«Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar» («delikt») tushunchasi va xususiyatlari
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi «Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar» deb nomlanadi. Yuridik adabiyotlarda delikt majburiyat instituti qadimgi Rim huquqi manba- lariga borib taqalishi va bu institut (delists unerlaubte Handlungen, torts) majburiyatlar turining eng qadimgisi ekanligi aytilgan1. «Delikt» – lotin- cha «deliktum» so‘zidan olingan bo‘lib, «buzish», «ayb», «huquq- buzarlik» kabi ma’nolarni anglatadi2. Biroq «delikt» atamasi sivilistik adabiyotlarda keng qo‘llanilsa-da, milliy qonunchiligimizda bu ibora umuman qo‘llanilmaydi. Ammo, ayrim MDH davlatlarining fuqarolik qonunchiligida bu iborani uchratish mumkin, masalan, Ozarboyjon Respublikasi Fuqarolik kodeksining 59-bobi «Fuqaroviy huquqbuzarlik (deliktlar)», Moldova Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1398-moddasi
«Delikt javobgarlikning umumiy asoslari va shartlari», – deb nomlanadi.
Delikt majburiyatlar sivilistika fanining qadimgi Rim huquqidan boshlab hozirgi kungacha bahs-munozaraga sabab bo‘lib, davom etib kelayotgan eng muhim institutlaridan biridir. Yuridik adabiyotlarda bu institutni sivilistlar «zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar»,
«delikt majburiyatlar», «huquqbuzarlikdan kelib chiqadigan majburiyat- lar», «shartnomasiz majburiyatlar», «nojoiz (man etilgan) harakatlardan kelib chiqqan majburiyatlar», deb ham ataydilar.
Milliy qonunchiligimiz delikt institutini «Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar» deb nomlashsa, sivilist olimlarimiz tomonidan
«delikt majburiyatlar» deb ham ataladi.
1 Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик ҳуқуқи. II қисм / Ҳ.Раҳмон- қулов ва И.Зокировларнинг умумий таҳрири остида. – Т., 1999. – Б.547.
2 Баъзи луғатларда ушбу термин ҳуқуқбузарлик деб таржима қилинган, жумладан, Юридик энциклопедия. – Т., 2001. – Б.111; Муҳиддинов Р.А. ва бошқ. Ўзбекистон юридик энциклопедияси / Масъул муҳаррир Н.Тойчиев. – Т., 2009. – Б. 130.; Англо-русский словарь: 53000 слов. 20-е изд., стереотип. – М., 1985. – С.194.
«Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyat» tushunchasiga fuqarolik qonunchiligida ta’rif berilmagan. Biroq, FKning 985-moddasi- da «g‘ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek, yuridik shaxsga yetka- zilgan zarar, shu jumladan, boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi» belgilangan. Bu majburiyatlar shartnomaviy munosabatlardan tashqari, shaxsga yoki mol-mulkka g‘ayriqonuniy xatti-harakat natijasida yetkazilgan zararlarni qoplashga qaratilganligini ushbu modda mazmunidan anglash mumkin.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning mazmuni shundan iboratki, shaxs (jismoniy yoki yuridik shaxs)ning hayoti va sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetkazgan shaxs yetkazilgan zararni to‘liq qoplash majburiyatini oladi, jabrlanuvchi esa o‘ziga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishi huquqiga ega bo‘ladi. Shu xususiyatiga ko‘ra mazkur institutni bir tomonlama majburiyatlar guruhiga kiritish mumkin.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar fuqarolik-huquqiy majburiyatlarning boshqa turlari kabi muayyan yuridik faktlar asosida vujudga keladi. Mazkur majburiyat vujudga kelishi uchun asos bo‘ladi- gan qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan yuridik faktlar – zarar yetkazish fakti, delikt hisoblanadi. Biroq, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar o‘z mazmunida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni ham nazarda tutadi. Shuning uchun ham qonun delikt majburiyatlarini vujud- ga kelish asoslari va shartlari bilan birga zarar uchun javobgarlik asoslari va shartlari masalasini ham hal qiladi. Boshqacha aytganda, delikt majburiyatlarining vujudga kelish shartlari va yetkazilgan zarar uchun javobgarlik shartlari bir-biriga mos keladi.
Yetkazilgan zarar uchun javobgarlik choralarini belgilashda qonun umumiy tamoyillarga tayanadi. Yuridik adabiyotlarda bu tamoyil «bosh delikt tamoyili» deb yuritiladi. Bosh delikt tamoyiliga ko‘ra, bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxsga yetkazilgan zararning mavjudligiyoq, yetka- zilgan zararni qoplash majburiyatini vujudga keltiradi. Bunda jabrlanuv- chi zarar yetkazuvchi harakatining g‘ayriqonuniy ekanligini, uning aybdor ekanligini isbotlashi talab etilmaydi hamda zarar yetkazuvchiga nisbatan «aybdorlik» prezumpsiyasi qo‘llaniladi. Zarar yetkazuvchining harakati huquqqa xilof va u aybdor – deb «hisoblanadi». Boshqa huquq sohalaridan farqli ravishda fuqarolik huquqida «ayb» mavjud bo‘lmagan
holatlarda ham javobgarlik vujudga keladi va bu holat delikt majburiyatlarda ko‘proq uchraydi.
Delikt majburiyatlarda zararning kutilmagan hodisa va tasodiflar oqibatida vujudga kelishi bois, uning kelib chiqishini har doim ham oldin- dan aniq aytib (bashorat qilib) bo‘lmaydi. Bu esa har qanday davrda kutil- magan zararlardan himoyalanish zarur va dolzarbligini anglatadi. Ayniqsa, ayni kunda zararlarning kelib chiqishi o‘zgacha bir tus olmoqdaki, shaxs- lar (fuqaro, yuridik shaxs, davlat)ga zararlar tabiat hodisalaridan ko‘ra ko‘proq g‘ayriqonuniy harakatlar oqibatida yetkazilmoqda. Shunday holatda yetkazilgan zarar kim tomonidan to‘lanishi (zarar yetkazgan shaxs yoki jabrlangan shaxs yoxud uchinchi shaxs tomonidan) masalasi yuzaga keladi. Hozirgi vaqtda yuridik va jismoniy shaxslar kutilmagan zararlardan himoyalanish maqsadida sug‘urta xizmatidan foydalanishga harakat qilmoqdalar1. Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati jarayonida ularning sog‘lig‘i yoki hayotiga kutilmagan zarar yetish xavfi vujudga kelishi va bu yetkazilgan zararni qoplash tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama- sining 1994-yil 26-yanvardagi 38-son qarori bilan harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarni, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruv- chi shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida 1994-yil- ning 1 yanvaridan boshlab harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxs- larning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning xizmatni o‘tash davrida halok bo‘lish (vafot etish), jarohatlanish (kontuziya), kasallanish hodisalaridan majburiy sug‘urta joriy etilgan. Ushbu qarorga binoan, «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazir- ligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘- mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan davlat majburiy sug‘urta shartnomalarini tuzishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ammo jamiyatning hamma sohalari ham sug‘urtalanmagan. Har doim ham sug‘urta xizmatidan vaqtida foydalanishning iloji bo‘laver- maydi. Ba’zan esa sug‘urta tovoni yetkazilgan zararni to‘la qoplay olmaydi. Shu sababli, yetkazilgan zararni yagona huquqiy institut
1 2008 йилдан бошлаб мамлакатимизда транспорт воситалари эгалари- нинг фуқаролик жавобгарлигини мажбурий суғурта қилиш жорий этилганли- гини келтириш мумкин.
yordamida tartibga solishning iloji yo‘q. Bu borada kengroq faoliyat ko‘rsatish uchun bir qancha institutlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Ulardan eng salmoqlisi delikt yoki zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlardir.
So‘nggi yillarda atrof-muhitni ifloslantirish, ishlab chiqaruvchining sifatsiz va zararli mahsulot yetkazib berishi, shifokorlarning noto‘g‘ri davolashlari natijasida kelib chiqqan da’volar soni ortib bormoqda. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning ahamiyati ortib borayot- ganini davlatlarning fuqarolik qonunchiligida delikt majburiyatlarga katta e’tibor berilayotganida ham ko‘rish mumkin. Delikt majburiyatlarni tartibga solish boshqa davlatlarning fuqarolik va alohida qonunlarida o‘z aksini topgan. Masalan: Shveysariyada delikt majburiyatlar «Majbu- riyatlar to‘g‘risidagi qonun» va boshqa (atom energiyasidan foydalanish, transport vositalarini ekspluatatsiya qilish va hokazolar to‘g‘risidagi) maxsus qonunlar bilan tartibga solinadi. Angliya va AKSHda esa sud pretsedentlari muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasida ham Fuqarolik kodeksidan tashqari
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi, «Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi, «Fuqaro- larning huquq va erkinliklarini buzadigan qaror va xatti-harakatlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi, «Yuridik va jismoniy shaxs- larning murojaatlari to‘g‘risida»gi va boshqa qonun hujjatlarida barcha xavf-xatar va zararlar to‘g‘risida har bir shaxsning sudga murojaat etishi mumkinligi mustahkamlangan.
Shu o‘rinda Ichki ishlar organlari faoliyatida ham bu borada yangi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligini ta’kidlash o‘rinlidir. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-apreldagi 234-son qarori bilan «Ichki ishlar organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyat- larini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom qabul qilingan.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar o‘ziga xos belgi- larga ega bo‘lib, huquqshunos olimlar bu xususda bir xil fikr bildirishgan. Jumladan, YU.K.Tolstoy makur belgilarni quyidagicha xarakterlaydi:
bu majburiyatlarning ta’sir doirasi – zararni qoplash moddiy xususiyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi;
ular mutlaq xarakterga ega bo‘lgan mulkiy huquqlar (mulk huquqi, umrbod egalik qilish huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi, operativ boshqarish huquqi va boshqalar) yoki shaxsiy nomulkiy manfaatlarning buzilishi natijasida kelib chiqadi;
v) garchi huquq jabrlanuvchi bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishgan shaxs tomonidan buzilgan bo‘lsa-da, majburiyatlar mutlaq huquqlar buzilganligi tufayli sharnomasiz xarakterga ega bo‘ladi;
g) bu majburiyatlar zararning kim tomonidan kimga yetkazilgani, zarar qay shaklda yetkazilgani va zararni qoplash usullaridan qat’i nazar, to‘liq qoplanishi nazarda tutiladi;
d) qonunda nazarda tutilgan hollarda zararni to‘lash majburiyati boshqa shaxslarga ham yuklatilishi mumkin.
Zarar yetkazish tufayli vujudga keladigan majburiyatga binoan jabr- langan shaxs yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsdan o‘zining avvalgi holati tiklanishini yoki ko‘rgan zararining qoplanishini talab qila oladi.
Dostları ilə paylaş: |