19
8.2. Markaz, uning bo‘lim va bo‘linmalari mulkini shakllantirish manbalari
quyidagilar hisoblanadi:
davlat budjeti mablag‘lari;
Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi;
jismoniy va yuridik,
jumladan, xorijiy shaxslarning ixtiyoriy mulkiy
badallari va ehsonlari;
davlat buyurtmasiga asosan sohaga oid faoliyatini amalga oshirishga
ajratilgan maqsadli moliyaviy ajratmalar va davlat ko‘magi;
grant,
subsidiya, ijtimoiy buyurtma ko‘rinishidagi davlat organlari, jamoat
tashkilotlari,
shu jumladan, xorijiy va xalqaro tashkilotlar tomonidan ma’naviy-
ma’rifiy dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun maqsadli kelib tushadigan
mablag‘lar;
Ustavda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun sarflanadigan,
tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (foyda);
Markazning bosma nashrlaridan tushadigan mablag‘lar;
qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa tushumlar.
8.3. Markaz va uning tuzilmalari tomonidan tadbirkorlik,
pullik xizmat
ko‘rsatish hamda boshqa faoliyatidan olingan daromadlar Ustavda belgilangan
faoliyatni
amalga
oshirishga,
markazning
moddiy
texnik
bazasini
mustahkamlashga, xodimlarni moddiy qo‘llab quvvatlashga sarflanadi.
8.4. Markazning
hududiy
bo‘limlari va bo‘linmalari, shuningdek,
tasarrufdagi korxona,
tashkilot, muassasalar mol-mulkini Markaz ruxsatisiz
mustaqil ravishda balansdan chiqarishga haqli emas.
8.5. Markazning hududiy bo‘limlari va tuman (shahar) bo‘linmalari
o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan mulkni operativ boshqarish huquqini amalga
oshiradi.
Dostları ilə paylaş: