3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar:
Qarz shartnomasining funksiyalari va ahamiyati nimalardan iborat?
Qarz shartnomasini yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rasmiy- lashtirishdagi asosiy farqli jihatlarini bilasizmi?
Qarz shartnomasi va kredit shartnomasi o‘rtasida qanday farqli jihatlari borligi haqida so‘zlab bering.
«Kredit shartnomasi» tushunchasi va turlarini ayting.
Kredit olishdan bosh tortishning asoslari va huquqiy oqibatlarini tushuntirib bering.
Sug‘urta va sug‘urta shartnomasi tushunchalarini izohlang.
Sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydigan manfaatlarning mohiyatini aniqlang.
Sug‘urta huquqining asosiy tushunchalari, sug‘urta tavakkal- chiligi, sug‘urta mukofoti va sug‘urta to‘lovi, sug‘urta haqi, sug‘urta mablag‘i to‘g‘risida nimalarni bilasiz?.
Sug‘urta huquqiy munosabatlari va ularning fuqarolik-huquqiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rni haqida so‘z yuriting.
Sug‘urta tashkiloti, avtomashina, haydovchi hamda yo‘lovchi- ning hayoti, sog‘lig‘i va haydovchi-fuqaro B.Qosimovning fuqarolik ja- vobgarligi to‘g‘risida aralash sug‘urta shartnomasi tuzdi. Shartnoma amalda bo‘lgan davrda B.Qosimovning do‘sti A.Niyozov mashinani boshqara turib, piyoda yo‘lovchi N.Ismatovni urib yuborib, unga tan jarohati yetkazdi, oqibatda N.Ismatov doimiy pensiya oladigan 2-guruh nogironi bo‘lib qoladi. Sug‘urta tashqiloti B.Qosimovga avtomashi- naning qiymatini to‘ladi va Ismatovga yetkazilgan zararni to‘lashni boshladi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, sug‘urta tashkiloti sudga B.Qosimovga nisbatan avtomashina qiymatini va zararni qoplash uchun qilingan xarajatlarni qaytarish to‘g‘risida regress da’vo qo‘zg‘atdi. B.Qosimov da’voni tan olmadi. Ushbu nizoni hal qiling.