Respublikasi ichki


Ixtiyoriy sug‘urta shartnomasining xususiyatlari



Yüklə 5,47 Mb.
səhifə100/154
tarix25.12.2023
ölçüsü5,47 Mb.
#194966
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   154
3801e3ba156a9d876bcdf91e187071aa Fuqarolik va oila huquqi Darslik

Ixtiyoriy sug‘urta shartnomasining xususiyatlari


Hayot sug‘urtasi jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va qo‘shimcha pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilishdan iborat bo‘lib, bunda sug‘urtaning shartnoma bo‘yicha eng kam muddati bir yilni tashkil etadi va sug‘urta summalarining
sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizini yoki davriy to‘lovlarni o‘z ichiga oladi.
Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sug‘urtalovchi) boshqa taraf (sug‘urta qildiruvchi) to‘laydigan shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta qildiruvchi o‘zining yoxud shartno- mada ko‘rsatilgan boshqa fuqaro (sug‘urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan, u muayyan yoshga tulgan yoki uning hayoti- da shartnomada nazardi tutilgan boshqa voqea (sug‘urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan pulni (sug‘urta pulini) bir yo‘la yoki vaqti-vaqti bilan to‘lab turish majburiyatini oladi (FK 921-m. 1-q.). FK 914-moddasiga muvofiq, shaxsiy sug‘urta ommaviy shartnoma- lar turkumiga kiradi. Shuningdek, ularni uchinchi shaxs foydasiga tuzila- digan shartnomalar turiga ham kiritish mumkin. Xususan, umumiy qoida bo‘yicha, shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar shart- noma tuzishda qatnashgan taraflar uchun paydo bo‘ladi. Masalan, hayotini sug‘urtalayotgan shaxs o‘zi vafot etgan taqdirda, shartnomada belgilangan pulni olish uchun boshqa shaxsni naf oluvchi qilib tayinlashi mumkin.
Mulkiy sug‘urtaning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagichadir:

  • faqatgina shaxsiy manfaat, ya’ni sug‘urtalangan shaxs hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganda, muayyan yoshga to‘lishligi, shartnomada ko‘zda tutilgan voqea sodir bo‘lishi bilan sug‘urta pulini olishi tushunila- di. Bularning barchasi shaxs bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, uning shaxsiy nomulkiy boyligi (huquqi) hisoblanadi. Bunday shaxsiy manfaatlar sug‘urta qilinayotganda sug‘urta puli ixtiyoriy ravishda belgilanadi.

Mulkiy sug‘urtada doimo ko‘rilgan zararni qoplash ko‘zda tutiladi. Bunday mulkiy zararlar hamisha xavfli hisoblanadi. Bular qatorida shaxs bilan bog‘liq xavf-xatarlar ham bo‘lishi mumkin (shikastlanishi yoxud betob bo‘lishi). Biroq boshqa shaxsiy manfaatlar sug‘urtalangan shaxs uchun xavf tug‘dirmay, balki belgilangan yoshga yetishi, muomala layoqatiga to‘lishligi, nikohga kirishishligi va boshqalar ko‘zlangan maqsadga erishishlikni bildiradi.

  • sug‘urtalangan shaxs yoxud naf oluvchi bilan mos kelmaydigan boshqa subyektning paydo bo‘lishi.

