3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Asossizboylikorttirishoqibatidakelibchiqadiganmajburiyatlar. Odatda, bir shaxs foydasiga mol-mulkni, mulkiy huquqni berishda yoki uni uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qilishda ma’lum bir huquqiy asoslar bo‘lishi lozim. Ba’zida qonuniy yoki shart- noma bilan belgilangan asoslar bo‘lmay turib, o‘zgalarning mulkini olish yoki tejash hollari uchrab turadi. Bunga bir mahsulot uchun ikki marta haq to‘lash, asossiz mol-mulkni tejab qolish kabilarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Bu majburiyatlar to‘g‘risida Fuqarolik kodeksining 1023-1030-mod- dalarida asosiy tushunchalar berilgan. Asossiz orttirilgan boylikni qayta- rish majburiyati to‘g‘risida qonun hujjatlarida yoki bitimda belgilangan asoslarsiz boshqa shaxs (jabrlanuvchi)ning hisobidan mol-mulkni egallab olgan yoki tejab qolgan shaxs (qo‘lga kirituvchi) asossiz egallab olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni (asossiz egallab olgan boylikni) jabrla- nuvchiga qaytarib berishi shart ekanligi qayd etilgan.
Asossiz orttirilgan yoki tejab qolingan boylik bo‘yicha majburiyatlar- ning elementlari boshqa fuqarolik-huquqiy munosabatlaridek, majburiyat subyektlari, predmeti va mazmunidan iborat. Majburiyat subyekti asossiz orttirilgan yoki tejab qolingan mol-mulkni qo‘lga kiritgan qarzdor va bu mulkni talab qilish huquqiga ega bo‘lgan haqiqiy mulkdor (kreditor) hisoblanadi. Ular fuqarolar, jumladan, muomalaga layoqatsiz shaxslar ham, huquq subyekti xarakteridan qat’i nazar, yuridik shaxs ham bo‘lishi mumkin. Asossiz orttirilgan yoki tejab qolingan boylik majburiyatlari- ning obyekti asossiz boylik orttirgan shaxsning asossiz orttirilgan yoki tejab qolingan boylikni kreditorga qaytarishi bo‘yicha qiladigan harakat- lari hisoblanadi. Asossiz orttirilgan boylikni talab qiluvchi kreditor bo‘lmagan hollarda mulk davlat budjetiga yoki qonunga muvofiq tegishli muassasaga o‘tkaziladi. Bunga misol qilib, pora tariqasida berilgan mulk yoki pulni keltirish mumkin.
Bunday majburiyatlarning mazmuni jabrlanuvchining asossiz orttiril- gan boylikni asl holda yoki pul summasida asossiz boylik orttirgan shaxsdan talab qilish huquqi va o‘z navbatida, qarzdorning asossiz orttir- gan boylikni jabrlanuvchiga qaytarish majburiyatidan iborat.
Qonun talabidan ko‘rinib turibdiki, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati vujudga kelishi uchun, birinchidan, bir shaxs ikkinchi shaxs hisobiga asossiz boylik orttirishi, ikkinchidan, bunday boylik orttirishga hech qanday asos bo‘lmasligi shart, uchinchidan, mulk, ko‘p hollarda yanglishish, xatolik bilan olinadi yoki tejaladi.
Ammo ba’zi hollarda mulkning yanglishmasdan, atayin qasddan asossiz olinishi hollari ro‘y berishi mumkin. G‘ayriqonuniy yoki davlat manfaatlariga zid qilingan xatti-harakatlar tufayli o‘zgalar hisobiga asossiz boylik orttirgan shaxs asossiz olingan mulkni qonunda nazarda tutilgan hollardan boshqa holatlarda davlat daromadiga o‘tkazishi lozim, ya’ni haqiqiy bo‘lmagan bitimlar tuzish yo‘li bilan olingan asossiz boyliklar musodara qilinadi. Asossiz, o‘zgalar hisobiga orttirilgan boylik mansabdor shaxs foydasiga undirib berilmaydi, balki davlat daromadiga o‘tkaziladi. Egasiz mulk deb topilgan ashyo, qarovsiz qolgan hisoblanib, bunday mulk ham davlat egaligiga o‘tkaziladi. Agar shunday tarzda asossiz olingan pullar yoki boshqa ashyolar asl holida topilmasa, asossiz olingan summalar yoki narsalarning qiymati uni oluvchi shaxsdan davlat daromadiga undiriladi.
Bunday majburiyatning vujudga kelishiga asossiz boylik orttirish dalilining o‘zi asos bo‘lib xizmat qiladi. Dalil sifatida esa qonunda nazarda tutilgan yoki nazarda tutilmagan holatlarni keltirish mumkin. Masalan, boylik orttiruvchining, jabrlanuvchining yoki uchinchi shaxs- larning qonun yo‘l qo‘ygan va yo‘l qo‘ymagan harakatlarini, tabiat hodisa- larini, hayvonlarning harakatlari yoki boshqa holatlarni keltirish mumkin. Asossiz orttirilgan boylikni tushunish uchun uni qo‘lga kirituvchi- ning harakatlarini ham, bunday majburiyatlarni vujudga keltirgan yuridik dalillarni ham emas, balki mulkni qo‘lga kiritish yoki tejashning qonun yoki shartnomada belgilangan asoslari mavjud emasligini keltirish joizdir. Asossiz boylik orttirishga har doim ham boylik orttirgan shaxs- ning huquqqa xilof harakatlari deb qarash mumkin emas. Aks holda, asossiz boylik orttirishdan kelib chiqadigan majburiyatlar zarar yetka-
zishdan kelib chiqadigan majburiyatlarga singib ketardi.
Agar asossiz orttirilgan boylik yoki tejalgan mulkni jabrlanuvchiga qaytarish imqoniyati bo‘lmagan hollarda unga bu boylikni qo‘lga kiritish vaqtidagi qiymati to‘lanadi. Qonun asossiz qo‘lga kiritilgan boylikning asl holida qaytarilishini shart qilib qo‘ysa ham, lekin uni qaytarish vaqti- gacha tasodifiy ravishda shikastlangan, yomonlashgan, nobud bo‘lgan
mol-mulk o‘rniga jabrlanuvchiga xuddi shunday qiymatga ega bo‘lgan boshqa mol-mulkni qaytarishga yo‘l qo‘yadi.
Asossiz boylik yoki mulkni qo‘lga kirituvchi ularning asossiz qo‘lga kiritganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan paytdan boshlab, har qanday yetishmovchiligi yoki yomonlashuvi uchun javobgar bo‘ladi. Agar mol-mulk bundan ilgariroq shikastlansa yoki nobud bo‘lsa, u holda uning qasdi va qo‘pol ehtiyotsizligi bunga sabab bo‘lsagina javobgardir.
Ko‘p hollarda asossiz orttirilgan predmetni tashkil qiluvchi mulkni ishlatish yoki undan foydalanish jarayonida ular ma’lum bir xarajatlarni talab qiladi. Masalan, ashyolarni saqlash va ta’mirlash, hayvonlarni saqlab turish va asrash zarur bo‘ladi. Shuning uchun qonunga muvofiq saqlab turuvchiga uning tomonidan qilingan xarajatlarni jabrlanuvchidan talab qilish huquqi beriladi. Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol- mulkni qaytarilganida yoxud uning qiymati to‘langanida qo‘lga kirituv- chi daromadlarni qaytarishi shart bo‘lgan vaqtdan boshlab, mol-mulkni saqlab turish va asrash uchun qilingan zarur xarajatlarni, o‘zi olgan nafni e’tiborga olgan holda to‘lashni jabrlanuvchidan talab qilishga haqli. Qo‘lga kirituvchi qaytarishi lozim bo‘lgan mol-mulkni bila turib bermay turgan hollarda xarajatlarni undirish huquqi yo‘qoladi. Asossiz qo‘lga kiritilgan mulk, o‘z navbatida, qo‘lga kirituvchiga tabiiy holda daromad keltirishi mumkin. Olingan foyda uning mohiyatidan va ahamiyatidan kelib chiqib, jabrlanuvchiga qaytarilishi lozim.
Quyidagilar asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytaribberilmaydi:
ijro muddati to‘lgunga qadar majburiyatni bajarish yuzasidan top- shirilgan mol-mulk, agar majburiyatda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa;
da’vo muddati o‘tgandan keyin majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk;
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablag‘lari uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xatolar bo‘lmaganda;
mavjud bo‘lmagan majburiyatni bajarish uchun berilgan pul sum- malari va boshqa mol-mulk, agar qo‘lga kirituvchi mol-mulkni qayta- rishni talab qilayotgan shaxsning majburiyati yo‘qligini bilganligi yoxud mol-mulkni xayriya maqsadlarida berganligini isbotlasa (FK 1030-m.).