Tarbiyalanadigan holatlar - bu o'qituvchi tomonidan ziddiyatli holatlarda mustaqil tarzda amalga oshiriladigan o'quvchilarda ijobiy fe'l-atvor ko'nikmalarini shakllantiruvchi murakkab vositalardan biridir. Buning uchun tasodifiy ziddiyatli holatlarni modellashtirish, guruhda nizolarni bartaraf etishda foydalanish, muammoni to'g'ri hal qilish yo’llarini tanlash kabi vositalardan foydalaniladi.
Rag'batlantirish - tarbiyalanuvchilarning qizg'in faoliyatga moyillik ko'rsatishga jalb etish maqsadida ma'naviy va moddiy rag'batlantirish usullari va vositalarining yig'indisidir. Mazkur metod tarbiyalanuvchi yoki guruhning
ijobiy bahosi, xususiyatlarini ma'qullash va e'tirof etish, xatti-harakatlari va xulq- atvorining ifodasi sifatida ham qaralishi mumkin. U o'quvchilarning o'z faoliyatidan qoniqishini, o'z kuchiga ishonch hissini, o'z-o'ziga ijobiy baho berishni yuzaga keltiradi, o'quvchilarni axloqiy me'yorlar asosida xulq-atvorini yaxshilashga tomon rag'batlantiradi. Rag'batlantirish vositalariga o'qituvchi va ota-onalarning, talim muassasasi xodimlarining maqtovi, minnatdorchiligi, turli mukofotlar, "Faxriy yorliq'lar bilan taqdirlash yoki boshqa moddiy mukofotlar kiradi. Bunda tarbiyachining so'z bilan maqtovi, minnatdorchilik bildirishi, imo- ishoralari, mimikasi va baholashi, rag'batlantirish vositalari ko'rinishida namoyon bo'ladi. Rag'batlantirish nafaqat natijani, balki faoliyatning sababi va usulini ham ma'qullashni, tarbiyalanuvchilar ijobiy faoliyatini ma'qullashning dalilini emas, balki uning moddiy hissasini qadrlashga o'rgatishni tavsiya etadi. Rag'batlantirishni ayniqsa, ko'pincha kichik yoshdagi maktab o'quvchilariga va o'zlarining imkoniyatlariga ishonmaydigan o'smirlarga berish talab etiladi. Katta yoshdagi o'quvchilar uchun ham ulardan foydalanish tarbiyaviy samara beradi.
Dostları ilə paylaş: |