Agar shartnomada naf oluvchi sifatida boshqa shaxs ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shaxsiy sug‘urta shartnomasi sug‘urtalangan shaxs foydasiga tuzil- gan hisoblanadi. Boshqa naf oluvchi ko‘rsatilmagan shartnoma bo‘yicha sug‘urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, sug‘urtalangan shaxsning merosxo‘rlari naf oluvchilar deb tan olinadi (FK 921-m. 2-q.). Sug‘urta-
langan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga, shu jumladan sug‘urtalan- gan shaxs hisoblanmaydigan sug‘urta qildiruvchi foydasiga shaxsiy sug‘urta shartnomasi faqat sug‘urtalangan shaxsning yozma roziligi bilangina tuzi- lishi mumkin. Bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda, shartnoma sug‘urta- langan shaxsning da’vosi bo‘yicha, bu shaxs vafot etgan taqdirda esa, uning merosxo‘rlari da’vosi bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Sug‘urta puli bir yo‘la yoki vaqti-vaqti bilan to‘lanishi natijasida sug‘urtalangan shaxs (naf oluvchi) hech qanday yo‘qotishlarsiz uzoq vaqt davomida ta’minlanadi.
Umrbod sug‘urta shartnomasi 20 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar bilan tuziladi. 1-guruh nogironlari bilan bunday shartnoma tuzilmaydi (Agar bunday shartnoma tuzilgan bo‘lsa, haqiqiy emas deb hisoblanadi va sug‘urtalanuvchiga to‘lagan badallarining 92 foizi qayta- riladi. Agar bu holat shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab, bir yildan keyin aniqlansa, shartnoma umumiy asoslarda o‘z kuchini saqlab qoladi). Sug‘urta xavf-xatari sug‘urta qildiruvchining o‘limi ehtimoli hisob- lanadi. Sug‘urta tovon puli sug‘urta qildiruvchining yoshi, sug‘urta puli va hatto jinsiga ham bog‘liq bo‘ladi. Sug‘urta qildiruvchi 85 yoshga yetgunga qadar har oyda sug‘urta badali to‘lab turadi. Sug‘urta qildiruv- chi shartnoma amal qilgan davrda qanday sabablarga ko‘ra vafot etgan bo‘lmasin, naf ko‘ruvchiga sug‘urta ta’minoti to‘lanadi. Sug‘urta shart- nomasi kuchga kirgandan so‘ng ikki yil ichida sug‘urta qildiruvchi onkologik kasalliklardan yoki yurak-qon tomiri kasalliklaridan vafot etsa
yoxud o‘z-o‘zini o‘ldirsa, sug‘urta ta’minoti to‘lanmaydi.
Shartnoma tuzish haqidagi ariza sug‘urta qildiruvchi tomonidan shaxsan imzolangan bo‘lishi va unga shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlar xususida hujjat ilova qilingan bo‘lishi kerak.
Hayotni aralash sug‘urta qildirish shartnomasi eng ko‘p tarqalgan shartnomalardan hisoblanadi. Bunda sug‘urta tashkiloti shartnomada belgi- langan muddatgacha yashash, mehnat qobiliyatini butunlay yoki qisman yo‘qotish, o‘lim holatlari ro‘y berganida zararni qoplashni o‘z ustiga oladi.
Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar va boshqa qarindoshlar tomoni- dan bolalarni sug‘urta qilish ularning yoshi va sog‘lig‘idan qat’i nazar amalga oshiriladi (bola 15 yoshdan oshmagan bo‘lish lozim).
Sug‘urta mukofoti to‘lash uchun asos: sug‘urta muddatining tamom bo‘lishi, baxtsiz hodisadan shikastlanish va shu kabilar. Sug‘urta qildiruv- chilar almashtirilishi yoki bir nechta bo‘lishlari mumkin. Sug‘urtala-
nuvchi bola vafot etsa, sug‘urta ta’minotining 30 foizi hajmida nafaqa tayinlanadi va ayni vaqtda sug‘urta badallari to‘liq qaytarib beriladi.
Nikohni sug‘urtalash (to‘y sug‘urtasi) ota-onalar (boshqa qarindoshlar) tomonidan tuzilib, bunda sug‘urta qildiruvchilar 18-72 yoshgacha, biroq sug‘urta muddati tamom bo‘lganida 75 yoshdan oshmagan bo‘lishlari lozim.
Shartnoma tuzishda bolaning yoshi 15 dan oshmagan bo‘lishi lozim. Sug‘urta badallari hajmi sug‘urta qildiruvchining (bolaning emas)
yoshiga, sug‘urta qiymatiga va sug‘urta muddatiga bog‘liq.
Ixtiyoriy mulkiy sug‘urta. Ixtiyoriy mulkiy sug‘urta turlari va shakl- lari nihoyatda xilma-xildir. Sug‘urta predmetlari sifatida xilma-xil uy jihozlari va anjomlari, uy-hayvonlari, transport vositalari, boshqa ashyolar, transport vostilari egalarining fuqarolik-huquqiy javobgarligi, kreditlarni qaytarmaslik xavf-xatarini sug‘urtalash va hokazolar hisoblanadi.
Mulkiy sug‘urtada sug‘urta obyekti bo‘lib quyidagilar hisoblanadilar:

  1. muayyan mol-mulkning yo‘qotilishi (nobud bo‘lishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavf-xatari;

  2. fuqarolik-huquqiy javobgarlik xavf-xatari. U ham o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: zarar yetkazganlik uchun javobgarlik va shartnoma bo‘yicha javobgarlik xavf-xatarini sug‘urta qilish.

Boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetka- zish oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar yuzasidan javobgarlik xavfini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi yoki uchinchi shaxsning javobgarlik xavfi sug‘urtalanadi.
Sug‘urta qildiruvchi faqat o‘zining shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfini sug‘urtalashi mumkin (uchinchi shaxs javobgarligi sug‘urta obyekti bo‘la olmaydi).
Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik xavfi bu shartnomani shart- lariga ko‘ra sug‘urta qildiruvchi qaysi taraf oldida tegishli javobgarlikni zimmasiga olishi lozim bo‘lsa, o‘sha taraf naf oluvchi foydasiga, hatto sug‘urta shartnomasi boshqa shaxs foydasiga tuzilgan yoxud unda kimning foydasiga tuzilgani aytilmagan taqdirda ham sug‘urtalangan hisoblanadi;

  1. tadbirkorlik xavf-xatarini sug‘urta qilish (FK 920-m.).

Xorijiy sarmoyadorlarning mol-mulklari ekspropriatsiyalanishidan (qaytarib olinishidan), urush yoki fuqarolar g‘alayonlaridan. Sug‘urta tashkiloti bilan sarmoyador o‘rtasidagi shartnoma munosabatlariga mamlakat ma’murlarining aralashuvidan, milliy valutani boshqa valutalarga kon- vertasiyalash va uni mamlakatdan tashqariga chiqarishga doir mamlakat
ma’murlari tomonidan cheklashlar joriy etilishidan, sarmoyadorlar (investorlarning)ning ayrim guruhlari uchun huquqni kamsitadigan ruh- dagi yangi qonun-qoidalar joriy etilishidan, boshqa turdosh xavf-xatarlar (tavakkalchiliklardan) sug‘urtalanish mumkin.

Yüklə 5,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin