Mashqqilish fe’l-atvorga xos odatlarni, aniq sohada faoliyatning maqbo’l algoritmini shakllantirish maqsadida harakat usullarining ma'lum bir tartibda qaytarilishidan iborat. Mashq qilish metodining vositalariga oilada, ta'lim muassasasida va boshqa jamoat joylarida belgilangan tartibga rioya qilish, to'g'ri tashkil etilgan o'quv faoliyati, bir maqsadga yo'naltirilgan ijtimoiy topshiriqnomalar kiradi.
Bu keng ma'noda o'qituvchi-tarbiyachi rahbarligida ijtimoiy me'yorlarga muvofiq xatti-harakatlar uchun shart-sharoitlar yaratuvchi, o'quvchilar hayoti va faoliyatining to'g'ri tashkil etilishidir. Mashq qilish o'rgatishga tayanadi, shuning uchun o'qituvchi asosiy vazifani bajaradi. Rejalashtirish, ijro etish, baholashda jamoada faol bo'lish o'quvchining iqtidorini rivojlantiradi va axloqiy sifatlarini shakllantiradi. Biroq o'rgatish va mashq qilishda o'quvchilar faoliyatining ijobiy tomonlariga tayanish lozim va o'z navbatida ularni shakllantirgandagina samara berishini hisobga olish zarur.