Respublikamizda uzluksiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan



Yüklə 169,7 Kb.
səhifə8/25
tarix31.03.2022
ölçüsü169,7 Kb.
#54535
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
KIRISH

Pedagogik jarayon - bu belgilangan maqsadga erishish hamda shaxsning xususiyat va sifatlarini ijobiy tomonga o'zgartirishga qaratilgan tarbiyasi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi aniq bir muddat va ma'lum tarbiyaviy tizimda maxsus tashkil etilgan o'zaro munosabatdir.

Jarayon (lotincha protsessis – oldinga intilish) holat davomiyligi, insonning rivojlanishi, biror bir natijaga erishishi yo'lidan davom etayotgan harakatlar jamlanmasi.

Pedagogik jarayon – tarbiya jarayonining asosiy tizim birligi: uning xususiyati shundan iboratki, u tarbiyachi va tarbiyalanuvchining pedagogik munosabat tizimini belgilaydi.

Agar tarbiya jarayoni tushunchasi maqsadga yo'naltirilgan, shaxsga ma'lum sifatlarni shakllantirish ta'sirini amalga oshirishga qaratilgan harakat bo'lsa, pedagogik jarayon tushunchasi oldindan tashkil etilgan tarbiyaning o'zaro ta'sir tizimini bildiradi.



Pedagogik jarayonni shakllantirish va tashkillashtirishning asosiy prinsiplari.

  • tarbiyaga yaxlit yondoshish prinsipi;

  • uzluksiz tarbiya prinsipi;

  • tarbiyani maqsadga yo'naltirish prinsipi;

  • pedagog va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati prinsipi;

  • tabiiy muvofiqlik prinsipi;

  • madaniy muvofiqlik prinsipi;

  • faoliyat va jamoadagi tarbiya prinsipi;

  • ta'lim va tarbiyada davomiylik, batartiblilik prinsipi;

  • pedagogik jarayonda o'z-o'zini boshqaruv prinsipi kabilar.

Tarbiyaviy jarayonni modellashtirishda o'quvchilarning hayoti va faoliyatini ta'lim muassasalarida pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirish uchun, ularning tashqi ta'sir etuvchi omillarga nisbatan ta'sirchan munosabatda bo'lishini unutmaslik kerak.

Pedagog va psixolog olimlarning tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, shaxsga tashqi omillarning o'zaro (xoh salbiy, xoh ijobiy bo'lsin) ta'siri avvalo o'quvchilarning o'zaro munosabatlariga bog'liq. O'quvchilarning tarbiyaviy faoliyatini uyushtirayotganda o'qituvchi yoki tarbiyachi tashqi ta'sir etuvchi omillarga nisbatan tarbiyalanuvchining munosabatini, kechinmalarini, qanday anglashini, baholashini ulardan o'zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur.

Tarbiya jarayonini modellashtirishda o'quvchining nafaqat ongi, balki his- tuyg'ularini ham o'stirib borishga erishish lozim, unda jamiyatning shaxsga qo'yadigan axloqiy talablariga muvofiq keluvchi xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o'quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta'sir etib boriladi. Tarbiya jarayoniga o'qituvchi rahbarlik qiladi. U o'quvchilarning ta'lim muassasasidagi tarbiyaviy faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonga faol kirib borishlarini o'z xohish-istaklari bilan tarbiyaviy faoliyatga faol ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o'quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Ushbu faoliyatni modellashtirishda o'qituvchi o'quvchilar jamoasining manfaati va talab istaklarini e'tiborga olishi zarur. Bola o'z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo'lib qoladi.

Ushbu holatlar tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Jamiyatda axborot kommunikatsion texnologiyalarning jadal sur'atlarda rivojlanib borishi natijasida o'quvchilar ko'p vaqtlarini ta'lim va tarbiyaga mutlaqo aloqasi bo'lmagan kommunikatsion texnologik ma'lumotlarga sarflamoqdalar (modul telefonlar, internet, kompyuter, DVD filmlar va boshqalar). Ushbu vositalardan oqilona foydalanishni o'quvchiga o'rgatish, ta'qiqlangan texnik vositalardan foydalanishni man etish, ularni nazorat qilish o'qituvchilar va ota-onalarning hamkorlikdagi vazifalariga kiradi. O'quvchilarning ko'p vaqtlarini olayotgan keraksiz texnik ma'lumotlami bartaraf etish uchun faqat modellashtirish asosida ish olib borish mumkin. O'qituvchining

tarbiyaviy ishlar rejasida ushbu muammolar yo’zasidan turli mavzudagi suhbatlar uyushtirish rejasi o'rin olishi lozim.

Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi. Aks holda, xulq me'yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida o'quvchi ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ma'lumotlarga va tashqi ta'sirlarga tez beriluvchan bo'lib qolishi mumkin.



Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o'z-o'zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o'rin tutadi. Ijtimoiy to’zum buyurtmasi asosida belgilangan tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishda ma'lum shart-sharoitlaming mavjudligi talab etiladi. Ushbu g'oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi:










Yüklə 169,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin