy 
jihozlar bilan ta’minlash; 
“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatini Respublika Ma’naviyat va ma’rifat 
kengashi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayoniga jalb 
etish, nashriyot va tashkilotlar tayyorlagan risola va qo‘llanmalar, shuningdek, 


16 
yangi zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash, 
rag‘batlantirish masalalarini hal etish; 
xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, 
delegatsiyalarni jo‘natish va qabul qilish yuzasidan qarorlar qabul qilish; 
Markaz ishida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlar va jamoatchi 
targ‘ibotchilarni O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya 
etish hamda ularni o‘z faxriy yorliqlari va pul mukofotlari bilan taqdirlash; 
xo‘jalik hisobidan ishlab topilgan va homiylar ko‘magida shakllantirilgan 
moliyaviy 
mablag‘lardan 
Markazning 
moddiy-texnikaviy 
bazasini 
mustahkamlashda hamda xodimlarni rag‘batlantirishda foydalanish; 
respublikada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish hamda yuksak 
ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va 
samarali natijalarga erishgan fuqarolar “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni 
bilan mukofotlashi;
xo‘jalik hisobidagi mablag‘lar hisobiga chiqarilgan nashriy mahsulotlar 
savdosini tashkil qilish; 
Markaz o‘z balansidagi binoni, transport vositasini qonunlarda ko‘zda 
tutilgan tartibda ijaraga berish, sotish; 
Markazni rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish; 
o‘z vazifalarini amalga oshirish maqsadida amaldagi qonunlarga zid 
bo‘lmagan boshqa faoliyat turlarini olib borishi mumkin; 
Markaz rahbari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega 
bo‘lishi mumkin; 
Markaz rahbari Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi bilan 
kelishilgan holda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi o‘rinbosari, 
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va 
lavozimidan ozod qilinadi; 
Markaz rahbari bo‘lmaganda uning vazifasini Markaz rahbarining birinchi 
o‘rinbosari bajaradi. 


17 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin