45
Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim
yo„nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs
huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini
izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so„z bilan aytganda,
yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining
huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo„lib
qolmoqda. Aynan shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab
islohotlarning mazkur yo„nalishiga alohida e‟tibor qaratilgani bejiz emas. Ana
shunday yondashuv tufayli bu boradagi ishlarning ko„lami, miqyosi va
samaradorligi keyingi o„n yillikda nihoyatda kengayib, yangi bosqichga
ko„tarilganini ko„p-ko„p misollarda ko„rish mumkin.
Sud hokimyatining tashkil etilishi va amal qilishi asoslarini belgilovchi bir
qator qonunlarning qabul qilinishi so‟zsiz jamiyatni demokratlashtirish borasidagi
jiddiy yutuqlar sirasiga kiradi. Ular jumlasiga O‟zbekiston Respublikasining
“Sudlar to‟g‟risida”gi Qonuni, “O‟zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy
sudi to‟g‟risida”gi Qonuni, Fuqarolik, Fuqarolik protsessual, Xo‟jalik protsessual,
Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma‟muriy javobgarlik to‟g‟risidagi
kodeks va boshqa qonun hujjatlari kiradi.
Barcha rivojlangan mamlakatlarda adolatning muntazam salohiyatini
ta`minlash
uchun
sud
tizimi
mavjud.
Hozir
mavjud
davlatlarning
Konstitutsiyalarida sud tizimi va uning faoliyatiga alohida о`rin berilgan.
О`zbekiston Respublikasining 1992-yilgi Konstitutsiyasida ham 106-116-moddalar
mahsus bobga ajratilib, sud tizimining asoslariga bag`ishlangan.
O‟zbekiston Respublikasida sud hokimyati qonun chiqaruvchi va ijro
etuvchi hokimyatdan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan
mustqil holda ish yuritadi.