Ijtimoiy hayotning ba’zi sohalarida kishilar yoxud fuqarolik huquqining boshqa subyektlari o‘zlari qatnashayotgan muayyan huquqiy munosabatlarda tavakkalchilik xavf-xatari nisbatan yuqori darajada bo‘ladi. Ana shunday hollarda barcha subyektlar ham bunday tavakkal- chilik xavf-xatarlaridan o‘zini ixtiyoriy sug‘urta orqali himoyalanish imkoniyatidan foydalanishmayda va beparvolik bilan munosabatda bo‘ladilar. Biroq, hayot tassodiflarga boy, ularning ba’zilari ishxonada, ko‘chada, transport vositasida baxtsiz hodisalarning qurboni bo‘ladilar. Bu esa ular uchun muayyan muammoli vaziyatlarni, moddiy qiyinchilik- larni vujudga keltiradi. Xuddu shunday holatlarning oldini olish maqsa- dida davlat tomonidan majburiy sug‘urta turlari belgilab qo‘yilgan.
Jumladan, transport vositalari egalarining, ish beruvchining, tashuv- chining fuqarolik javobgarligi kabi majburiy sug‘urta turlari mavjud. Majburiy sug‘urta shartnomasi ommaviy shartnoma bo‘lib, qonun hujjat- larida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda tuziladi. Majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli majburiy sug‘urta qilish qoidalarida ko‘rsatilgan majburiy sug‘urta shartnomasining namunaviy shartlariga mos bo‘lishi kerak.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi transport vositasidan foydalanishda transport vositalari ega- larining jabrlanuvchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazil- gan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi qonun huj- jatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaat- lari majburiy sug‘urta obyektidir.
Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchining va (yoki) majburiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan transport vositasi boshqa egasining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalanishi mumkin.
Transport vositalari egalari transport vositalaridan foydalanishda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkaz- ganlik uchun o‘z fuqarolik javobgarligini ushbu qonunda belgilangan tartibda va shartlarda sug‘urtalashlari shart.
Fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati quyidagi trans-portvositalariningegalariganisbatan tatbiqetilmaydi:
tirkamalar va ikki, uch g‘ildirakli yoki ish hajmi ellik kub santi- metrgacha bo‘lgan dvigatel yoki inson yoxud hayvon kuchi bilan harakatga keltiriladigan boshqa transport vositalari;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining transport vosita- lari, bundan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining xo‘jalik fao- liyatini ta’minlash uchun foydalaniladigan avtobuslar, yengil avtomobil- lar, boshqa transport vositalari mustasno;
chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari, agar ular egalarining fuqarolik javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi hududi- da amal qiladigan xalqaro majburiy sug‘urta tizimlari doirasida sug‘urta- langan bo‘lsa.
Transport vositasiga egalik qilish huquqi vujudga kelganda (u mulk qilib, xo‘jalik yurituviga, operativ boshqarishga yoki boshqa qonuniy asos- da olinganda) transport vositasi egasi unga egalik qilish huquqi vujudga kelgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay o‘z fuqarolik javob- garligini sug‘urtalashi shart.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ommaviy shartnomadir. Ish beruvchining fuqarolik javob- garligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yuz berganda ish beruvchiga va (yoki) jabrlanuvchiga yoxud naf oluvchiga xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘- lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha shart- lashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shart- nomasi ommaviy shartnomadir. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga ko‘ra, sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga yoxud tashuv- chiga yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini mazkur shartnoma bo‘yicha shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi.
Tashuvchining yo‘lovchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi yuza- ga kelgan chog‘dagi mulkiy manfaatlari tashuvchining fuqarolik javob- garligini majburiy sug‘urta qilish obyektidir. Tashuvchi, sug‘urtalovchi, yo‘lovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi tashuvchining fuqarolik javobgar- ligini majburiy sug‘urta qilish subyektlaridir.
Sug‘urta hodisasi ro‘y berganidan so‘ng, sug‘urta hodisasining kelib chiqish sabablarini o‘rganish jarayonida, ushbu hodisaning kelib chiqi- shida, sug‘urta qildiruvchining qasddan sodir etgan harakatlari mavjudli- gi aniqlansa, sug‘urta idoralari, sug‘urta qoplamasini to‘lashni rad etish- ga haqli bo‘ladi.
