Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining ustavi


VI. MARKAZNING QORAQALPOG‘ISTON RYeSPUBLIKASI



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix24.05.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#59232
1   2   3   4   5   6   7   8
Устав марказ сайтга (1)

VI. MARKAZNING QORAQALPOG‘ISTON RYeSPUBLIKASI, 
VILOYATLAR VA TOSHKYENT SHAHAR (HUDUDIY) BO‘LIMLARI 
 
6.1. Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahar bo‘limlari (bundan buyon – hududiy bo‘limlar) Respublika Ma’naviyat va 
ma’rifat markaziga bo‘ysunadi hamda ushbu Ustav, o‘z Ustavi hamda qonun 
hujjatlariga asosan belgilangan vazifalarni amalga oshiradi. 
6.2. Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahar bo‘limlari rahbarlari hududiy kengash raislari tomonidan taklif etilgan 
uch nafar nomzodlar orasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 
rahbari tomonidan lavozimiga tayinlanadi va ozod etiladi. 
6.3. Markazning hududiy bo‘limlari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, 
bank muassasalarida o‘zining hisob raqamiga hamda muhriga ega bo‘ladi. 
6.4. Hududiy bo‘limlari tasarrufiga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat 
markazining shahar va tumanlar bo‘linmalari kiradi. 
6.6. Hududiy bo‘limlar joylarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat 
kengashi qarorlari va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 
topshiriqlarini ijrosini ta’minlovchi tashkiliy idora bo‘lib, targ‘ibotchilar 
faoliyatini muvofiqlashtiradi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarini tashkil etadi va 
muvofiqlashtiradi. 
6.7. Hududiy bo‘limlar o‘z faoliyatini Respublika Ma’naviyat va ma’rifat 
markazi rahbari tomonidan tasdiqlangan Ustavga asosan amalga oshiradi. 
VII. MARKAZNING TUMAN (SHAHAR) BO‘LINMALARI 
7.1. Markazning tuman (shahar) bo‘linmalari tegishli hududiy bo‘limlar 
rahbarligida faoliyat ko‘rsatadi hamda qonun hujjatlariga asosan Ustavida 
belgilangan vazifalarni amalga oshiradi. 


18 
7.2. Markazning tuman (shahar) bo‘linmalari yuridik shaxs maqomiga ega 
bo‘lishi mumkin, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lish Markaz ruxsati bilan 
amalga oshiriladi. 
7.3. Markazning tuman (shahar) bo‘linmalari rahbarlari o‘rnatilgan tartibda 
Markaz bilan rasman kelishilgan holda Markazning hududiy bo‘limlari rahbarlari 
tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 
7.4. Markazning shahar va tuman bo‘linmalari ma’naviyat va ma’rifat 
Kengashlarining ijro organlari sifatida ziyolilar qatlami, ayniqsa, o‘qituvchi va 
pedagoglar, mahalla faollari, turli nodavlat jamoatchilik tashkilotlari vakillaridan 
iborat guruhlar tuzib, tegishli tuman va shaharlarda joylashgan hamda mulkchilik 
shaklidan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha korxona, tashkilot va 
muassasalarda milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar ahvolini 
o‘rganib boradi, muvofiqlashtiradi, o‘rganish xulosalarini tegishli Ma’naviyat va 
ma’rifat Kengashlari muhokamasiga qo‘yadi. 
7.5. Markazning hududiy bo‘lim va tuman (shahar) bo‘linmalari davlat 
budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 
7.6. Bo‘lim va bo‘linmalarning huquq va majburiyatlari, ularni tashkil 
qilish, qayta tashkil qilish va tugatish tartibi, mol-mulkni boshqarish borasidagi 
huquqlari batafsil ravishda ularning Ustavlarida belgilanadi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin