Respublikasi ichki



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə110/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Haqiqiy holatlar deganda, ma’naviy zarar yetkazilgan faktik holatlar tushuniladi. Masalan, tor doiradagi suhbatda, jamoat joylarida, ilmiy minbarda, anjumanda yoki ommaviy axborot vositalarida jabrlanuvchi- ning shaxsiy xususiyatlariga huquqbuzarlik qanday ta’sir etilgani inobatga olinadi. «Ma’naviy zararni qoplash» tushunchasining mohiyati quyidagicha: jabrlanuvchiga shunday imkoniyat yaratilishi kerakki, undirilgan mablag‘, uning boshidan kechirgan jismoniy yoki ma’naviy azoblariga teng darajada ijobiy his-tuyg‘u paydo qilsin.
Ta’kidlash joizki, Oliy sud Plenumining tushuntirishicha, ma’naviy zararni qoplash haqidagi talablarga nisbatan da’vo muddati joriy qilinmaydi. Ma’naviy zarar to‘lanishi lozim bo‘lgan mulkiy zarardan qat’i nazar qoplanadi. Ma’naviy zararni qoplash miqdorini aniqlashda suddan ikkita yangi umumiy talabga rioya qilish nazarda tutiladi. Ulardan biri – oqilonalik, ikkinchisi – adolatlilik.
Rivojlangan mamlakatlarda ma’naviy zararni qoplash uchun o‘z qonunchiligida ko‘rsatilgan normalar qo‘llaniladi. Bu jarayon, ayniqsa,
Yevropa, AQSH qonunchiligida yaqqol aks ettirilgan. Masalan, AQSHda jabrlanuvchiga ruhiy va hissiy tomondan yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash, ya’ni pul kompensatsiyasi (tovon) undirilishi uchun obyektiv tarzda isbot talab etilmaydi1. Ba’zi xorijiy davlatlar singari Rossiya Federatsiyasida ham jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplashning faktik va yuridik asoslarini bayon etilishiga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, jumladan: Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 52-modda- sida «jinoyatdan va hokimiyatning suiiste’molchiliklaridan jabrlangan- larning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanuvchilar uchun odil sudlovni va yetkazilgan zararni to‘lanishini ta’minlaydi»2 deb belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29- avgustda tasdiqlangan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish dasturi»da ko‘rsatilishicha, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali muhofaza qilishni, birinchi navbatda, sud orqali himoya qilishni ta’minlash O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu dasturda har kim buzilgan huquqining tiklanishini hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning qoplanishini talab qilishga haqli ekanligi alohida qayd etilgan.
Fuqarolik huquqida ma’naviy zarar fuqaroning shaxsiy nomoddiy huquqlari (ne’matlari)ga yetkazilgan zarar oqibatida, shuningdek, fuqaro- larning mulkiy huquqlariga putur yetkazish tufayli ham vujudga kelishi mumkin. FK 1022-moddaga asosan, ma’naviy zarar pul bilan qoplanadi. Insonning sha’ni, qadr-qimmati va boshqa nomoddiy ne’matlari shunday bebaho narsaki, u qanchalik ko‘p miqdorda pul bilan to‘lanmasin unga zarar yetkazildimi u hech qachon oldingi holatiga qaytmaydi va uni tiklab bo‘lmaydi. Bugungi kunda nafaqat mamlakatimizda, butun dunyo mamlakatlar sudi oldida turgan muammolardan biri ham shuki, ma’naviy zarar miqdorini aniqlash masalasidir.



Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin