Respublikasi ichki


Nazorat uchun savollar va topshiriqlar



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə111/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Nazorat uchun savollar va topshiriqlar:


  1. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni tushuntiring va ularni vujudga keltiruvchi asoslarni qayd eting.




1 Trindade F. A. Mental distress. Oxford Jornal of Legal Studies. V.6. – 1986–
№2. – Р.221-225; Robert T., Cheng D. Business and Law. West Publishing Co., 1984. – P. 47.
2 Конституция Российской Федерации. – М., 1993. – С.52.

  1. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik asoslarini tushuntiring.

  2. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan alohida turlarini aytib bering.

  3. Surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik deganda nimani tushunasiz?

  4. Ichki ishlar organlari ham delikt munosabatlar subyekti bo‘la oladimi va buni tushuntirib bering.

  5. «Ma’naviy zarar» tushunchasi nima va uni qoplash usullarini aytib bering?

  6. Fuqaro B.Jamolovning uy hayvoni ipidan bo‘shalib qo‘shnisi fuqaro A.Shavkatovning tomorqasidagi ekinlarini payxon qildi. Fuqaro A.Shavkatov qo‘shnisi B.Jamolovdan uy hayvoni tomonidan yetkazilgan zararlarni qoplab berishini (to‘lashini) so‘radi. B.Jamolov esa, uy hayvonini qasddan ipidan bo‘shatib qo‘ymaganligini, bunda uning aybi yo‘qligini va zararni to‘lamasligini ma’lum qildi. Ular o‘rtasida mulkiy nizo kelib chiqdi. Ushbu holat bo‘yicha fuqaro A.Shavkatov kimga murojaat qilishi kerak? Nizo qanday hal qilinadi? FK asosida ushbu mulkiy nizoni hal qiling.




        1. bob. INTELLEKTUAL MULK. MUALLIFLIK HUQUQI. VORISLIK HUQUQI





    1. «Intellektual mulk» tushunchasi, obyektlari va ularni huquqiy muhofaza qilish asoslari

Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining alohida o‘ziga xos obyekti bo‘lib hisoblanadi. «Intellekt» lotincha so‘z bo‘lib, «aql» ma’nosini anglatadi. Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining boshqa obyektlari – ashyolar, qimmatbaho qog‘ozlardan quyidagi xususiyat- lari bo‘yicha farq qiladi:



      1. ko‘p hollarda intellektual mulk obyektlari moddiy ko‘rinishda emas, balki g‘oya, bilim, axborot shaklida namoyon bo‘ladi;

      2. g‘oya, bilim shaklidagi intellektual mulk obyektiga odatdagi moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas;

v) bunday obyektlardan bir vaqtning o‘zida cheksiz doiradagi shaxslar foydalana olishi mumkin;
g) intellektual mulk huquqi obyektlariga mulk huquqining muddat- sizligi haqidagi qoida (FK 164-m.) qo‘llanilmaydi. Binobarin, ko‘pchilik hollarda (nou-xauga nisbatan istisnoni hisobga olmaganda) intellektual mulk huquqi amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar bilan chegaralangan bo‘ladi;
d) qonunlarda belgilangan muddatlar o‘tishi bilan intellektual mulk huquqi sohibining intellektual mulkning muayyan obyektiga nisbatan huquqlari bekor bo‘ladi va bu obyektlar umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan ma’lum shartlar asosida (muallifining shaxsiy huquqlariga rioya qilgan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli bo‘ladi;
ye) intellektual mulk huquqi obyektlari g‘oya ko‘rinishida bo‘lgan hollarda ularni ashyolar singari egallash mumkin emasligi, ulardan bir vaqtning o‘zida cheksiz doiradagi shaxslar foydalana olish imkoniyatlari mavjudligi sababli bunday obyektlarga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vindikatsion da’voni qo‘llash (FK 228-m.) imkoniyati amalda mavjud emas;
yo) intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqi emas, balki mutlaq huquqlar haqidagi qoidalar qo‘llaniladi;
j) intellektual mulk huquqining amal qilishi, ayni vaqtda, ma’lum hudud bilan ham chegaralangan bo‘ladi. Masalan, ixtiroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan patent O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlar o‘rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilangan hududlardagina amal qiladi;
z) ko‘pgina intellektual mulk obyektlariga nisbatan ularning mual- liflari shaxsiy huquqlari mavjud bo‘lib, bu obyektlardan foydalanuvchi- lar ushbu shaxsiy huquqlarga rioya qilishlari lozim bo‘ladi.
Intellektual faoliyat natijalariga quyidagilar kiradi:

  • fan, adabiyot, san’at asarlari, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoki eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuv- lari yoki eshittirishlari;

  • elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari;

  • ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;

  • seleksiya yutuqlari;

  • oshkor etilmagan axborot, shu jumladan, ishlab chiqarish sirlari (nou-xau).

Ma’lumki, fuqarolik muomalasida turli-tuman subyektlar ishtirok etadi, ayni vaqtda, muomalada xilma-xil mahsulotlar va xizmatlar ham harakatda bo‘ladi. Mana shunday sharoitda subyektlar, ular ishlab chiqargan tovarlar va ko‘rsatadigan xizmatlar alohida farqlash belgilariga ega bo‘lishi shart, aks holda, turli anglashilmovchilik, qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin. Ana shunday farqlash belgilari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining o‘zlarini, uning ishlab chiqargan tovarlari, bajaradigan ishlari va ko‘rsatadigan xizmatlarining xususiy alomatlarini (individual belgilarini) aks ettiruvchi vositalar bo‘lib hisoblanadi. Bunday alohida farqlash belgilarining quyidagi turlari mavjud:

  • firma nomlari;

  • tovar (xizmat ko‘rsatish) belgilari;

  • tovar chiqarilgan joy nomi.

Ma’lumki, intellektual faoliyat eng tez rivojlanib borayotgan dinamik jarayon hisoblanadi. Yuksak sur’atlar bilan davom etayotgan bu jarayon natijasida intellektual faoliyatning yangi mahsullari vujudga kel- moqda. Masalan, topogral va integral mikrosxemalar. Garchi ular mavjud qonunlarda nazarda tutilmagan bo‘lsa ham ularga nisbatan FK 1031-mod-
dasi 3-qismida belgilangan qoidalar mazmunidan kelib chiqib, intellektual mulk haqidagi qoidalar qo‘llaniladi. Fuqarolik muomalasi ishtirokchi- larining ular ishlab chiqarayotgan tovarlar, ko‘rsatadigan xizmatlarining yangi farqlash belgilari vujudga kelishi mumkin va bunday holda ham ularga nisbatan FK IV bo‘limiga tegishli qoidalar qo‘llaniladi.
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish deganda, bu obyektlarga nisbatan subyektiv huquqlar sohibi huquqlarining qonuniy jihatdan qo‘riqlashini vujudga keltirish asoslari tushuniladi. Binobarin, intellektual mulk obyekti o‘z-o‘zidan huquqiy muhofaza ostiga olinmay- di, balki bu obyektga nisbatan subyektiv huquqlarga ega bo‘lgan shaxslar (muallifning shaxsiy huquqlari, mutlaq huquqlar sohibining huquqlari, litsenziya asosida foydalanuvchining huquqlari, avvaldan foydalanuvchi- ning huquqlari va shu kabilar) huquqlari huquqiy jihatdan muhofaza ostiga olinadi.
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza ostiga olish:

  • ularning yaratilganlilik fakti asosida;

  • FK yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza hujjati berilishi asosida vujudga keladi.

Oshkor etilmagan axborotga nisbatan huquqiy muhofaza berish shartlari qonun bilan belgilanadi.
Intellektual obyektlarning quyidagi turlari bo‘yicha ularni huquqiy muhofaza qilish ularning yaratilishi (vujudga kelish) fakti asosida sodir bo‘ladi:

  • fan, adabiyot, san’at asarlari;

  • EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari;

  • ijrolar, ijrolarni sahnalashtirish, eshittirish va ko‘rsatuvlar;

  • topologik va integral sxemalar.