Sug‘urta shartnomasining shartlarini belgilashda, sug‘urta badali, sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan pul to‘lov maj- buriyati vazifasini o‘taydi. Zero, sug‘urta badali, shartnoma tuzayotgan sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta idorasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan pul miqdoridir. Sug‘urta badali, shartnomalarda, ba’zan sug‘urta mukofoti deb ham yuritiladi.
Mukofot rag‘batlantiruvchi tarzdagi pul miqdori bo‘lib, sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urtalovchiga to‘lanadigan pul mukofot maz- munini bildirmaydi.
Sug‘urta shartnomasida badallarining miqdori shartnomaning turiga qarab belgilanadi. Agar ixtiyoriy sug‘urta shartnomalari tuzilayotgan bo‘lsa, bunday shartnomalarning badallari miqdori shartnoma subyektlari o‘rtasida sug‘urta puli miqdoriga qarab, o‘zaro kelishuv asosida belgi- lanadi. Sug‘urta pulining eng kam miqdori sug‘urta qoidalarida belgilab qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Majburiy sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta badallarini belgi- lash Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qat’iy belgilangan bo‘ladi va uni o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Lekin, ba’zi hollarda, sug‘urta badallarining miqdori shartnomaning muddatiga nisbatan belgilangan bo‘lishi mumkin. Bir yildan kam muddatga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha shartnoma muddatiga bog‘liq ravishda sug‘urta foiz stavkalarining miqdori kamaytiriladi.
Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik xavfini sug‘urta qilish shartno- masi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchidan boshqa shaxsning javobgarligi sug‘urtalangan hollarda, shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi bu shaxsni sug‘urta hodisasi yuz berguncha
istalgan vaqtda, sug‘urtalovchini yozma ravishda xabardor qilib, boshqa shaxsga almashtirishga haqli.
Shaxsiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urtalangan shaxs sug‘urta qildiruvchi tomonidan shu sug‘urtalangan shaxs va sug‘urtalovchi- ning roziligi bilangina boshqa shaxsga almashtirilishi mumkin (FK 944-m.).
Agar bitta shartnomada bir necha sug‘urtalovchi ishtirok etsa, u holda birgalikda sug‘urta deb yuritiladi. Agar boshqacha hol belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, sug‘urtalovchilar sug‘urta qildiruvchi oldida solidar javobgar bo‘ladilar.
Qayta sug‘urta birgalikdagi sug‘urtaning aksi bo‘lib, unda sug‘urta- lovchi shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan sug‘urta xavfini boshqa sug‘urta tashkilotida sug‘urtalaydi. Qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan sug‘urta shartnomasi (asosiy shartnoma) bo‘yicha sug‘urtalovchi keyingi shartnomalarda sug‘urta qildiruvchi hisoblanadi. Qayta sug‘urta qilishda sug‘urta pulini yoki tovonini to‘lash uchun asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi oldida ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urtalovchi javobgar bo‘lib qolaveradi (FK 959-m.).
Sug‘urta shartnomasini tuzishda vositachilar orqali sug‘urta agentlari yoki sug‘urta brokerlari ishtirokida amalga oshiriladi.
«Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasi sug‘urta brokeriga ta’rif berilgan bo‘lib, sug‘urta qildiruvchining nomidan va top- shirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs sug‘urta brokeri hisoblanadi.
