Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a'zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug’ullanmagan mamlakat turg’unlikka yo’z tutadi va oqibatda inqirozga mahkum bo’ladi. Negaki, har qanday jamiyatning o’sib, rivojlanishi uchun moddiy va ma'naviy boyliklar ishlab chiqarish to’xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun har bir avlod moddiy va ma'naviy boyliklar yetishtirishni ajdodlaridan yaxshiroq darajaga ko’tara bilish kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma'naviy qobiliyatlar shakllantirilishi uchun jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko’rsatadigan tarbiyaviy institutlar tizimiga ega bo’lishi taqozo etiladi.