Bunda obyekt ijodkor tomonidan og‘zaki, yozma, tasvir shaklida yoki boshqalar tomonidan idrok etish (qabul qilish) uchun imkon beradi- gan boshqa obyektiv shaklda mujassam etilishi bilan yaratilgan hisob- lanadi. Binobarin, shu vaqtdan boshlab unga nisbatan boshqa shaxslarda subyektiv huquqlar vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi. Bunday holda obyektdan uchinchi shaxslarning foydalangan bo‘lishi, obyekt ro‘yxatdan o‘tkazilishi yoki boshqa rasmiyatchiliklarga rioya etilishi talab etilmaydi. Hatto obyekt keyinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozimligi haqidagi qoida mavjud bo‘lsa ham (masalan, EHM uchun
dasturlar va ma’lumotlar bazalari uchun davlat ro‘yxati mavjud) bu holat ularning huquqiy muhofaza qilish holatiga ta’sir etmaydi. Bunda intel- lektual mulk obyektlari O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki xorijiy davlat hududida yaratilganligi fakti ahamiyatga ega emas.
Intellektual mulkning bir qator obyektlarini huquqiy muhofaza qilish FKda yoki boshqa qonunlarda (masalan, «Ixtiro, foydali model, sanoat namunalari to‘g‘risida»gi qonun, «Seleksiya yutuqlari haqida»gi qonun va shu kabilar) belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza berilishi orqali vujudga keladi. Buning uchun intellektual mulk obyektiga nisbatan o‘z subyektiv huquqlarining e’tirof etilishiga haqli bo‘lgan manfaatdor fuqaro yoki yuridik shaxs belgilan- gan tartibda vakolatli davlat organiga murojaat etishi va o‘z talabini asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etishi lozim. Talab qanoatlantirilgan hollarda vakolatli davlat organi fuqaro yoki yuridik shaxsni intellektual mulk obyektiga nisbatan subyektiv huquqlari muhofaza ostiga olingan- ligini bildiruvchi hujjat (patent, guvohnoma, qayd etilganlik haqidagi shahodatnoma), huquqiy muhofaza yorlig‘i beradi. Vakolatli davlat organi bunday talabni rad etgan taqdirda bu haqda asoslantirilgan qaror chiqaradi. Qaror ustidan Appelyatsion kengashga yoki sudga qonunlarda belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Vakolatli davlat organi (ko‘p obyektlar bo‘yicha bunday organ bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi hisoblanadi) huquqiy muhofaza yorlig‘i berishda quyidagi holatlarni, albatta, o‘rganib chiqadi:

  1. huquqiy muhofaza berilishi so‘ralayotgan obyekt intellektual mulk obyekti sifatida tegishli xususiyatlarga egami, yo‘qmi;

  2. o‘z nomiga huquqiy muhofaza yorlig‘i berilishini so‘rab murojaat qilayotgan fuqaro yoki yuridik shaxs talabi qonuniy asoslarga egami, yo‘qmi;

v) huquqiy muhofaza yorlig‘i berilishi boshqa shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlariga putur yetkazmaydimi va hokazo.
Ayrim turdagi intellektual mulk obyektlarini vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig‘i asosida huquqiy qo‘riqlanishi bo‘yicha tartib belgilanganligining ahamiyati shundan iboratki, bunda, birinchidan, huquqiy muhofaza yorlig‘i intellektual mulk obyektlarining sifatjihatidan tegishli talablarga javob bera olishi lozimligini, ikkinchi- dan, nomiga huquqiy muhofaza yorlig‘i olgan shaxsning subyektiv
huquqlarini tasdiqlovchi va bu huquqlarning boshqalar tomonidan rioya etilishini ta’minlovchi vosita ekanligini guvohlantiradi. Ayni vaqtda bun- day tartib huquqiy muhofaza vujudga kelishi va uning amal muddatlarini belgilashda bahs-nizolarga o‘rin qoldirmaydi, shuningdek, boshqa mam- lakatlar hududlarida ushbu obyektga nisbatan xuddi shunday muhofaza yorlig‘ini olishni osonlashtiradi. Ba’zi obyektlar bo‘yicha esa bunday obyekt yaratuvchisi bo‘lgan ijodkorning mualliflik shaxsiy huquqlarini ham o‘ziga xos tarzda guvohlantiradi. Obyektga nisbatan huquqiy yorliq mavjudligi nomiga yorliq berilgan shaxsning subyektiv huquqlari buzilgan taqdirda sud yo‘li bilan himoya qilish uchun asos bo‘ladi.
Intellektual mulk quyidagi obyektlarining huquqiy muhofazasi davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig‘i berilishi asosida vujudga keladi:

