Respublikamizda uzluksiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan



Yüklə 169,7 Kb.
səhifə9/25
tarix31.03.2022
ölçüsü169,7 Kb.
#54535
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
KIRISH

O’z-o’zini tarbiyalash













Pedagogik shart - sharoitlar






2 - chizma. Tarbiyaviy jarayonni modellashtirish

Tarbiyani samarali modelashtirish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini, har bir o'quvchining tarbiya jarayonidagi faoliyatini yaxshi bilish kerak. Buning uchun o'qituvchi quyidagi holatlarni unutmasligi lozim:



    • tarbiyalanuvchi ruhiyatini puxta bilish;

    • ota-onalar bilan mimtazam aloqada bo'lib, ular ishtirokida o'quvchi bilan tarbiyaviy mazmunda suhbatlar o'tkazish;

  • o'quvchining ichki dunyosini, xarakterini bilmasdan u bilan qo'pol muomalada bo'lmaslik, sodir etilgan xatoliklarni kechira olish;

    • o'quvchining qiziqishlarini, uni o'rab to’rgan tashqi muhitni doimiy nazorat qilish;

  • o'quvchini qat’ iy kundalik rejimga o'rgatish va uni kuzatib borish;

    • iste'dodini, qobiliyatini va o'zi tanlagan kasbga moyilligini e'tiborga olib uni takomillashtirish;

  • o'quvchining bola ekanligini, adashishga, ba'zan xatoliklarga yo'l qo'yishini unutmaslik, ushbu salbiy holatlarni kechiktirnasdan tuzatib borish.

Shaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo'lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldindan modellashtirilgan va puxta o'ylangan rejalar asosida belgilanib hal etib boriladi.

Tarbiyaviy jarayonni modellashtirishda o’qituvchi bilimli, raqobatbardosh yetuk kadrlarni tarbiyalash uchun javobgar shaxs ekanligini unutmasligi kerak. Ushbu vazifalar tarbiya texnologiyalari maqsadlaridan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun tarbiyaning quyidagi umumiy vazifalarini hal etish o'qituvchi-tarbiyachi zimmasiga yuklatilgan;

  1. o'quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o'z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va maqsad birligi hissini uyg'otish;

  2. o'quvchilar ongini mustaqil davlatchiligimiz siyosatining tub mohiyati mujassamlashgan milliy mafkuramiz va umuminsoniy qadriyatlar, chuqur bilim va tafakkur, keng dunyoqarash bilan boyitib borish;

v) umuminsoniy axloq me'yorlari (odamiylik, kamtarlik, o'zaro yordam, mehr- muhabbat, muruvvat, adolatli bo'lish, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan nafrat

va hokazolar)ning mohiyatini anglashiga, muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish;

g) o'quvchilarda huquqiy va axloqiy me'yorlarga hurmat ruhida yondashish hissi va fuqarolik tuyg’usi, ijtimoiy burchga mas'ullikni qaror toptirish;



  1. tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasida mas’uliyat hissini rivojlantirish;

  2. vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish, o'zga millat va xalqlarni hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuyg'usini qaror toptirish;

j) O'zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to'g'ri va xolisona baho berishga o'rgatish;

z) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, rahm-shafqatli bo'lish, uning sha'ni, or-nomusi, qadr-qimmati, huquq va burchlarini hurmat qilishga o'rgatish.



Shu bilan birga, tarbiya mazmunining asosiy yo'nalishlari bo'lmish axloqiy, aqliy, jismoniy, ekologik, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiyaning g'oya va maqsadlari o'qituvchi tomonidan modellashtirilib, bajariladigan vazifalar belgilab olinadi va amalga oshiriladi. Ushbu tarbiyaviy vazifalar mazmunini anglagan holda o'qituvchi quyidagi faoliyatni olib borishi lozim:

  1. Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o'qituvchi ijtimoiy-axloqiy rne'yorlar mazmunidan xabardor bo'lishi, ularga milliy arf an’analarimiz, urf- odatlarimizdan kelib chiqib belgilangan axloqiy me'yorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini bilishi, ijtimoiy-axloqiy me'yorlar (talab va ta'qiqlar) asosida o'quvchilarda axloqiy ong va madaniyatni shakllantirishi.