Shartnomaning mazmunini taraflarning huquq va majburiyatlari tashkil etadi. Ularning huquq va majburiyatlarini shartnomada belgilash uchun aniqlab olish kerak. Avvalambor, sug‘urtalovchining zimmasida tavakkalchilik bo‘lib, sug‘urta hodisasi ro‘y berishi bilan sug‘urta pulini to‘laydi. Ushbu majburiyat eng asosiy majburiyat hisoblanib, sug‘urta xafvi uning zimmasida bo‘lishi sug‘urtalovchiga hech qanday harakat- larni sodir etish yuklamaydi, aksincha, agar sug‘urta xavfi ro‘y bergudek bo‘lsa, sug‘urta pulini to‘lash harakatini amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Sug‘urta tovoni odatda sug‘urta pulidan oshmasligi kerak. Aksariyat holat- larda sug‘urta puli pul birliklarida amalga oshiriladi, ayrim vaqtlarda natura holida ham berilishi mumkin. Misol uchun tibbiy sug‘urtada pulning evazi- ga sug‘urta qildiruvchiga tibbiy muolaja ko‘rsatiladi. Sug‘urta tovonining miqdori va tartibi sug‘urta qildiruvchining arizasiga muvofiq, shuning-
dek, shartnoma shartlariga asosan amalga oshiriladi. FK 951-moddaga muvofiq, sug‘urta hodisasi ro‘y berishi bilanoq sug‘urta qildiruvchining arizasi sug‘urtalovchini ogohlantirish usullaridan biri hisoblanadi. Biroq ayrim vaziyatlarda naf oluvchi tomonidan ham ogohlantirilishi mumkin. Agar shartnomada xabar qilish muddati va usuli nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu shartlashilgan muddatda va usulda qilinishi lozim. Agar naf oluvchi o‘zining foydasiga tuzilgan shartnoma bo‘yicha sug‘urta tovoniga bo‘lgan huquqdan foydalanish niyatida bo‘lsa, ayni shunday majburiyat naf oluv- chining zimmasida bo‘ladi. Yuqoridagi majburiyatlarning bajarilmasligi sug‘urtalovchiga, agar sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yuz berganini o‘z vaqtida bilganligi, yoki bu haqda sug‘urtalovchida ma’lumotlar yo‘qligi uning sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish huquqini beradi. Ushbu qoida- lar shaxsiy sug‘urta shartnomasiga ham talluqli bo‘lib, sug‘urtalovchini xabardor etish 20 kundan kam bo‘lmasligi kerak. Sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasining kelib chiqish asoslari va vaziyatlarini o‘rganishga haqli bo‘lib, bu sug‘urta tovonini belgilashda muhim o‘rin tutadi. Mazkur holatni o‘rganishda sug‘urtalovchining sug‘urta xavfini baholash huquqi (FK 932-m.), sug‘urta shartnomasining amal qilish davrida sug‘urta xavfining ortishi oqibatlari (FK 949-m.) bilan aniqlash imkonini beradi.
Agar sug‘urta tovonini to‘lashni rad etuvchi ma’lumotlar bo‘lmasa, sug‘urtalovchi sug‘urtani to‘lashi shart.
Quyidagi hollarda sug‘urtalovchi to‘lashdan bosh tortishi mumkin:
sug‘urta hodisasi sug‘urta qildiruvchi, naf oluvchi yoki sug‘urtalan- gan shaxsning qasd qilishi oqibatida yuz bergan bo‘lsa (FK 953-m. 1-q.);
qonunda sug‘urta hodisasi sug‘urta qiluvchining yoki naf oluv- chining qo‘pol ehtiyotsizligi oqibatida yuzaga kelganda sug‘urtalovchini mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lashdan ozod etish yoki tovon miqdorini kamaytirish mumkin. Sug‘urtalovchi sug‘ur- talangan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazganlik uchun fuqaroviy javobgarlikni sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lashdan, agar zarar sug‘urtalanuvchi uchun javobgar shaxs- ning aybi bilan yetkazilgan bo‘lsa, ozod qilinmaydi;
sug‘urtalovchi shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalan- gan shaxs vafot etgan taqdirda, to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta pulini to‘lashdan, agar uning vafoti o‘z joniga qasd qilish oqibatida ro‘y bergan bo‘lsa va bu vaqtgacha sug‘urta shartnomasi kamida 2 yil amal qilgan bo‘lsa, ozod qilinmaydi (FK 953-m. 2-4-q.). Qolgan holatlarda sug‘urta
qildiruvchining, naf oluvchining yoki sug‘urtalangan shaxsning ehtiyotsiz- ligi va qo‘pol ehtiyotsizligi sug‘urta tovonini rad etishga asos bo‘la olmaydi.
Sug‘urta hodisasi quyidagi holatlarda yuz bergan bo‘lsa:
yadro portlashi, radiatsiya yoki zaharlanish ta’sirida:
harbiy harakatlar, manyovrlar va boshqa harbiy tadbirlar.
Sug‘urtalangan mol-mulk davlat organlarining farmoyishi bilan olib qo‘yilishi, musodara qilinishi, rekvizitsiya qilinishi, xatlanishi yoki yo‘q qilib tashlanishi oqibatida ko‘rilgan zarar uchun sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to‘lashdan ozod etiladi. Buning sababi sug‘urta hodisasining amalga oshish xavfi yuqori bo‘lganligi bilan belgilanadi.
Odatda sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish qarori sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) so‘rab murojaat etgandan so‘ng, 15 kundan kechiktirmas- dan yozma, hamda sabablari ko‘rsatilgan holatda bildiriladi (FK 955-m.).
Sug‘urta pulini to‘lashdan bosh tortish yoki bo‘yin tovlash, hamda o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun sug‘urta shartnomasida neustoyka belgilanishi mumkin.
Keyingi sug‘urtalovchining majburiyati bu sug‘urta siridir. Sug‘urta- lovchi sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs va naf oluvchi, uning sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi o‘z kasb faoliyati natijasida o‘zi olgan ma’lu- motlarni oshkor qilishga haqli emas. Sug‘urta sirini buzganlik uchun sug‘urtalovchi buzilgan huquqlarning turi va buzish xususiyatlariga qarab FKning 985, 1021, 1022-moddalariga muvofiq javobgar bo‘ladi (FK 933-m.). Mazkur qoida «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 26-moddasida ham mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, sug‘urtalovchi- ning qo‘shimcha majburiyatlari shartnomada belgilab qo‘yilishi mumkin. Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga bila turib yolgon ma’lumot ber- ganligi aniqlansa, sug‘urtalovchi shartnomani haqiqiy emas deb topishi mumkin (FK 931-m. 4-q.). Agar sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchining qandaydir savollariga sug‘urta qildiruvchining javoblari bo‘lmagan holda tuzilgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi tegishli holatlar sug‘urta qildiruvchi tomonidan ma’lum qilinmaganligiga asoslanib, shartnomani bekor qilish
yoki uni haqiqiy emas deb topishni talab qila olmaydi (FK 931-m. 3-q.). Mulkiy sug‘urta shartnomasining amal qilish davrida sug‘urta qildi-
ruvchi shartnoma tuzilayotganda sug‘urtalovchiga ma’lum qilingan holat-
larda yuz bergan, o‘ziga ma’lum bo‘lgan muhim o‘zgarishlar to‘g‘risida, agar bu o‘zgarishlar sug‘urta xavfi ortishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa, sug‘urtalovchiga darhol xabar berish shart. Sug‘urta
shartnomasida va sug‘urta qildiruvchiga berilgan sug‘urta qoidalarida aytib qo‘yilgan o‘zgarishlar muhim deb hisoblanadi (FK 949-m.).
Mazkur moddaga muvofiq sug‘urta xavfi ortishiga sabab bo‘ladigan holatlar to‘g‘risida xabardor qilingan sug‘urtalovchi sug‘urta shartnoma- sining shartlarini o‘zgartirishni yoki xavf ortishiga mutanosib ravishda qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lashni talab qilishga haqli.
Sug‘urta shartnomalarini buzganlik uchun qo‘llaniladigan eng asosiy javobgarlik turlaridan biri fuqarolik-huquqiy javobgarlik bo‘lib, u shart- noma ishtirokchilariga mulkiy zarar yetishi natijasida kelib chiqadi.
Sug‘urta shartnomalarini buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javob- garlik, jazo choralari sifatida, zararni to‘lash va neustoyka qo‘llanilishi bilan ifodalanadi.
Fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha javobgarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetka- zilgan zarar uchun ham, shuningdek, zarar oqibatida olinishi mumkin bo‘lgan, lekin olinmay qolgan daromad uchun ham kelib chiqadi.
Sug‘urta shartnomasida belgilangan muddatda sug‘urta tovonini to‘la- maslik sug‘urta tashkilotlarining javobgarligiga sabab bo‘ladi. Bunda sug‘urta idorasi shartnomani lozim darajada bajarmaganligi, uning bu harakatlari sug‘urta qonunchiligiga zidligi va sug‘urta tovonini to‘lama- ganligi sug‘urta idorasining aybi ekanligidan kelib chiqib, sug‘urtalanuv- chilarga sug‘urta to‘lash bilan birga, shu sug‘urta tovonini berishni kechiktirgan har bir kun uchun belgilangan miqdorda qo‘shib to‘lanadi. Sug‘urta shartnomasi tomonlar o‘rtasida o‘zaro shartnoma orqali tartibga solinadi. Sug‘urta shartnomasi munosabatlarida sug‘urta qiluvchi (sug‘urta tashkiloti)ning vakili, sug‘urta qildiruvchi jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning vakili va shartnomada sug‘urta to‘lovini olishi belgilangan naf oluvchi qatnashadi.
Sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasini tuzish vaqtida sug‘urta obyektining haqiqatda mavjudligiga ishonch hosil qilishi kerak. Su- g‘urtalanayotgan obyekt sug‘urta shartnomasi davrida mavjudligi yoki yo‘qligi, sug‘urtalanyotgan manfaatlar g‘ayriqonuniy emasligi kabi masalalar hal qilingandagina shartnoma tuzishga kirishish lozim.
