3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
«Vorislik» tushunchasi, vasiyat va qonun bo‘yicha vorislik
Meros yoki merosxo‘r deganda, azaldan insonlarning ongiga, vafot etgan shaxsdan qolgan mol-mulk yoki ushbu mol-mulkka nisbatan voris egalik qilish huquqi tushuniladi.
Vorislik huquqi fuqarolik huquqining ajralmas va yakunlovchi qismi hisoblanib, fuqarolarning xususiy mulk huquqi bilan chambarchas bog‘langan.
Fuqaro vafot etgandan keyin ham uning barcha huquqi va majbu- riyatlari o‘z kuchini saqlab qolmaydi, ayrimlari bekor bo‘ladi. Vafot etgan shaxsning hayotligida boshqa shaxsga o‘tishi mumkin bo‘lgan uning huquq va majburiyatlari meros tariqasida vorislarga o‘tadi. Shunday qilib, shaxsning hayotligida boshqa shaxslarga o‘tishi mumkin bo‘lgan uning har qanday huquq va majburiyatlari meros hisoblanadi hamda vorislik huquqi asosida merosxo‘rlarga o‘tadi.
Aniqroq qilib aytganda, vafot etgan shaxsga tegishli bo‘lgan mulk – uy-joy, avtomashina va boshqa mol-mulklar emas, balki shu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi meros tariqasida o‘tadi.
Meros huquqi Konstitutsiyaning 36-moddasi asosida qonun bilan kafolatlanadi. Vorislik huquqi fuqarolarning mulkiy huquq va manfaatlarini qo‘riqlash bilan bog‘langan bo‘lib, ularning o‘z mulkiga nisbatan tasarruf etish huquqini hech qanday to‘siqsiz nafaqat o‘zining hayotligida, shuningdek, vafot etgan taqdirda ham amalga oshirilishini qonun ta’minlaydi. Shuning bilan xususiy mulk huquqini mustaqkamlash mulkning ko‘payishi va rivojlanishni ta’minlash yo‘li bilan merosxo‘rlar- ning boyishi va yashash sharoitlarining yaxshilanishiga ko‘maklashadi1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida bo‘lishligi ko‘rsatilgan, shuningdek, Konstitutsiyaning 54-moddasida «Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi va undan foydalanishi uni tasarruf etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, mulkdor yuqoridagi prinsiplardan foydalanib o‘z mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin. Mulk egasi mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega. Xususiy mulk egasi o‘z mulkidan hayotli- gida foydalanadi va vafot etgandan so‘ng mulk taqdirini meros (vorislik) huquqi yordamida amalga oshiradi. Har bir shaxs o‘zi hayotligida o‘ziga tegishli bo‘lgan xususiy mulkning taqdirini hal qilib, vafotidan keyin mulkdan foydalanish yoki uni tasarruf etishini belgilab qo‘yadi.
Umumiy qoidaga ko‘ra, vorislikning vujudga kelishiga ham xususiy mulkning vujudga kelishi sabab bo‘lgan. Aynan xususiy mulkning vujudga kelishi natijasida kishilar o‘zlariga tegishli mol-mulkni o‘z yaqinlariga vafotlaridan so‘ng qoldirib ketish imkoniga ega bo‘lganlar.
1Муаллифларжамоаси.Фуқаролик ҳуқуқи: Дарслик. II қисм. – Т., 2008.
– Б.928.
Hali urf-odat va an’analar asosiy huquqiy manba hisoblangan paytlarda ham vorislik va merosxo‘rlik masalalari mavjud bo‘lganligini hisobga olsak, vorislik huquqi qoidalarining tarixi ancha uzoqlarga borib taqali- shini bilib olish qiyin emas.
Umuman olganda, vorislik huquqi turli huquq tizimlarida turlicha qoidalar asosida tartibga solinadi. Masalan, kontinental huquq tizimida vorislik bevosita O‘zbekiston milliy qonunchiligida tartibga solinishi bilan bir xilda amalga oshirilsa, musulmon huquq tizimida bu munosabat- larning tartibga solinishi asosan vasiyatnoma asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston fuqarolari, ularning ijtimoiy ahvoli, mulkiy boyligi, millati va diniy e’tiqodi, jinsi va turar joyi, o‘troqligi va xizmat vazifasi- dan qat’i nazar barchasi bab-baravar vorislik huquqidan foydalanadilar. FK 209-moddada belgilanishicha, «Qonun bilan man etilgan ayrim ashyo- lardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk bo‘lishi mumkin», deb ko‘rsatilgan. Xususiy mulk egasi o‘zining jami mol-mulkini, mulkka bo‘l- gan huquq va majburiyatlarini o‘zi vafot etganidan so‘ng vorislik huquqiga asosan qonun bo‘yicha yoki vasiyat bo‘yicha vorislarga berishga haqli.