  2. Aqliy tarbiyani yo'lga qo'yish asosida - o'quvchilarni ilm-fan, texnika va texnologiya borasida qo'lga kiritilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan boxabar etadi, ularga ijtimoiy va tabiiy fanlar bo'yicha bilimlarni berish bilan tafakkuri shakllantiriladi, dunyoqarashi rivojlantiriladi.

  3. Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida - o'quvchilarni o'z sog'liqlarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to'g'ri

rivojlanishi hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshtrish borasida g'amxo'rlik qilish tuyg'usini yuzaga keltiradi, ularda ko'nikma va malakalarni hosil qilish, uiarni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o'quvchilarning yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, iroda va xarakteri qaror toptirish) jismoniy harakat sifatlarini rivojlantirish.

  1. Estetik tarbiyani olib borish jarayonida o'qituvchi o'quvchilarda estetik his- tuyg'u, estetik didni tarbiyalaydi, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go'zallikni sevish, go'zallikka intilish tuyg'ularini rivojlantiradi, estetik madaniyat rivojlantiriladi.

  2. Ekologik tarbiyani olib borish bilan - o'quvchilarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat uyg'unligi hamda aloqadorligi haqidagi ma'lumotlar tushuntiriladi, ularda ekologiyaning insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi o'rni va mohiyati borasidagi tushunchalar qaror toptiriladi, o'qituvchi o'quvchilarda tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas'uliyat bilan munosabatda bo'lish, tabiatni asrash to'g'risida g'amxo'rlik qilish kabi tuyg'ularni tarbiyalaydi.

  3. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o'qituvchi o'quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish asosida mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash uchun bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to'ldirish, kichik va o'rta biznesni yaratish borasidagi faoliyatga faol ishtirok etish ko'nikma va malakalarini hosil qildiradi, inson mehnati bilan asrlar davomida bunyod qilingan moddiy va ma'naviy boyliklami asrash borasida qayg'urish tuyg'ularini qaror toptiradi, iqtisodiy madaniyatni shakllantiradi.

  4. Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o'quvchilarga davlatimiz Konstitutsiyasi, davlat haqidagi ta'limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo'jalik, ma'muriy sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma'nosi tushuntiriladi, ular ongiga ijtimoiy-huquqiy me'yorlaming shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqidagi tushunchalar singdiriladi, huquqiy munosabat va madaniyat mohiyati yo’zasidan tasavvo’rga ega bo'lishni ta'minlaydi.

  5. G'oyaviy-siyosiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o'qituvchi o'quvchilarga siyosiy bilimlarni berish, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,

fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlat to’zilishi, davlat organlari faoliyati, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati mazmunini to'g'ri tushunishni ta'minlash asosida siyosiy faoliyat yo’zasidan ko'nikma va malakalarni tarkib toptiradi, siyosiy madaniyat me'yorlari shakllantiriladi.

Tarbiya texnologiyasida tarbiya jarayoni, mazmun va mohiyatidan kelib chiqib belgilangan vazifalarni o'qituvchi amalga oshirishi uchun uning o'ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega.

Tarbiyaning eng muhim qonuniyatlaridan biri aniq maqsadga yo'naltirilganligidir. Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik. Zero, tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarnmg birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yo'li zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.



Tarbiya jarayoni ko'p qirrali jarayon bo'lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar ko'zga tashlanadi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, obyektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o'qituvchi faoliyati, balki o'quvchining yosh va psixologik shaxsiy xususiyatlari, o'y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim ahamiyatga ega.

Tarbiva jarayonining yana bir qonuniyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur'atda yaqqol ko'zga tashlanmaydi. O'zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda o’zoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o'zida, turli-tuman qarashlar raavjud bo'lgan bir sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta'Iim muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy jarayon shaxs ongi va dunyoqarashini shakllantirishda muhim o'rin tutadi. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta'sirchan hamda beqaror

bo'ladi. Shu bois tarbiyada muvaffaqiyatga erishish uchun o'quvchilik yillarida shaxsga to'g'ri tarbiya berish lozimligi talab eliladi.