Xulosa qilib aytganda, sug‘urta shartnomasi quyidagi hollarda o‘z- o‘zidan haqiqiyemasdeb topilishi mumkin:
shartnoma tuzilayotgan paytda sug‘urta obyekti mavjud bo‘lmasa;
jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan, jinoyat obyekti hisoblanuvchi yoki musodara qilinishi lozim bo‘lgan mol-mulk mulkiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan bo‘lsa;
shartnoma bo‘yicha g‘ayrihuquqiy manfaat sug‘urtalangan bo‘lsa;
sug‘urta shartnomasida sug‘urta hodisasi sifatida yuz berish ehtimol- ligi va tasodifiylik belgilari bo‘lmagan voqea nazarda tutilgan bo‘lsa.
qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Bugungi kunda mamlakatimizda sug‘urta foliyatini tartibga solib turuv- chi bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, asosiylari quyidagilar:
«Sug‘urta faoliyati» to‘g‘risidagi 2002-yil 5-aprel qonuni;
«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risi»dagi 2008-yil 21-aprel qonuni;
«Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majbu- riy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risi»dagi 2008-yil 10-sentabr qonuni;
«Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risi»dagi 2009-yil 16-aprel qonuni;
«Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risi»dagi 2015-yil 26-may qonuni.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabr- dagi «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunining42-moddasiga binoan, Ichki ishlar organlarining xodimlari O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manba- lar hisobidan davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilinishi belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-yanvardagi 38-sonli «Harbiy xizmatchilar va harbiy majbu- riyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. Mazkur qarorga binoan, quyidagilar belgilandi:
1994-yilning 1-yanvaridan boshlab harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruv- chi shaxslarning xizmatni o‘tash davrida halok bo‘lish (vafot etish), jarohat- lanish (kontuziya), kasallanish hodisalaridan davlat majburiy sug‘urtasi joriy etilishi belgilandi. Sug‘urtalash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga, Ichki ishlar vazirligiga, Davlat xavfsizlik xizmatiga, Davlat bojxona qo‘mitasiga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutildi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi sug‘urtalovchilar hisoblanildi;
vakil qilingan sug‘urtalovchi quyidagi hollarda va miqdorda sug‘urta summasini to‘lashi nazarda tutildi:
sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) davrida halok bo‘lganda yoki xizmat (harbiy yig‘inlar)dan bo‘shagandan so‘ng bir yil mobaynida olingan jarohat (kontuziya), kasallanish natijasida vafot etganda – uning merosxo‘rlariga (merosxo‘rlik huquqini tasdiqlay- digan guvohnoma taqdim etilgan taqdirda) respublikada belgilangan eng kam ish haqining 7 yilligi miqdorida;
sug‘urtalangan shaxs xizmatdan bo‘shagandan keyin bir yil mobaynida unga xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) bilan bog‘liq bo‘lgan nogironlik belgilanganda: I guruh nogironiga – ushbu bandning «a» kichik bandida nazarda tutilgan to‘lovlarning 75 foizi, II guruh nogironi- ga – 50 foizi, III guruh nogironiga – 30 foizi miqdorida;
v) sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) davrida og‘ir jarohatlanganda – ushbu bandning«a» kichik bandida nazarda tutilgan to‘lovlarning 20 foizi va yengil jarohatlanganda 10 foizi miqdorida sug‘urta puli to‘lashlari.
Shuningdek, mazkur qarorga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulod- da vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasini amalga oshirish tartibini ishlab chiqishi va tasdiqlashi nazarda tutilgan edi.
Yuqoridagi qaror talablaridan kelib chiqib, bir qator vazirliklar, jum- ladan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 2010-yil 5-avgust- dagi 430-son buyrug‘i bilan «Xizmat majburiyatlarini bajarayotganda harbiy xizmatchilar (xarbiy xizmatga majburlar) halok bo‘lgan yoki tan jarohati olgan holda bir yo‘la to‘lanadigan nafaqani to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Yo‘riqnomasi qabul qilindi.
Bugungi kunda IIOlari xodimlarini ham ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha bir qator qonunlar va qonunosti hujjatlar qabul qilindi. Shular qatorida IIOlari xodimlarining shaxsiy sug‘urtasiga oid O‘zbekiston Respublikasining «IIOlari xodimlarining shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risi- da»gi qonunini qabul qilish maqsadga muvofiqdir.