Meros shaxs vafotidan keyin uning boshqa shaxsga o‘tishi mumkin bo‘lgan huquq va majburiyatlaridan iboratdir. Aniqroq qilib aytganda, fuqaroga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uy-joy, avto- mashina va boshqa mol-mulklar emas, balki shu mol-mulkka nisbatan bo‘lgan huquq meros obyekti sifatida meros tarkibiga kiradi. Qonun fuqarolarning xususiy mulk huquqini meros huquqi bilan bevosita bog‘laydi, uni boshqa mulk shakllari bilan birga bab-baravar himoya qiladi. O‘zbekiston fuqarolik qonunchiligida meros huquqi merosning ochilishi, uni himoya qilish, meros olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar, meros tarkibi va ularni saqlash, boshqarish, qo‘riqlash va tasarruf qilish, merosxo‘rlarga o‘tish tartibi va shartlarini belgilab beruvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iboratdir.
Vorislik–ijtimoiy munosabatlarning alohida bir turi hisoblanib, mol-mulkni yoki mulkka bo‘lgan huquq va majburiyatlarni bir shaxs (meros qoldiruvchi)dan ikkinchi shaxs (merosxo‘rlar)ga o‘tishi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham u hammadan avval, iqtisodiy hodisa sifatida va vafot etgan shaxsning mulkini, mulkiy huquq-majburiyatlarini boshqa shaxslarga o‘tish tartibini belgilaydi.
Bu munosabatlar fuqarolik qonunchiligi qoidalariga asosan tartibga solinadi. Demak, vorislik huquqi vafot etgan shaxsning xususiy mulkini,
mulkiy huquq va majburiyatlarini boshqa shaxslarga, ya’ni merosxo‘r- larga o‘tish shartlari va tartibini belgilab beruvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iboratdir. Vorislik huquqi meros huquqining bir qismi sifatida meros tarkibiga kirgan mol-mulk, mulkiy huquq va majburiyat- larning qonunda belgilab qo‘yilgan hamda vasiyatnomada meros qoldi- ruvchi tomonidan ko‘rsatilgan shaxslarga qonunda nazarda tutilgan yoki meros qoldiruvchi tomonidan belgilangan shart va tartibda o‘tish qoida- larini o‘z ichiga oladi.
Vorislik huquqi vafot etgan shaxs (meros qoldiruvchi) mulkining vorislarga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy normalar yig‘indisidan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, fuqarolar vafot etganda ularning ma’lum bir huquq va majburiyatlarining boshqa shaxslarga o‘tishini belgilab beruvchi fuqarolik huquqi normalar yig‘indisidan iboratdir.
Demak, vorislik huquqi meros huquqi mazmunini to‘la o‘z ichiga olmasdan, balki uning bir qismini, faqatgina meros mulkning vorislarga o‘tish sharti va tartibini belgilaydi, xolos. Meros tarkibiga ashyolargina kirmasdan, balki meros qoldiruvchining boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan bo‘lgan har xil qonuniy talablari ham kiradi (masalan, meros qoldiruvchining olishi lozim bo‘lgan, lekin ololmay qolgan ish haqi, mualliflik haqiga bo‘lgan huquqi va hokazo). Meros tarkibiga faqatgina talab qilish huquqi emas, balki meros qoldiruvchining mulkiy majburiyatlari ham kiradi.
Meros qoldiruvchining qonunga muvofiq o‘z erki bilan belgilab qo‘yilgan shart va tartibdagi vorislik vasiyat bo‘yicha vorislik deyiladi.
Agar meros qoldiruvchi o‘z xususiy mulkining o‘zi vafot etgandan keyingi taqdirini belgilab qo‘ymagan bo‘lsa, vorislik qonun bo‘yicha amalga oshiriladi. Demak, qonunda belgilab qo‘yilgan yoki vasiyatnomada maxsus ko‘rsatilgan meros qoldiruvchining huquq va majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgan shaxslar – voris, ya’ni merosxo‘r hisoblanadilar.
Merosxo‘r bo‘lish shaxsning fuqaroligiga yoki muomala layoqatiga bog‘liq emas. FKning 1118-moddasiga asosan meros ochilgan paytda hayot bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, meros qoldiruvchining hayotligida homila holida bo‘lgan va meros ochilgandan keyin tirik tug‘ilgan bolalari qonun bo‘yicha merosxo‘r hisoblanib, vasiyat bo‘yicha ham merosxo‘r bo‘lishlari mumkin. Jismoniy shaxs bilan bir qatorda, yuridik shaxslar ham, shu jumladan, davlat va uning organlari, jamoat tashkilotlari, fuqaro- larning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ham vasiyat bo‘yicha merosxo‘r bo‘la oladilar.
Ammo meros mulkning taqdirini hal qilish vasiyat bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hollarda meros qoldiruvchi, albatta, to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lishi shart. Meros qoldiruvchi vafot etgan paytda hayot bo‘lmagan, qonun bo‘yicha vorislar doirasiga kirgan shaxslarning hissalari, odatda, taqdim qilish huquqi bo‘yicha ularning vorislariga o‘tadi.