Respublikamizda uzluksiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi



Yüklə 169,7 Kb.
səhifə2/25
tarix31.03.2022
ölçüsü169,7 Kb.
#54535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
KIRISH

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Ta'lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish o’quvchilar tomonidan mavjud ilmiy bilimlarni puxta o’zlashtirilishini kafolatlovchi yondashuv hisoblanadi. Bizga yaxshi ma'lumki, «ta'lim texnologiyasi» tushunchasi ta'lim jarayonining mohiyati, uning bosqichlari, o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida kechadigan ta'limiy munosabatlarning mazmunini anglatishga xizmat qiladi.

«Pedagogik texnologiya» tushunchasi esa o’z mohiyatiga ko’ra pedagogik faoliyatning eng muhim ikki jihati, ya'ni ta'lim hamda tarbiya jarayonining texnologiyalashtirilishini ifoda etishi zarur. Biroq so’nggi yillar mobaynida yangi pedagogik texnologiyalar va pedagogik faoliyatni uyushtirish jarayonida ulardan foydalanish mavzusida yaratilgan manbalarning deyarli barchasida ta'lim jarayonining texnologiyalashtirish muammosi uchun asosiy ob'yekt tarzida qabul qilinganligining guvohi bo’ldik.

Holbuki, barkamol shaxsni shakllantirish muammosining ijtimoiy zaruriyat sifatida e'tirof etilayotganligini nazarda tutadigan bo’lsak, tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni qaror toptirish, mazkur jarayonni texnologiyalashtirishga erishish muhim pedagogik vazifalardan biri ekanligini yanada chuqurroq anglaymiz.

Shu nuqtai nazardan bitiruv malakaviy ishni «Tarbiya texnologiyasining nazariy-amaliy asoslari» mavzusida olib borish lozim topildi.



Yüklə 169,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin