«maxsus deliktlar» deb yuritiladi.
Yuqorida ro‘yxati keltirilgan deliktlarning har biri uchun fuqarolik- huquqiy javobgarlik asosi va shartlari o‘ziga xos alohida ahamiyat kasb etadi.
Umumiy qoidaga ko‘ra, fuqarolik huquqida zarar mulkiy va ma’na- viy shakllarda bo‘ladi. Sobiq Ittifoq davridagi adabiyotlarda ma’naviy zararni moddiy shaklda qoplashga uzoq vaqtgacha salbiy munosabat bildirilgan edi. Buning sababi o‘sha davrlarda fuqarolarning nomulkiy huquqlari barcha narsalardan ustun, shuning uchun ham ularni pul ekvivalentida baholashning imkoniyati yo‘q, deb isbotlashga harakat qilingan. Masalan, o‘sha davrning huquqshunos olimi Ye.A.Fleyshis
«nomulkiy zararni mulkiy qoplash, ya’ni insonning hayotini, sog‘lig‘ini, qadr-qimmatini pul bilan o‘lchash, inson sha’ni yuqori hisoblangan sovet sotsialistik jamiyatiga yod tushunchadir»1, deb yozgan edi. Sobiq Ittifoq qonunchiligi faqat mulkiy zararnigina tan olgan, chunki zararni qop- lashda faqat mulkiy zararlar inobatga olingan. Xususan, M.M.Agarkov mulkiy zarar mulkiy huquqlarning buzilishi bilan bir qatorda, nomulkiy huquqlarning ham buzilishi oqibatida kelib chiqishini, agar zarar fuqaro- ning hayoti yoki sog‘lig‘i (nomulkiy huquqlari)ga yetkazilgan bo‘lsa, mulkiy zarar sifatida, masalan, mehnat haqi (boshqa daromadlar)ning
1 Флейшиц Е.А. Обязательства из причинения вреда и неосновательного обогащения. – М., 1951. – С.24.
yo‘qolishi, sog‘lig‘ini tiklash uchun qilgan xarajatlari (dori-darmon, davolanish va boshq.) qoplanishi kerakligini aytadi1. Ammo 60-yillarga kelib yuridik adabiyotlarda, ayniqsa, S.N.Bratus kabi olimlarning asar- larida ma’naviy zararni qoplash masalasiga atroflicha e’tibor qaratila boshlangan2. Uzoq tortishuvlardan so‘ng, sobiq Ittifoq qonunchiligida birinchi marta «ma’naviy zarar» tushunchasi «Ommaviy axborot vosita- lari to‘g‘risida»gi qonunda, shuningdek, 1991-yil 14-iyunda qabul qilin- gan O‘zbekiston SSRning «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunining 32-moddasida qisman o‘z ifodasini topdi3.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng 1997-yil 1-martidan amalga kiritilgan Fuqarolik kodeksida ma’naviy zararni moddiy qoplash masalasiga ilk marotaba e’tibor qaratildi. Xususan, FKning 57-bob 4-paragrafi «Ma’naviy zararni qoplash» deb ifodalandi va shu paragrafning 1022-moddasi 1-qismida «Ma’naviy zarar pul bilan qoplanadi» degan qoida belgilab qo‘yildi. Bu esa fuqarolik huquqiy jamiyat qurish yo‘lidagi dastlabki harakatlardan biri bo‘ldi. Biz buning uchun milliy fuqarolik huquqi asoschilari akademik H.Rahmon- qulov, professorlar I.Zokirov, SH.Shorahmedov, O.Oqyulov, J.Xol- mo‘minov kabi mustaqil O‘zbekiston Respublikasi sivilistika fanining zabardast olimlariga alohida minnatdorchilik bildirishimiz lozim.
Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, «ma’naviy zarar» tushunchasiga bugungacha yagona ilmiy-nazariy ta’rif berilmagan bo‘lsa-da, unga umumiy ma’noda, ya’ni jabrlanuvchiga ma’naviy yoki jismoniy azob yetkazish ko‘rinishidagi nomulkiy zarar, degan tushuncha mavjud.
«Ma’naviy zarar» tushunchasiga O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida ham ta’rif berilmagan bo‘lsa-da, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi «Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi 7-sonli qarorida «ma’naviy zarar deganda, jarblanuvchiga
1 Агарков М.М. Обязательство по советскому гражданскому праву. – М., 1940. – С. 140.
2 Братусь С. Н. Юридическая ответственность и законность. – М., 1976. – С. 368; См. также: Калмыков Ю. Х. Имущественные права советских граждан.
– Саратов, 1969. – С. 114; Белякова А.М. Имущественная ответственность за причинение вреда. – М., 1979. – С. 10; Малеин Н.С. Гражданский закон и права личности в СССР. – М., 1981. – С. 163 и след.
3 Қонун Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 1997 йил 12 декабрь кунидаги 542-I-сонли қарори билан ўз кучини йўқотган.
qarshi sodir etilgan huquqbuzarlik harakati (harakatsizlik) oqibatida u boshidan kechirgan (o‘tkazgan) ma’naviy va jismoniy (kamsitish, jismo- niy og‘riq, zarar ko‘rish, noqulaylik va boshqa) azoblar tushuniladi», deya ta’rif berilgan.
Ma’naviy zarar insonning shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan nomoddiy ne’matlariga putur yetish sifatida baholanar ekan, unda jabrlanuvchi subyekt ham faqat inson ekanligini ta’kidlash muhimdir. Ammo sivilistika fanida bugungi kungacha faqat fuqarolargina ma’naviy zarar ko‘rishlari mumkin, degan qarash mavjud edi. Biroq keyingi vaqtlarda sivilistlar yuridik shaxslarning ham nomulkiy huquqlari bo‘ladi, ularga tajovuz qilinganda yuridik shaxs ham ma’naviy zarar ko‘radi, degan fikrlarni ilgari surmoqda. Lekin bunday fikrlar hali qonunchilikka singdirilgan emas1.
Fuqarolik huquqida ma’naviy zarar fuqaroning shaxsiy nomoddiy huquqlari (ne’matlari)ga yetkazilgan zarar oqibatida, shuningdek, fuqaro- larning mulkiy huquqlariga putur yetkazish tufayli ham vujudga kelishi mumkin. Biroq, sud amaliyotidan ma’lum bo‘lmoqdaki, ko‘rilayotgan fuqaroviy da’volarning aksariyati mulkiy huquqlarga ziyon yetkazilishi natijasida vujudga kelgan ma’naviy zararlarni undirish to‘g‘risida bo‘lib, nomoddiy huquqlarning buzilishi oqibatida yetkazilgan ma’naviy zarar- larni undirish to‘g‘risidagi da’volar juda kam uchraydigan holat ekan. Professor Z.Esanova ta’kidlaganidek, «fuqaroviy da’volar asosan mulkiy jinoyatlar orqasida fuqarolar va davlatga yetkazilgan zararni undirish, iqtisodiy jinoyatlar orqasida davlatga yetkazilgan zararni undirish va qoplash maqsadida sudlarga beriladi. Bunday hollarda sudlardanafaqat mulkiy ziyon, balki fuqarolarning sog‘lig‘iga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish masalasi ham ko‘tariladi. Fuqarolik kodeksi normalariga ko‘ra, jinoyat tufayli yetkazilgan zararni to‘lash haqidagi talablarga da’vo muddati qo‘llanilmaydi va bunday hollarda fuqaroviy da’vogar (jabrlanuvchi) davlat boji to‘lashdan ozod etiladi. Ish keyin- chalik fuqarolik sudlarida ko‘rilganida jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgan hukm isbot talab qilmaydigan dalil sifatida ishga qo‘shiladi»2.
1 Қўлдашев Н. А. Ички ишлар органлари томонидан етказилган зарарни қоплашнинг фуқаролик-ҳуқуқий масалалари. Юрид. фан. номз. ... дис. – Т., 2011. – Б.70.
2 Эсанова З. Н. Суд процессида фуқаровий даъво // Фуқаролик қонунчи- лигини ривожланиши ва долзарб муаммолари: Халқаро илмий-амалий конфереция материаллари. – Т., 2005. – Б.448
Qayd etish joizki, «ma’naviy zararni qoplash» tushunchasi ri- vojlangan davlatlarning fuqarolik qonunchiligida ilk bor Angliyada paydo bo‘lgan. Keyinchalik esa Fransiya, Italiya, Avstriya, Shveysariya, Yaponiya, Germaniya davlatlarining fuqarolik qonunchiligiga kiritilgan. Chunonchi, birgina Fransiya fuqarolik kodeksiga 1970-yilda shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilishga doir modda kiritilgan edi. Va mazkur moddada ushbu huquqlar qatori «ma’naviy zarar» («moral damage») tushunchasi ham o‘z aksini topgan edi. Bu tushuncha AQSH fuqarolik qonunchiligida «psixik (ruhiy) zarar» ma’nosida qo‘llaniladi va u turli shakllarga ega. Masalan: «psychological injury» (psixik zarar),
«psychiatric injury» (psixiatrik zarar), «nervous shock» (ruhiy buzilish),
«ordinary shock» (oddiy buzilish) kabilar shular jumlasidan.
O‘zbekistonda esa musulmon huquqining asosiy manbalari – Qur’oni karim, muxtasar va hidoyalarda ham hozirgi huquq tizimida qo‘llanuvchi
«ma’naviy zarar» tushunchasini eslatuvchi ba’zi qoidalar uchraydi, keng ma’noda ma’naviy zarar haqida «Temur tuzuklari»da uchratish mumkin.
Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat ma’naviy zararni qoplashda javobgar bo‘lishi mumkin. Masalan, yuridik shaxslar jismoniy shaxslarga yetkazgan zarar uchun, chunonchi, sifatsiz mahsulot iste’mol qilish oqibatida fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar natijasida boshqa xarajatlar bilan birga, ma’naviy zararni ham qoplaydi. Ma’naviy zarar jabrlanuvchiga uning hayotligidagina to‘lanadi. Masalan, agar shaxs zarar yetkazilishi natijasida vafot etsa, ma’naviy zarar qoplan- maydi, chunki ruhiy iztiroblarni, azob-uqubatni faqat zarar yetkazilgan shaxs his etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1021-moddasiga binoan, ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybi bo‘lgan taqdirda, zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Ya’ni ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat’i nazar, quyidagi hollarda qoplanadi, agar:
zarar fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan bo‘lsa;
zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat olishni qonunga xilof tarzda qo‘llanish, qonunga xilof tarzda ma’muriy jazo qo‘llanish va qonunga xilof tarzda ushlab turish natijasida yetkazilgan bo‘lsa;
zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘-e’tiborini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo‘lsa;
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Dostları ilə paylaş: |