  • ixtiro, sanoat namunasiga nisbatan patent beriladi;

  • foydali modelga nisbatan guvohnoma beriladi («Ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar to‘g‘risida»gi qonunning 3-moddasi);

  • seleksiya yutuqlariga nisbatan patent beriladi;

  • tovar (xizmat ko‘rsatish) belgisiga nisbatan u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, guvohnoma beriladi;

  • firma nomi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib (reyestrga kiritilib), bu haqda dalolatnoma beriladi;

  • tovar chiqarilgan joy nomiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, undan foydalanish huquqi to‘g‘risida guvohnoma beriladi.

Intellektual faoliyat natijalarining mualliflari ana shu natijalarga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarga ega bo‘ladi.
Intellektual faoliyat natijalariga nisbatan uning muallifining shaxsiy huquqlari deganda, mulkiy mazmunga ega bo‘lmagan, ushbu natijaga nisbatan ijodkor-yaratuvchi sifatidagi mavqeini e’tirof etish, mustahkam- lash va himoya qilishga qaratilgan mutlaq huquqlari tushuniladi va huquq- lar muallifning faqat o‘zigagina tegishli bo‘lib, boshqa birovga yetkazi- lishi, ya’ni muallifdan begonalashtirilishi mumkin emas. Shaxsiy huquq- lar mazmuni, doirasi har bir intellektual faoliyat natijasi uchun alohida o‘ziga xos tarzda belgilanadi. Masalan, mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan muallif shaxsiy huquqlari doirasi keng (mualliflik huquqi, mual- liflik ismi-sharifiga bo‘lgan huquq, muallif obro‘sini himoya qilish huquqi, asarni chaqirib olish huquqi va hokazo). Ba’zi obyektlar bo‘yicha esa (masalan, seleksiya yutuqlarida) shaxsiy huquq obyekt muallifi sifatida tan olinishi huquqi bilan kifoyalanadi.
Intellektual faoliyat natijalari muallifi shaxsiy huquqlari bilan bir qatorda, ushbu natijaga nisbatan mulkiy huquqlarga ham ega. Mulkiy huquq mazmuni muallifning ushbu o‘zi yaratgan intellektual faoliyat natijasidan foydalanishi, boshqalarga haq evaziga foydalanishga berish yoki haq evaziga foydalanish uchun ruxsat berish yoxud haq evaziga bu natijaga nisbatan huquqlarni boshqalarga yetkazish imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Muallifning mulkiy huquqlari hajmi to‘liq yoki cheklangan bo‘lishi mumkin. Intellektual faoliyat natijasiga nisbatan mutlaq huquqlar (FK 1034-m.) muallifning o‘ziga emas, boshqa shaxsga tegishli bo‘lsa, muallifning intellektual faoliyati natijasiga mulkiy huquqlari cheklangan tusga ega bo‘ladi (masalan, mualliflik huquqida ergashma huquq yoki ulush huquqi, seleksiya yutuqlari bo‘yicha seleksionerlarning patent egasidan mukofot olish huquqi, ixtirochining ixtirodan ilmiy-tadqiqot va shaxsiy maqsadlarda foydalanish huquqi va hokazo).
Shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga uning mulkiy huquqlaridan qat’i nazar, tegishli bo‘ladi va uning intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mulkiy huquqlar boshqa shaxslarga o‘tgan takdirda ham uning o‘zida saqlanib qoladi. Intellektual faoliyat natijalariga nisbatan shaxsiy huquqlar faqat ijodkor-yaratuvchi (muallif)ning o‘ziga tegishli bo‘ladi, mulkiy huquqlar esa, uchinchi shaxslarga ham tegishli bo‘lishi mumkin (masalan, obyekt buyurtma asosida yaratilganda).
Mulkiy huquqlar fuqarolik muomalasida faol harakatda bo‘lishi; u boshqalarga haq evaziga yoki tekin o‘tkazilishi, garov predmeti bo‘lishi, meros tartibida o‘tishi mumkin.
Shaxsiy huquqlar esa ijodkor-muallifning shaxsi bilan bog‘liq, undan begonalashtirilishi, birovga o‘tkazilishi mumkin emas. Masalan, asarga nisbatan mutlaq huquqni sotib olgan nashriyot asarni nashr etishda muallif nomini ko‘rsatishi, asar daxlsizligiga rioya qilishi lozim.
Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli bo‘lgan intellektual mulk obyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasi roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Agarda mutlaq huquq bir necha shaxsga tegishli bo‘lsa (masalan, mualliflarga) uchinchi shaxslar mutlaq obyektdan foydalanish uchun barcha huquq sohiblaridan ruxsat olishi shart. Mutlaq huquq sohibidan olinadigan uchinchi shaxslarning obyekt- dan foydalanishga roziligi ochiq-yaqqol ifodalangan bo‘lishi, tegishli huquqiy shaklda rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart. Indamaslik, sukut rozilik alomati hisoblanmaydi.
Intellektual mulk obyektidan mutlaq huquq egasi ruxsatini olmasdan foydalangan uchinchi shaxslar tegishli fuqarolik-huquqiy tartibda javob- gar bo‘ladilar. Huquq egasi o‘z huquqlarini sud tartibida himoya qilish- ga, uchinchi shaxslardan huquq buzilish harakatlarini to‘xtatishga, kelti- rilgan hamma zararni, shu jumladan, ma’naviy zarar qoplanishini uchin- chi shaxslar huquqbuzarlik natijasida olgan barcha daromad va foyda- larni o‘ziga undirib berilishini talab qilishga haqli.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar egasi o‘z huquqini FK va amaldagi qonunlarga zid bo‘lmagan har qanday tarzda tasarruf etishga haqli. Masalan, mutlaq huquqlar egasi bu huquqlarni o‘z majburiyati yoki uchinchi shaxslar majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash usuli sifatida garovga qo‘yishi mumkin.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquq sohibi o‘z huquqini qonunda man etilgan tarzda tasarruf qilishga haqli emas. Huquqni tasarruf etishning qonun man etgan usuli FKda yoki amaldagi qonunlarda bevosita ko‘zda tutiladi. Masalan, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi, urush, millatlararo adovat, behayolikni targ‘ib etuvchi asarlarni tarqatish (haq evaziga yoki tekin) qonunga asosan man qilinadi.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar huquq egasi vafotidan keyin meros tartibida qonuniy merosxo‘rlarga yoki vasiyat asosida boshqa shaxslarga o‘tadi. Bunda vujudga keladigan munosabat- larga nisbatan FK V bo‘limida vorislik haqidagi belgilangan normalar qo‘llaniladi. Intellektual mulk obyektlariga mutlaq huquqlar egasi yuridik shaxs bo‘lsa, bunday yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hollarda (uni boshqa bir yuridik shaxs bilan qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish – FK 49-m.) mutlaq huquq vorislik tartibida yangi tashkil etilgan yuridik shaxsga o‘tadi. Qayta tashkil etishning bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish hollarida yangi vujudga kelgan yuridik shaxslarning qaysi biriga mutlaq huquq o‘tishi ularning o‘zaro kelishuvi asosida, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda sud tomonidan belgilanadi.
Ijodiy faoliyat natijasi yaratuvchisi bo‘lgan muallifning faqat o‘ziga- gina tegishli bo‘lgan, boshqa birovga o‘tkazilmaydigan va begonalashti- rilmaydigan mutlaq huquqlari doirasi, turlari va mazmuni FK 1033-mod- dasida belgilab qo‘yilgan.
Litsenziya shartnomasi bo‘yicha intellektual faoliyati natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalarga nisbatan mutlaq huquqqa
ega bo‘lgan tarafga (litsenziyaga) tegishli intellektual mulk obyektidan foydalanishiga ruxsat beriladi.
Litsenziya shartnomasi intellektual mulk obyektlaridan uchinchi shaxslarning foydalanishiga imkon beruvchi muhim fuqarolik huquqiy vosita hisoblanadi. Litsenziya shartnomasi intellektual mulk obyektidan foydalanishga ruxsat berish haqidagi kelishuv hisoblanadi. Mulk egasi (patent egasi, tovar belgisi sohibi, mualliflik huquqi obyekti sohibi, oshkor etilmagan axborotlar egasi)ning huquqiy muhofaza ostidagi obyektdan foydalanish o‘ziga tegishli huquqlarni belgilangan tartibda va ma’lum shart- lar asosida uchinchi shaxslarga berishga litsenziya (ruxsatnoma) deyiladi.
Litsenziya shartnomasida beriladigan huquq, foydalanish chegaralari va muddatlari aniq belgilab qo‘yilishi lozim.
Yuqorida ko‘rsatilganday, intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar doirasi nihoyatda keng va rang-barang. Bunday hu- quqlar shartli ravishda uch guruhga bo‘linishi mumkin: huquq egasining obyektdan shaxsan foydalanishi, boshqalarga foydalanishga ruxsat berishi, boshqalarning foydalanishini taqiqlab qo‘yishi. Ayni vaqtda bu huquqlar ham turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin: o‘zi foydalanishi, boshqaga ham foydalanishga ruxsat berishi; faqat o‘zi foydalanishi; o‘zi foydalanmay, boshqaga foydalanishga ruxsat berishi. Boshqaga foyda- lanishga berishda bunday foydalanish hududi, foydalanish hajmi va miqyoslari (o‘zi xohlaganday ma’lum texnologik jarayon yoki ishlab chiqarishda, ma’lum mahsulotga nisbatan va hokazo) ham aniq belgilab qo‘yilishi lozim.
Litsenziya shartnomasida litsenziya asosida litsenziatning intellek- tual mulk obyektidan foydalanish muddati aniq belgilab qo‘yilishi lozim. Bu muddat litsenziya berilgan vaqtdan boshlab, obyektni huquqiy muhofaza qilish muddati doirasidan qisqa bo‘lishi shart. Masalan, ixtiroga berilgan patent 20 yil amal qiladi, aytaylik, ushbu ixtirodan foydalanishga litsen- ziya berilganda, patentning amal qilish muddati 10 yil qolgandi. Litsen- ziya muddati ana shu qolgan muddatdan qisqa bo‘lishi shart. Agarda obyektdan foydalanishga berilgan ruxsatnoma muddat bilan chegaralan- magan, ya’ni obyektning huquqiy muhofaza muddati davomida amal qiladigan bo‘lsa, u holda foydalanish litsenziya shartnomasi orqali rasmiy- lashtirilmaydi, bunda FK 1035-modda 1-qismi qoidalari qo‘llaniladi.
Litsenziya shartnomasi haq baravariga tuziladigan shartnoma hisob- lanadi. Odatda, litsenziya shartnomasi bo‘yicha haq to‘lashda ikki xil
shakl keng qo‘llaniladi: bir vaqtning o‘zida haqning hammasini to‘lash (paushal to‘lov) va litsenziya asosida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki sotilgan tovardan olingan daromadlardan hissa ajratib berib turish (royalti). Ba’zan har ikkala shakl birgalikda qo‘llaniladi. Bunda dastlab kafolat- langan qat’iy miqdordagi haq va keyinchalik har belgilangan davrda foydadan ulush ajratish. Ba’zi hollarda haq natura shaklida ham olinishi mumkin. To‘lovning shakli taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi.
Litsenziya shartnomasi asosida litsenziatga quyidagilarning berilishi- ni nazarda tutish mumkin:

  • intellektual mulk obyektidan, litsenziarning undan foydalanish huquqi va boshqa shaxslarga litsenziya berish huquqi saqlanib qolgan holda (oddiy mutlaq litsenziya) foydalanish huquqini;

  • intellektual mulk obyektidan, litsenziarning undan foydalanish huquqi saqlanib qolgan holda, biroq boshqa shaxslarga litsenziyalarni berish huquqisiz (mutlaq litsenziya) foydalanish huquqini;

  • qonunda yo‘l qo‘yiladigan boshqa turdagi litsenziyalarni. Litsenziya shartnomasi yozma ravishda tuziladi. Sanoat mulki obyekt-

lari (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, tovar (xizmat) belgisi)dan foydalanish, shuningdek, seleksiya yutuqlari, nou-xaudan foydalanishga berilgan litsenziya Intellektual mulk agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart, aks holda, FK 112-moddasi 1-qismiga asosan, ular mutlaq (o‘z- o‘zidan) haqiqiy hisoblanmaydi.
Muallif intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydala- nish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha kelgusida asar, ixtiro yoki boshqa intellektual faoliyat natijasini yaratishga va o‘zining ish beruvchisi bo‘l- magan buyurtmachiga bu natijadan foydalanish uchun mutlaq huquqlar berish majburiyatini o‘z zimmasiga olish mumkin. Har bir ijodkor shaxs o‘z intellektual faoliyatini o‘z xohishiga ko‘ra, o‘z tashabbusi, o‘z mab- lag‘lari asosida, ish beruvchisi bilan tuzilgan mehnat bitimi (kontrakt) asosida yoki ish beruvchisi bo‘lmagan boshqa shaxs buyurtmasi bo‘yicha shartnoma asosida tashkil etishi mumkin.
Muallifning ijodiy faoliyat mahsulini yaratish va ulardan foydalanish to‘g‘risida boshqa har qanday uchinchi shaxs bilan tuzadigan shartnoma- si o‘z mazmuniga ko‘ra fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma hisoblanadi va ushbu shartnomaga nisbatan FKning tegishli me’yorlari qo‘llaniladi. Shartnoma predmeti bo‘lib muallifning kelgusida ijodiy faoliyatni amalga oshirish va uning natijasida yaratiladigan ijodiy faoliyat mahsuli
hisoblanadi. Binobarin, taraflar shartnoma tuzgan vaqtda hali intellektual faoliyat mahsuli vujudga kelmagan bo‘ladi. Shartnoma tuzish vaqtida amalda yaratilgan, mavjud bo‘lgan ijodiy faoliyat mahsuliga nisbatan mutlaq huquqlar uchinchi shaxslarga FKning 1035-moddasida belgilan- gan tartibda o‘tkazilishi mumkin.
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish haqidagi shartnoma ijodkor shaxs bilan buyurtmachi o‘rtasida tuziladi. Unga asosan ijodkor shaxs (ijrochi, bajaruvchi) ijodiy faoliyatni amalga oshirish asosida intellektual mulk huquqi obyektini yaratish va undan foydalanish bo‘yicha mutlaq huquqni buyurtmachiga topshirish, buyurt- machi esa bajaruvchini tegishli mablag‘ bilan ta’minlash va haq to‘lash majburiyatlarini o‘z zimmmasiga oladi.
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish shartno- malar predmeti qanday obyekt bo‘lishiga qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi: ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat
shartnomasi (FK 693-702-m.);
mualliflik shartnomasi (FK 1067-m.).
Intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish haqidagi shartnoma predmeti bo‘lib, har doim kelgusida yaratiladigan, muayyan xususiyatlarga ega bo‘lgan, aniq va konkret belgilab qo‘yilgan asar, ixtiro, seleksiya yutug‘i va shu kabilar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida fuqaro- larning ijod erkinligi mustahkamlab qo‘yilgan. Unda ko‘rsatilishicha, har qanday shaxsga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi kafolatlanadi. Bino- barin, intellektual faoliyat natijalarini yaratish va ulardan foydalanish haqidagi shartnomada agarda muallif – ijodkorning kelgusida muayyan turdagi yoki muayyan sohadagi intellektual faoliyat bilan shug‘ullan- maslik yoki bu faoliyat natijasini yaratmaslik majburiyatlari belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, u o‘z-o‘zidan haqiqiy hisoblanmaydi. FK 23-modda- sida fuqaroning huquq layoqatidan to‘la yoki qisman voz kechish va huquq layoqati va muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emas deb ko‘rsatiladi. Demak, ijodkor- muallifning o‘z ixtiyori, erki, irodasi bilan bunday shartni shartnoma majburiyati sifatida o‘z zimmasiga olganligi ahamiyatga ega emas. Albatta, ijodkor-muallif o‘z erki, ixtiyori bilan amalda ma’lum turdagi intellektual faoliyat bilan shug‘ullanmaslikka haqli, biroq bu holat shartnoma predmeti yoki shartnoma sharti sifatida namoyon bo‘lganda har doim o‘z-o‘zicha haqiqiy hisoblanmaydi.

    1. Yüklə 5,47 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin