Jamoada o'zaro munosabatni tarbiyalash metodi jamoa a'zolarining birgalikdagi faoliyati va xulq-atvorlariga qo'yiladigan talablarning aks etishidir. Jamoa bo'lib va ayrim kishilar tomonidan jamoaning fikr-mulohazalarini ifoda etish, uni amalga oshirish vositalariga o'qituvchi rahbarlik qiladi. Tarbiyalanuvchilarning faoliyatini, xulq-atvoridagi ijobiy hislatlarni baholash asosida ularni rag'batlantiradi, jamoada sog'lom fikrni, o'zaro yaxshi muhitni tarkib toptiradi, do'stona munosabatlarni shakllantiradi.
O'rgatish - bu tarbiyalanuvchilar uchun belgilangan axloqiy me'yorlarni ularning xulq-atvoriga singdirish, ko'nikmalar hosil qilishni kundalik faoliyatga aylantirish va
doimiy bajarihshini tashkil etishdir. O'qituvchi ushbu barqaror odatlarning shakllanishida o'quvchilarga yordam beradi. Belgilangan axloqiy va ma'naviy me'yorlarni kuzatish, shuningdek, mavjud qoidalarning (shaxsiy gigiyena, muomala va boshqalar) bajarilishi shaxs rivojlanishining ilk bosqichlarida yaxshi samara beradi. Tarbiyaviy vositalar tarbiyalanuvchilarga nimani, qanday va nima uchun bajarish kerakligini tushuntirish o'qituvchidan talab etiladi. Bir vaqtning o'zida o'qitish, xatti- harakatlar bajarilishining tekshirilishini ham ko'zda tutadi.
Dostları ilə paylaş: |