Tarbiva jarayonining yana bir qonuniyati uning uzluksizligidir. Ta'Iim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu - o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O'quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo'naltirilgan, bir-birini to'ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta'lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o'tkazilishiga erishish maqsadga muvoilqdir.

O'quvchilarni tarbiyalashda ta'lim muassasasi yetakchi o'rin egallasa ham, o'quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta'sir o'tkaza olmavdi, chunki, o'quvchilar belgilangan ma'lum muddatda ta'lim muassasasida, o'qituvchining tarbiyaviy ta'siri ostida bo'lib, qolgan bo'sh vaqtining asosiy qismini oilada, ko'chada, jamoat orasida o'tkazadilar. Ko’zgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta'tillar davrida o'quvchilar ta'lim muassasasi o'qituvchilari ta'siridan chetda qoladilar. Demak, ta'lim muassasalarida o'quvchilarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo'lib, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular o'qituvchi yoki tarbiyachining ta'siri hamda nazoratidan o’zoqlashadilar. Ayni vaqtda, respublikamizda o'quvchilarning ta'lim muassasalaridan o’zoqlashtirmaslik maqsadida qo'shimcha ta'lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Qo'shimcha ta'lim muassasalarida o'quvchilar xususiy fanlar hamda xorijiy tillarni mukammal o'zlashtirishlari, texnik va badiiy yo'nalishlar bo'yicha bilim olishlari, amaliy faoiiyat ko'nikma va malakalariga ega bo'lishlari mumkin. Qo'shimcha ta'lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo'nalish va mavzulardagi uchrashuvlar, ko'rgazmalar, ko'rik- tanlovlar, suhbatlar o'quvchilarning tafakkurini boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda muhim o'rin tutmoqda.



Tarbiva jarayonining yana bir qonuniyati - bu uning yaxlit holda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi,

mazmuni va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g'oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma'lumki, shaxs ma'naviy-axloqiy sifatlarni navbatma- navbat emas, balki yaxlit tarzda o'zlashtira boradi, shu bois pedagogik ta'sir ham yaxlitlik, tizimlilik xarakteriga ega bo'lishi lozim. Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati qator pedagogik talablarga amal qilish, o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi.

Tarbiyaning yana bir qonuniyati shimdan iboratki, bu jarayon ikki tomonlama aloqa xususiyatiga ega bo'lib, unda o'quvchining o'zi ham faol ishtirok etadi. Ikki tomonlama aloqa ikki yo'nalishda, ya'ni, o'qituvchining o'quvchiga ko'rsatadigan ta'siri (to'g'ri aloqa) hamda o'quvchining o'qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi.

Tarbiyaning pedagogik texnologiya nazariyasi g'oyasiga muvofiq, endilikda o'quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo'lib qolmasdan, subyekti sifatida ham faoliyat ko'rsatishi mumkin. Shuning uchun o'qituvchi o'quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo'layotgan tashqi ta'sirlar va axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda mazkur talab unutilsa shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz yakun topadi. Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir xususiyati - tarbiyada qarama-qarshilikning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar o'quvchilarga o'z tushunchalariga muvofiq paydo bo'lgan dastlabki sifatlar o'rtasida yoki o'quvchilarga qo'yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o'rtasidagi ziddiyatlaming kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.

Undan tashqari ushbu qarama-qarshiliklar, ko'pincha, o'quvchining ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq bo'lmasligidan, o'qituvchi va tarbiyachilaming o'quvchilar yosh psixologik, fiziologik xususiyatlarini (fe'l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan sog'lomligi) yaxshi bilmasliklari oqibatida sodir bo'ladi.

Demak, tarbiya jarayonida quyidagi qonuniyatlar modellartitirish xususiyatini o'zida namoyon etadi:




3-chizma. Tarbiya qonuniyatlarini modellashtirish


Yüklə 169,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin